Bag‘rikenglik-o‘zaro ishonchni rivojlantirishining vositasi sifatida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida

“Bag‘rikenglik – o‘zaro ishonchni  rivojlantirishining  vositasi sifatida” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman O‘zbekiston Milliy universiteti, universitet qoshidagi “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik” ilmiy markazi tomonidan tashkil etildi. Ushbu konferensiya BMTning “Yangi ipak yo‘li” modeli loyihasi doirasida bajarildi. Mazkur  xalqaro anjuman  yuqorida nomi qayd etilgan ilmiy markaz tomonidan shu yo‘nalishida tashkil etilgan navbatdagi to‘rtinchi konferensiya bo‘lib hisoblanadi. Anjuman zamonaviy dunyoning dolzarb masalalaridan biri-tolerantlik (bag‘rikenglik) mavzusidaga bag‘ishlanib, bevosita O‘zMU qoshidagi “Millatlararo totuvlik  va bag‘rikenglik” tashabbusi ostida yuzaga keldi. Ushbu konferensiya o‘z ko‘lami, muhokama etilgan masalalar mohiyati bilan avval shu kabi tashkil etilgan anjumanlardan farq qiladi.

Тарих

            Ta’kidlash joizki, ushbu konferensiyada qator chet el davlatlari xususan, Rossiya, Boshqirdiston, Tatariston, Germaniya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukrainadan 40 nafar etakchi olim, tadqiqotchilar,  jami 150 nafar ishtirokchilar qatnashdilar. Anjumanning ilmiy salohiyati unda qatnashgan 30 nafar fan doktori, 70 nafar fan nomzodlari bilan ham belgilanadi. Qatnashganlar orasida qator akademik, professor dotsent, soha etakchi mutaxassislari  ham bo‘lib, ular tarix, huquqshunoslik, siyosatshunoslik, psixologiya, falsafa va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar  sohasida faoliyat yuritadilar. SHuningdek, anjuman ishida millatlararo munosabatlar, davlat va jamiyat qurilishi va boshqa sohalarda ilmiy izlanishlar olib borayotgan qator yosh tadqiqotchilar, iqtidorli magistrlar ham qatnashdilar.

Anjumanning kirish qismida O‘zMU rektori, OO‘MTV vaziri, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va chet davlatlar bilan do‘stlik aloqalari Komiteti raisi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari tabrik so‘zi bilan ishtiroq etdilar. Anjumanda jahon  davlatlarida tolerantlik bobida orttirilgan nazariy va amaliy tajriba, uning XXI asrda ob’ektiv reallik sifatida qo‘llab-quvvatlashini hamda butun insoniyat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini qamrab olgan ma’ruzalar eshitildi. So‘zga chiqqan olimlar o‘z chiqishlarida dunyodagi xavfli oqimlar, xususan terrorizm va ekstremizmga qarshi turishga ustuvor masala sifatida yondashdilar. Bu borada asosiy e’tibor dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda xalqaro maydonda mamlakatlarning turli salbiy illatlarga qarshi hamjihatlikda kurashish, o‘zga  din, madaniyat,  etnik guruhlarga nisbatan bag‘rikenglik ruhida bo‘lish masalalariga qaratildi.

Anjuman qatnashchilari millatlararo munosabatlar, tolerantlik bo‘yicha hamkorligida ilmiy izlanishlar olib borilishi lozimligini ta’kidladilar. Ta’kidlash joizki, o‘sib kelayotgan avlodni bag‘rikenglik (tolerantlik) ruhida tarbiyalash uzoq va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unga olimlar tomonidan uning turli usul va shakllarini, inson, jamiyat mazmun-mohiyati nuqtai-nazaridan kelib chiqqan holda uyg‘unlashtirish masalalari zamonaviy kontekstda o‘rganilmoqda. Xalqaro  ilmiy anjuman o‘z ish faoliyati bo‘yicha bir necha banddan iborat tavsiyalarni ham qabul qildi.

 Abror Odilov,

tarix fanlari nomzodi, dotsent

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *