Дониш домла дил дафтаридан: “Ҳақиқат йўқ…”

“Ҳақиқат йўқ” деганларнинг йўқдир асли виждони,

Ҳақиқатнинг қуёшидан баҳра олган-ку жони!

Кўрган эдик Худони ҳам “йўқ” деган бандаларни,

Тутуриқсиз гап айтишнинг ўтиб кетган замони!..

* * *

Домла бўлсанг – ўзингга!

Қараб юргил кўзингга.

Қўйсанг хато гапириб,

Жавоб бергил сўзингга…

* * *

Талабага шода-шода “беш”лар қўй,

Ёш ниҳоллар дарахт янглиғ чўзсин бўй!

Даста-даста олсин стипендия,

Яйраб юрсин!

Кемирмасин андуҳ, ўй…

* * *

 42

Дониш ДОМЛА

Вам может также понравиться...

Ответов: 34

  1. Ofarin.Qaniydi hamma domlalar shunday fikrlasa!

  2. Farruxbek Abduhamidov:

    Umuman olganda nafaqat domla va talaba yoshlar balkim , jamiyatimizning har bir fuqarosi haqiqat uchun kurashmog’i darkor.
    Bejizga M.Behbudiy bobomiz «Huriyat olunur, berilmas» kabi so’zlarini aytmaganlar.

  3. Haqiqat havoga o’xshaydi,undan hamma nafas oladi,biroq uni hech kim ko’rmaydi.

  4. Malika Ruziyeva:

    Voy ustoz katta rahmat. Bu barcha talabalarning orzusi!

  5. taxallus menga yoqdi. Ammo va’daning ustidan chiqish ham mardning ishi.

    • Қайси ваъдани назарда тутдингиз?
      Бироқ, сизнинг битта ваъдангиздан ҳамма енгил тортди, яъни, курснинг навбатдаги тўпламини нашрга тайёрлаб беришни ўз зиммангизга олган эдингиз… Душанба куни топширасиз, деган умиддамиз.

  6. Bir gap esimga tushib ketdi, haqiqat yo’q uni topish mushkul topgan taqdiringda ham u juda xunuk va badbashara bo’ladi. ammo ba’zan oddiygina haqiqatlarni ko’ramizu ko’rmaslikka olamiz. uning yuzidan qo’rqamiz. Ustoz ochig’ini aytsam doim talabalar nomidan gapirasiz, yuqoridagi she’ringiz ham juda zo’r chiqibdi. menimcha ko’plab talabalar shunday bo’lishini xohlaydi…

  7. kursning maqolalarini siz aytgan ustozga topshirdim. xudo xohlasa dushanba kuni gaplashamiz ustoz. samarqandga boramiz degandingizku.

  8. Haqiqat havoga o’xshaydi ,undan hamma nafas oladi,lekin uni hech kim ko’rmaydi.

  9. «Haqiqat doim mavjud faqat uni hamma ko’radiyu amma doim ko’ z yumadi» I.Bunin.

    • Иқтибос жуда яхши! Бироқ, озроқ излансангиз Сиз ундан ҳам мазмунлироқ фикр ёза олишингизга ишонаман. Қани, бир ҳаракат қилинг-чи…

  10. USTOZ SIZNI IJODIZNI USHBU SAYT ORQALI KUZATIB BORISHGA MUVAFFAQ BO’LDIM.HAR BIR SATRLARNI O’QIGANIMDA DILDAGI GARLARGA GUVOH BO’LAMAN.

  11. Zeh:

    Juda yaxshi chiqibdi.

  12. Barnoxon Umarova:

    Haqiqat egiladi bukiladi lekin sinmaydi!

  13. Agar haqiqat bo’lmasa, unda bizning yashayotganimiz ham yolg’on. Bu dunyoda bari haqiqat. Faqat ularning ko’pchiligi berkinib yotibdi. Ularni topish o’z qo’limizda. Haqiqat uchun harakat qilaylik.

  14. Sevara Uktamova:

    Mening fikrimcha haqiqat doimo yonimizda ya’ni bizning har bir so’zimizda, xatti-harakatlarimizda bo’lmog’i darkor. Haqiqat yo’q deganlarni esa na so’zida na o’zida haqiqat bo’ladi.

    • Бу тахаллусни 2005 йилда ЎзДЖТУ халқаро журналистика факультети талабари билан pressuz.info сайтини очганимизда қўйишган. Сизларга ўхшаш «эркатой» талабаларим шундоқ дейишларини эшитиб қолдим. Аввал ғашим келди, дарсда «домлаларга лақаб қўйиш яхшимас» дегандим, бир қиз шартта ўрнидан туриб: «Бу лақаб эмас, сизга ярашадиган тахаллус!» деган, ҳамма чапак чалиб юборган. Шу-шу ўрни келиб қолганда баъзи ижодий машқларга шунақа тахаллус қўядиган бўлдим.

  15. «Ҳақиқатни излаш ҳам осон, ҳам мушкул, — деганди Арасту. – Чунки ҳеч ким унга тўлиқ эришолмайди. Шунинг баробарида, ҳеч ким уни умуман пайқамаслиги ҳам мумкин эмас. Аммо ҳар бир одам табиатни англашимиз учун озгина бўлса-да, ўз ҳиссасини қўшади, ушбу ҳиссалар йиғиндиси натижасида эса улуғвор манзара пайдо бўлади”.

  16. Ma`mur PARMONOV:

    Haqiqat har doim yonimizda bo`lishi uchun haq gapira olishimiz darkor.
    Haqiqatni gapirnglar haq yuldan yuring. zero haqiqat saodatning debochasidir…

  17. Ustoz haqiqat achchiq bo’ladi deyishadi.bu iborani biz juda ko’p ishlatamiz.Nega shunday ekan?

  18. Domlajon sizga bitta haqiqatni aytsam.Mix nega taxtaga kirib ketadi,chunki u bolg`adan qochar ekan.Siz kabi haqiqatgo`y yozuvchilar bolg`a bo`lsa ,,mixlarni«kimligini biz shogirdlariz juda yaxshi bilamiz. Hayotda siz kabi insonlarning ko`payishini xoxlardim.

  19. Дониш домламиз қўлида ўқишни давом эттиргим кеб кетди. Ўзи аслида талабаликни ҳақиқий олтин даврга айлантирган устозларга энди чин дилдан ташаккур изҳор этамиз. Устоз айтганидек, ҳаётга учта илдиз отдик, энди эса мевали дарахт янглиғ ўсиб унмоқдамиз.

  20. Ҳақиқиатга курашмасдан эришиб бўладими?

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *