Òriklisoy — oqshomdan tonggacha

Sharqdan chiqayotgan quyosh bugun òzgacha nur taratayotgandek gòyo.

Erta tongdan Zomin toģlari tomon yòl olar ekanman, ustozlarimiz bizga oq fotiha berayotgandek. Ulkan toģlar , buloqlarda oqayotgan suvlar ona tabiat yosh qalamkashlarni òz baģriga chorladi. Bu yerni Òriklisoy deyishar ekan. Yoshlarning mushoirasi avjiga chiqqanda , e’tibor berdimki soy bòyida kimdir qachondir òrikdan boģ yaratgan ekan. Shundanmi bu joy Òriklisoy bòlibdi. Umrini òtab bòlay degan òriklarga qarab necha yillar ģujj — ģujj meva tuygan , hosil bergan daraxtlarning tanasi xoriganday. Lekin ular taqdirning bu hukmiga rozi bòlmay hosili ,soyasi bilan rozi bòlishgan.

1217406724_555960822428821_833616518187581947_n

Sòlim toģ baģri respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan ijodkorlarni bir davraga jamladi. Ularning kòziga boqsangiz she’riyatga oshnoligini , adabiyotga mehrini kòrasiz. Bugun men ham Hazrat Navoiy bobomiz nomlari bilan atalgan viloyatdan kelib ishtirok etayotganim eng katta baxt. Òriklisoydagi adabiy muhit , ustozlarning har bir yozilgan asarga munosabati , yutuq va kamchiliklarni tahlil qilishlari yangi ijod namunalarini yaratilishiga turtki bòladi. Yozuvchi Said Ahmad aytganidek, » Jurnalistika adabiyotning oltin poyondozi» mana shu oltin poyondozdan qadam qòyib borar ekanmiz eng avvalo , niyatimiz xolis , qalamimiz òtkir bòlishi kerak deb òylayman. Ustozlarimiz Ahmadjon Meliboyev , Tòlqin Eshbek saboqlarini tinglash choģida qalbimda shunday his kechdi » Jurnalistda eng avvalo , yangi fikr bòlishi kerak, yozayotgan maqolasi bilan jamiyatdagi kamchiliklarni ròy — rost ayta olishi , yechimi bòlishi lozim» bugun ularning bergan ògitlari biz uchun kasb faoliyatimizda shamchiroqdek. Fikrimning tasdiģi sifatida Erkin A’zam » Jurnalist haqiqatning quli bòlishi kerak» degan edi. Haqiqatni xalqqa yetyazib beradigan jurnalist jamiyatning ustunidir.
Zomin qaldirģochlari seminari bizni kashf etgan bòlsa , Òriklisoy tabiati ijodkorlarga ilhom berdi.

Umida Sulaymonova
ÒzJoku Harbiy jurnalistika 3 — bosqichi talabasi
Navoiy viloyati , badiiy publisistika yònalishi ishtirokchisi

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *