Men orzu qilgan kasb
Men to shu kungacha, turli kasb egalari bo‘lishni orzu qilganman.
Mening birinchi orzum stlist bo‘lish edi. Birovlarning chochini turli xil turmaklash juda yoqardi.Boshqa qizlar kabi men ham onamlarning sochlarini o‘rib qo‘ishni xush ko‘rardim. Yana keyinroq menda shifkor bo‘lish istagi paydo bo‘ldi.
Insonlarni davolash,dardiga darmon toppish menda katta qiziqish uyg`otdi. Chunki men davolagan bemorlarning yaqinlari qanchalik xursand bo‘lishlari ko‘z oldimda yaqqol namoyon bo‘lardi.O‘zganing hursandchiligiga sabab bo‘lish qanday yaxshi-da! So‘ngra men dizaynerlik kasbini tanladim. Bu kasbni tanlashimda buvim va shu kasbga paudo bo‘lgan qiziqish turtki bo‘ldi. Mening buvim tikuvchilar.Har safar chiroyli liboslar tikkanlarida havasim kelardi.Buvim ko‘lak tikishdan avval daftarga libosning ko‘rinishini chizib olar edilar.O‘shanda men ham shunday fasonlar chizishga qiziqib qoldim.Boshida chizgan chizmalarim buvimnikiga o‘xshamasdi. Vaqt o‘tib men o‘zim ham juda ko‘p liboslarni chizishga muvaffaq bo‘ldim.Shunda bildimki,men kelajakda dizayner bo‘laman.
“Dizayn” so‘zi iglizcha ‘design” so‘zidan olingan bo‘lib,chizma naqsh,g`oya va loyihalash hamda konstruksiyalash jarayoni ma’nosini bildiradi.Dizayner-hozirgi kunda eng obro‘li,nufuzli va ko‘p haq to‘lanadigan kasblardan biridir.Dizayner-modeller esa yangi ,zamonaviy kiyim modellarini yaratish bilan shug`ullanadi.Yana insonlarga go‘zallikni ko‘ra bilish,hayotni yorqin,jozibali bo‘lishiga hamda kun davomida yaxshi kayfiyat bilan yashashga undaydi.
Men ham o‘zbek opa-singillarimizga, onajonlarimizga o‘zlariga yarashadigan, qulay, ham milliy, ham zamonaviy liboslar yaratmoqchiman. Albatta, bu orzuga yetishish oson emas, tinimsiz o‘qish,o‘rganish va izlanishlar oqibatida erishiladi.Shuning uchun ham hozirdan shu kasb egasi bo‘lish uchun harakatni boshladim.Oldimga aniq maqsadlar qo‘ydim. Maktabdagi bilimlarni puxta egallab,institutga kirish va shu kasb bo‘icha tajriba orttirib, shaxsiy liboslarim ko‘rgazmasini namoyish qilishdir.
Shu tariqa men o‘z orzularimga, albatta, erishaman. Bu haqdagi o‘ylarimni onamga aytgan edim, ular meni qo‘llab-quvvatladilar. ”O‘zimning dizayner qiz “ deb erkalab ham qo‘ydilar. Bu, albatta, menga yoqib tushdi.Birinchi libosni onam uchun yaratib tikishim aniq. Negaki onalar duosi doimo farzandlarni asrab-avaylaydi,ularga kuch-quvvat, ishlariga rivoj beradi.
Men o‘z tengdoshlarimga kelajakda o‘zlari xohlagan kasbni tanlashlari tarafdoriman. Odamzod o‘z ko‘ngliga yoqadigan ishni qilmasa, bir kun kelib bu ishdan zerikadi, hayotida turli o‘zgarishlar bo‘ladi.Shuning uchun qalbi buyurgan kasbni ketidan qolmasligi kerak. Bu kasb uning uchun bir umrlik bo‘lishi aniq.
Muslima Baxtiyorova,
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi
29-ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim maktabi
8-,,b” sinf o`quvchisi
Сўнгги фикрлар