Metropolitendagi kutib olishlar

«- Navbatda oxiri kim ekan?

Sevinch3

 — Oxiri yo’q!»

Ertalab va kun davomida katta yo’ldagi tirbandliklardan va moshinam yo‘qligi sabab o‘qishga metroda ketishga qaror qilgandim, lekin, afsus. Bu yerda ahvol yomonroq…

Metro kassasida odatda ikkita darcha bo’ladi, ammo (mening kuzatuvim bo’yicha) doim bittasi ishlaydi. Kuniga yo’lovchilar oqimi kamida 3 barobarga ko’payishi aniq bo’la turib, nima uchun bunga avvaldan tayyorgarlik ko’rilmaganiga ajablanish kerak.

Shaharliklar deyarli kartaga o’rganib bo’lishdi, ammo, kecha kelgan talabalarda metroga tushmagan fuqarolarda, metro kartasi nima qilsin? Soatlab navbatlarda bitta chek uchun turishibdi.

Odamlarning shikoyatlariga metropoliten xodimlari «Boring Xalqlar do’stligi tomonda o’tirishadi rahbariyatimiz, shularga ayting, biz buyruqni bajaramiz faqat. Ertalab 8dan beri shu ahvol. Bizgayam yoqmayapti», — deb javob berishadi yoki boshqa gaplar.

Ichida ma’lum miqdorda pul bo’ladigan o’sha «Atto» metro kartalarini faqat kassada sotish shart emas. Metroning kirish-chiqish eshiklarida ham oson va tez sotish mumkin, masalan.

O’zi shundoq ham navbatda turishni bilmaydiganlar ham bor. Hamma bir qator bo’lib turish o’rniga har biri 5 kishilik 10ta qatorga tizilamiz. Qariyalarga yo’l berish, tiqilinchda bir-birini turtmay o’tish, «o’ng qo’l qoidasi» kabilar ham umuman bizga begona. Xattoki metrodagi formali akalar ba’zilari shunday ko‘ngilsizliklarni bartaraf qilishyotgan birida, boshqa bekatda e’tiborsizlik bilan hizmatini o‘tayotganlar ham ba’zida uchrab turadi.

Xullas, hamma tartibga o’rganishi kerak. Metropoliten ham, avtobus-marshrutka(buning o’zi alohida juda og’ir mavzu)lar ham,bularga o’zimiz ham sababchimiz!

 

Sevinch MINGBOYEVA,

Mirzo Ulug`bek nomidagi O’zbekiston Milliy universetiti Jurnalitika fakulteti talabasi.

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *