Ehtiyot bo`ling: pora…
Mushohada uchun mavzu
Sarlavhani o`qiboq, ba’zilarning yuziga kulgu yugurgan bo`lsa ajabmas.
Tanganing ikki tomoni bo`lganidek, jamiyatdagi barcha masala, muammo va yechimning ham ikki tomoni bo`ladi. Biz har gal pora haqida so`z yuritishni boshlasak, achchiq va zaharxanda so`zlarimiz nishoniga faqat pora oluvchilar aylanib qoladi va ular masalaning to`liq aybdori bo`lishadi,qolishadi.
Nimaga ular masalaning to`liq aybdori bo`lishi kerak?! Axir ikki taraf ham bunga birdek aybdormasmi?! Doim pora beradigan insonlar jamiyatimizda jabrlanuvchi, aziyat chekuvchi timsolida gavdalanadi. Go`yoki ular soddaligidan bilmasdan turib poraxo`rga pora berib qo`ydi. Xo`sh nimaga ular pora berdi, nima maqsadda? O`z ehtiyojini qondirish, boshqacha qilib aytganda uning uchun muhim bo`lgan zaruriyatga tez va oson erishish, umuman olganda ishini bitirish uchun. Nahotki insonlar pora berish , olish gunihligini bilishmasa? Yoki biz buni bilmagan edik deb o`zlarini oqlasharmikinlar?
Ba’zilari men pora berish noto`g`riligini bilmasdim, chunki huquqiy savodxonligim yaxshimas, ba’zilari esa axir ko`p odamlar shunday bo`lsa men nima ham qila olardim, hamma qatori bo`ysunib, uni berishga majburmanda deb o`zini oqlab qo`yadi. Kechirasiz-u huquqiy savodxonligim past yoki umuman yo`q degan insonlarnig bunday holatiga o`zlari aybdormikinlar yoki jamiyat?! Agar ular biror huquqqiy kitob o‘qiyman deb kutubxonaga borishsa, yo`lini kimdir to`sib qoladimi?! Mayli kutubxonaga borishga imkoni yo`q deylik.
Deyarli har kun OAVning turli nashrlar-u televideniye ko`rsatuvlarida poraga bag`ishlab, turli xil materiallar beriladi. Nahotki shularni ko`rib turib,xulosa chiqarish qiyin bo`lsa?! O`zini suvdan quruq chiqarib, oqlash uchun “poraxo`rlik – zamonaning ehtiyoji”ga aylandi deya bong urayotgan “xonim” va “janob”lar kechirasiz-u poraxo`rlik zamonaning ehtiyojiga aylanmadi.
Aksincha siz va sizga o`xshaydigan “hamfikrlar” ayni shuning tadorigida. Xo`sh, siz pora bermasangiz, sizni kimdir majburlaydimi? Axir bu o`z ixtiyoringizda-ku!
Davlatimiz tomonidan fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini kafolatlovchi birqancha organlar xizmatda, biz fuqarolar esa izzatdamiz-ku? Gaplarim balki juda ham zaharxandadir, ammo o`zingiz o`ylang! Siz berayotgan poralar qanday og`ir oqibatlarga olib kelmoqda…
O`g`lingiz yo qizingizning kichkina nuqsonini yashiraman deb, nikohdan oldingi tibbiy ko`rikka pora bergan ota-onalar! Nahotki nogiron tug`ilgan nabirangiz ko`zingizni yoshlamasa, siz qilgan gunohning mevasi yuragingizni tirnamasa?! Pora evaziga bir necha o`n yildan beri mansab kursisini mahkam ushlab olgan “hurmatli” mansabdor shaxslarimiz, endi kursingizni aqlli, zukko yoshlarga berish vaqri kelmadimikin?! Nahot siz jamiyatimizning rivojlanishini xohlamasangiz?! Bu pora beruvchilarning qilmishlari ortida yuzaga kelgan qusurlarning ikkitasi xolos. Ehhe bunday kamchiliklarimiz jamiyatimizda qancha? Uni to`g`irlash siz-u bizning qo`limizda. Agar siz pora bermasangiz jamiyatda hech qanday pora oluvchilar qolmaydi. Siz pora berib, ishimni tez bitirib, bir qadamda oldinda bo`laman deb o`ylaysiz,lekin qattiq adashasiz. Siz pora berib, bir qadam oldinga chiqsangiz, jamiyat rivoji bir qadam ortga qarab ketadi. Vaholangki, rivojlanmagan joyda baxt-u iqbol ham to`kis bo`lmaydi.
Maqolani o`qib tugatib, biroz bo`lsa-da, “o`zlaricha” taskin olgan “muhtaram” pora oluvchilarimiz bu shunchaki masalaning ikkinchi tomoni edi. Hali-hamon siz masalaning to`liq aybdori, rivojlanishning kushandasisiz…
Maftuna Xudayberganova
tog’ri gplarizda jon bor. lekin «pora» bergan odam ham olgan odam ham bir biridan manaatdor bo’ladiku
Assalomu alaykum.E’tboringiz uchun rahmat.Fikringizni hurmat qilaman.Agar maqolani o’qib chiqqan bo’lsangiz men ikki tarafni ham aybdor qilganman.Faqat doim pora oladiganlar qoralanib, pora beruvchilar biroz chetda qolgani uchun ularga ko’proq to’xtaldim.
Maqolada bugungi kunning eng dolzarb muammosi tilga olingan. Haqiqatdan ham, bugungi kunda porani «ilikday yutadigan» ayrim «shovvozlar»-u, porani qistirayotgan ba`zi «saxiyvachchalar» haqida shunchalik ko`p eshitamizki, hatto bunga ba`zan guvoh bo`lamizki, yerning qudratiga qoyil qolaman. Axir shunday insonlarni bag`rida ushlab turish osonmi?! Dunyoni o`zgartirish oson emas. Ammo qo`limizdan keladigani yon-atrofimizdagi pulga suqi kirgur tanishlarimizni o`zgartirish. Yana kim biladi deysiz…
Pora oladiganlarni kim o’rgatadi pora olishga? O’zimiz emasmikinmiz? Tanganing ikkinchi tomonini ham qaraylik. Biror mushkulotdan osongina qutulishning biz uchun eng maqbul yo’li shudir go’yoki. Barchamiz o’z mehnatimiz bilan ko’zlagan maqsadlarimiz sari intilsak kelajakda albatta Vatanimiz koriga yaraydigan inson bo’lib yetishamiz. Bu yo’lda hatto o’zlarning. ,,beg’araz» yordamlarini ayamaydiganlar ham bunga to’sqinlik qilisha olmaydi.
Pora bugungi kundagi dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Biz yoshlarni balki yoshi kattalarni ham pora olish va olmaslikka undashimiz zarurligi ushbu maqolada mahorat bilan yoritilgan.
Pora bugungi kunda yangi, ya’ni «xizmat uchun xizmat» ko’rinishini oldi. Unga endi illat sifatida emas, balki oddiy,normal o’zaro manfaat asosiga qurilgan hodisa sifatida qaralmoqda.
Madina Akbarova aytganidek poraga oddiy hol sifatida qaralayotgan bo’lsa… Masala rostdan jiddiy…