Chingiz Aytmatov: O’zim haqimda qaydlar

Журфак талабасининг изланишлари умид уйғотмоқда, дейди Дониш домла

ч2

Bolaligimdan adabiyotni sevardim. Maktabda erkin mavzuda insho yozishni juda yoqtirardim, institutda o’qish yillarida, badiiy adabiyot meni toboro va kuchliroq o’ziga torta boshladi.O’sha davr adabiyotining eng yaxshi namunalarida o’zimni hayajonlantirgan kuchli, yorqin asarlar, urush paytida xalqning qahramonligi haqida yozilishini istardim. O’sha paytda Qirg’iz adabiyotida urush mavzusi chuqur qamrab olinmagandi. Qirg’iz o’quvchilarining ham urush haqidagi eng yaxshi kitoblarini o’qish imkoniga ega bo’lishlarini istardim. Bu tuyg’u tufayli garchi badiiy tarjimaning nima ekanligini va kitoblarning qanday nashr etilishi haqida tasavvurga ega bo’lmaganim holda «Polk og’li» va «Oq qayin» asarlarini tarjima qilishdek qaltis ishga kirishdim. Nashriyotga tarjimamni keltirganimda bu kitoblar allaqachon tarjima qilingani, yaqin orada bosmadan chiqishini aytishdi. Juda achinarli bo’lsada, ayni shundan keyin mening ijodiy ishlarim boshlandi. Talabalik yillarida gazetalarga qisqacha xabarlar, maqolalar, ocherklar yozar edim.

Institutdan so’ng zootexnik bo’lib ishladim. O’sha yillarda men hikoyalar yozardim. 1956-yilda Moskvaga Oliy adabiyot kurslarida o’qishga bordim. Ikki yillik mashg’ulotlar menga, sobiq zootexnikga favqulodda ko’p narsa berdi. Faqatgina gumanitar va nazariy tayyorgarlik bo’yichagina emas, balki amaliy mashg’ulotlar nazariy seminarlar, oliy kurslardagi muhokamalar ham ko’p narsa berdi. O’zim ham Moskvaning madaniy hayotiga adabiyot munozaralarida va teatr tomoshalarida qatnashib turdim. Kursni tugatgandan so’ng «Adabiy Qirg’iziston» muharriri bo’lib ishladim, so’ngra “Pravda” gazetasining Qirg’izistondagi o’z muxbiri bo’lib besh yil ishladim, bu ham kuzatuvlar ko’lamini kengaytirishga, hayotni ko’proq bilishga imkon berdi. Yozuvchi albatta, tabiatan badiiy fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishi kerak, lekin o’zining iqtidorini, uning shaxsiyatini, muayyan ijtimoiy muhitga, ma’naviy tajribaga, bu muhitning, madaniy an’analariga, uning dunyoqarash siyosiy tuzumiga bog’liq bo’lishi kerak.

Men «Tog’lar va dashtlar» qissalari kitobim uchun 1963-yilgi mamlakatning oliy mukofoti berilgani hayotimda katta voqea bo’ldi. Bu yuksak sharaf uchun xalqimizga minnatdorchilik bildiraman.

Hech kim o’z-o’zicha yozuvchiga aylanmaydi; o’zidan oldingilarning tajribasi, so’z san’atkorning ijodiga o’zida yozuvchilikka mayillik sezishidan oldinroq kirgan bo’lishi lozim. To’g’ri, hammamizga san’atning murakkab yo’lini kashf qilish imkoniyati berilmaydi. Bu endi ta’lantga hayotga qarash ko’lamiga bog’liq. Ko’pincha biz bir joyga turib qolamiz, ko’pincha mahorat, fikr chuqurligi ma’nosida orqaga qarab yuramiz. Bu aftidan murakkab uzoq davom etgan adabiy jarayonning notekis ko’pincha kishini tushuniladigan rivojlanishidir.

Adabiyotning taqdiri haqida o’zining ijodiy yo’llari haqida yozuvchi tez-tez va turli sabablarga ko’ra o’ylashi kerak bo’ladi. Men o’zim haqimda gapirayotganim boyisidan kitobxonlar o’rtasida turli bahs munozaralarga sabab bo’lgan «Oq kema » haqida to’xtalsam. Munozara bu odatdagi hol. Adabiyotda tortishuvlar bo’lishi kerak. Biroq bu holatda meni bezovta qilayotgan eng katta xavf bu qanchalik hayron qolarli bo’lmasin, juda samimiy o’z yo’lida juda halol tanqiddir. Boshqa o’quvchilarga deylik, «Jamila «, «Birinchi muallim” “Momo yer” manzur bo’lganidan ular meni bundan buyon ham faqat bu ruhda yozishimni o’zlarining san’at haqidagi tasavvurlaridan kelib chiqish istaydilar. Men o’zidan voz kechishni o’ylamayman, men «Alvido Gulsara» va «Oq kema » asarlarimga qachon yozganlarimning muayyan qiymatini inkor qilmayman va bosib o’tilgan bosqichda to’xtab qolmoqchi ham emasman.

Adabiyot o ‘z holicha fidoyilik bilan baland ko’tarilishi insonning o’zidagi, boshqalardagi, jamiyatdagi yaxshi nomi, eng ezgu ishlari uchun bilishini, sevishini, jon kuydirishini ko’rsatishda hayot murakkabliklari qariga chuqur kirib borishi lozim. Va menimcha bu mening etiqodim-doimo cheksiz ravishda shunday bo’ladi, negaki inson o’zining ijtimoiy va ahloqiy ideallariga qarshi turgan yovuzliklar, adolatsizliklar inkorini va o’zidagi eng yaxshi intilishlar tasdig’ini san’atda qidiradi. Kurashish ikkilanishlarsiz va umidsizlashishlarsiz buni amalga oshirish mumkin emas va bu ehtimol abadiy davom etadi. Chunki san’at insonga hayotning bu murakkabligi va go’zalligini doimo anglatishi kerak.

Bundan keyingi ijodiy taqdirim qanday bo’ladi kuchliroq biron narsa yozolamanmi, buni bilmayman, yashaveraylikchi ko’ramiz qanday bo’lishi.

 Zebiniso Boboxonova tarjimasi

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *