Dugonamning ziynati
Mening dugonalarim juda koʼp. Biz bir-birimizga xuddi qirdago lolalar
qanchalik yaqin oʼssa, shunchalik yaqinmiz.
Bir kuni maktabda qiziq voqea yuz berdi: dugonam mendan oʼchirgʼich soʼradi. Meni bergim kelmay: — voy, buni senga bersam, kir qilib qoʼyasanku! Keyin men uni qanday ishlataman, — dedim qizgʼonib. Shunda sinfimiz sardori menga qarab jilmaydida, shoshma, sen hozir oʼchirgʼichingni oʼylab, doʼstimizning qalbini kir qilib, yaralab qoʼymayapsanmi Endi aytchi, hozir u qanday ahvolda ekan?!
Men bu soʼzlardan taʼsirlanib ketdim va dugonamdan kechirim soʼradim. Аybimni yuvish uchun esa oʼchirgʼichimni unga sovgʼa qilib yubordim.
Manzura Shuhratillaeva
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi
29-ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim
maktabining 6-,,v” sinf o`quvchisi
Сўнгги фикрлар