G’uncha
Aziza Sharofiddinova 1993 yil 30 mayda Jizzax viloyati Yangiobod tumani Sovot
qishlog’ida tug’ilgan. Ma’lumotim o’rta maxsus. 5-sinfdan beri ijod qiladi. 2012 yil Zomin shahrining “Sharq Tongi” gazetasida chop etilgan.
G’UNCHA
Bahor kelmay bir g’uncha
Ochilmoqqa shoshildi
Kutmay bahor kelguncha
Qish bag’rida ochildi
Qarasa atrofiga
U go’zal va yagona
Qorning parchasi bilan
Bo’lib oldi dugona
Avvaliga qish uni
Yuksaklarga ko’tardi
Bu payt boshqa g’unchalar
Xali uxlab yotardi
Oppoq qorning bag’rida
Quvnab o’ynar g’unchaoy
Bir pasda u barchaga
Bo’lib oldi erkatoy
Iltifot e’tibordan
G’unchamiz shoshib qoldi
Tanxoman deb bir kuni
Haddidan oshib qoldi
Erka injiqliklari
Qishning tegdi joniga
Bo’ronu qahratonni
Chorladi o’z yoniga
Bilasizlar dedi U
G’unchaoyni sevgandim
Tarovatim ko’rsatib
Ne so’rasa bergandim
Yoshmi g’ormi bilmadim.
U yetmadi qadrimga
Uning injiqliklari
Sabab bo’ldi qaxrimga
Endi gapning qisqasi
G’unchaoy kerak emas
Men yozmas baxor emas
Qishligimni bilsin bas
Izn berildi deya
Muzlar ketdi yetaklab
Bo’ronlar g’o’r g’unchani
O’yin qildi ermaklab
Sovuq va shum xukmdan
Bahor kech xabar topdi
Yomg’ir bo’lib to’kilib
G’unchasin tomon chopdi
Bahor shoshib kelganda
G’unchaga kech bo’lgandi
Nozikgina barglarin
Sovuq urib so’lgandi
Faryod chekib yig’ladi
Muzlar ar tomon qochdi
Onasin nolasidan
G’unchaoy ko’zin ochdi
U asta pichirladi
Bexol va juda nimjon
Uning birinchi so’zi
Kechiring der onajon
Men ketyapman mendan so’ng
G’unchalar xech so’lmasin
Qaytsin mening yo’limdan
Ularga kech bo’lmasin
Qishning jilvalariga Aldanganim uchganim
Saboq bo’lsin sizlarga
Bevaqt xazon quchganim
Oldinroq bilganimda
Sarobga chopmasmidim
Yo sabr qilganimda
Bulbulim topmasmidim
Aytchi menga tabiat
Xayotda nima ko’rdim
Uchrab bir bag’ritoshga
Xammadan oldin so’ldim
Uning duri zarlari
Shunchalar kerakmidi
Yoki o’tkinchi xusnim
Ularga ermakmidi
Tugayapti fursatim
Bo’lmaydi boshqa imkon
Unutmang so’nggi so’zim
Men adashdim onajon
Qo’rqinchli bir sukunat
Dunyo larzaga to’ldi
Tuproqqa boshin qo’yib
G’uncha manguga so’ldi
O’tinaman muz ko’ngil
G’unchalarni tinch qo’ygin
Bulbulin sevsin ular
Sen borib qishni suygin
Niholmi yo g’unchami
Shayton bermasin panox
G’unchadayin qizlarni
O’zing asragin ollox
Singiljonlar shoshmanglar
Ar yil keladi baxor
G’uncha misol so’lmanglar
Har kimning o’z baxti bor
BEBOSH UKAM
Yuribsan aytginchi qaylarda daydib
Goh nolib gohida diydiyo aytib
Tavba qil ortingga kelginda qaytib
Otam seni kutar duosini ol
Ukajon umringni qilmagin zavol
Behuda sarflama ko’p bo’lsa kuching
Yurakdan o’chirgin nafrating o’ching
Yodingda saqlagin eng oliy burching
Onam qarib qoldi qilgin xizmatin
Boshingga ko’tarib xurmat izzatin
Yolg’iz bir o’ziga bir bo’lyapti og’ir
Goxida ko’z yoshin yashirar yomg’ir
Xudo qondosh qilib yaratgan axir
Akamning yonida yelkadosh bo’lgin
Dunyo zulmat bo’lsa sen quyosh bo’lgin
Birovning qo’liga qaratgan hayot
Xasmi halol qilib yaratgan hayot
Onamdan keyingi duogo’y bir zot
Jigarim deydigan tuni tong sahar
Opamlar holidan olib tur xabar
Bizni bog’lab turar ko’rinmas rishta
Tog’am qani deydi har kun har ishda
Bolalarmas bilki ular farishta
Jiyanlarga o’rnak tirgaksan ukam
Unutma bizlarga keraksan ukam.
Aziza SHAROFIDDINOVA
Сўнгги фикрлар