Ogohlik barchamizning burchimiz

Устозидан «оқ йўл» тилаги-ю дуосини олган талабанинг мақоласини ўқишга таклиф этамиз, дейди Дониш домла.

а1

Texnika, olam, odam shiddat bilan o’sib borar ekan barchamizni ogohlikka chorlaydi. Hozirgi davr talabidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak ogohlik barchamizning burchimizdir. Yurgan yo’limizda adashmaslikni har bitta qadamimizni o’ylab bosishimizni alohida ta’kidlab o’tadi, go’yo. Butunjahon hamjamiyatida tinchlik bo’yicha o’z o’rniga ega bo’lgan, yuqori qatorlarda turadigan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Har kuni ertalab qo’rqmasdan ishga, o’qishga shoshamiz va bemalol ishlarimizni kechki vaqtga qadar bajarib, oilamiz bag’riga ota-onamiz, opa-singlimiz, aka-ukalarimiz quchog’iga talpinamiz. Erkin fikr bildiramiz, demokratik jamiyat natijasida bir-tanu bir-jon bo’lib rivojlanishda davom etayotgan bir paytda bizning bu xursandchiliklarimizni ko’rolmay, bag’rikengligimizdan foydalanib yo’limizda to’g’anoq bo’layotganlar ham afsuski uchrab turibdi. Ular nafaqat to’g’anoq bo’lish bilan birgalikda balki, vatandoshlarimizni ham o’z saflariga qo’shib olib ketishmoqda. Aqidaparast oqimlar ta’siridan yaqin-yaqin insonlarimiz aziyat chekib nola qilishmoqda.

Umr yo’limizni nurlar bilan bezovchi dinimiz Islom — «Tinchlik» «Salomatlik» degan ma’nolarni bildiradi. Aqidaparast oqimlar — Islomning musaffo ta’limotini buzib talqin qiluvchilardir.

Aqidaparast atamasi lug’aviy jihatdan ikki so’zdan tashkil topgan. Aqida-inson e’tiqod qiladigan ishonadigan tushunchalar majmui. Parast — Forscha «parastan» biron narsaga xizmat qilmoq uning ta’siriga qat’iy ko’ngil qo’ymoq uni tarannum etmoq ba’zi o’rinlarda unga sig’inmoq ma’nosida keladi.

Aqidaparastlik — o’z-o’zidan kelib chiqadiki soxta va buzuq g’oyalarni o’ziga e’tiqod va shior qilib olgan kimsalarning sog’lom e’tiqoddan burilish voz kechishdir. Binobarin, musaffo Islom e’tiqodida aqidaparastlikka o’rin yo’q. Shu o’rinda Qur’oni karimdagi bir oyatni keltirib o’tsak.

«… Ularda qalblar bor lekin, ular bilan anglamaydilar. Ularda ko’zlar bor lekin, ular bilan ko’rmaydilar. Ularda quloqlar bor lekin, ular bilan eshitmaydilar. Ana o’shalar hayvonlar kabidirlar. Balki, ular yanada adashganroqdirlar. Aynan o’shalar g’ofillardir.

(Arof 179-oyat)

Diniy ekstremizmga yetaklovchi birinchi yo’l va qadam ham aqidaparastlarga chin ko’ngildan inonishdir. Aslida tashqi qiyofadan ko’ra inson qalbi, ichki dunyosining jamoli muhimdir. Inson tanasining shohi uning qalbi. Hazrat Navoiy:

«Erursen shoh — agar ogohsen sen,

Agar ogohsen — shohsen sen deya aytganlarida, qalbni ehtiyot qilish uni zararli, buzg’unchi g’oya va mafkuralardan himoya qilishni nazarda tutgan bo’lsalar ajab emas. Shuning uchun, har qanday illatlarni oqlashdan, unga qo’shilishdan avval uni o’ylab qadam bosib, u olamga kirib borishi lozim va eng katta vazifalardan biri bo’lib kelmoqda.

Kuni kecha «Zamon Press Info nashriyot uyi» tomonidan «Sarobga aldanganlar qismati» nomli kitob taqdimoti bo’lib, tayyor holda ommaga taqdim etildi. U kitob holidagi to’plam bo’lsada unda hozirda qamoq jazosini o’tayotgan maxbuslar tomonidan real voqelikka asoslangan o’z kechinmalarini aks etdirgan dil nolalari hamda, yaqin insonlarini qilmishlari tufayli ulardan nafratlanuvchi insonlarning hasratlari to’la to’kis namoyon etgan. Kitobni o’qir ekanman 3 kechayu 3 kunduz hayolan kitob ichida yashadim. Hayolimda menda ham xuddi shu voqealar sodir bo’lib, meni ham shu oqimga tortib ketadiganday his qildim. Aksariyat maqolalarida yozilgani hali-hanuz hayolimda aylanadi ya’ni mualliflar 10 yil, 18 yil va shu kabi muddatlarni ko’rsatib shuncha yillar oldin men qamoqda o’tiraman deb o’ylamagan edim, yetti uxlab tushimga ham kirmagan edi mazmunida ta’kidlab o’tadilar. Shundan so’ng har bitta qilayotgan, rejalashtirayotgan ishlarimni oldin 7 marta o’ylasam hozir esa 70 marta o’ylab amalga oshirayapman. Endi oldingidanda har bir qilayotgan ishimga sinchikovligim yuqori darajaga ko’tarilgan. Aziz kitobxon bu kitob bizni ogohlikka yetaklashi bilan birgalikda beixtiyor ma’naviy ozuqa ham berib insonni tarbiyalaydigan kitoblar sirasiga kirib, kelajagimiz poydevoridir. Zero, ertangi kunimiz bugundan boshlanadi.

 Shohista Pirimova,

O’zMU jurnalistika fakulteti 1-chi bosqich talabasi

 OLYMPUS DIGITAL CAMERA

 Шоҳиста Пиримова журналистика оламига энди кириб келаётган ёшлардан. Ушбу мақола Шоҳистахон ижодининг қалдирғоч маҳсули. Яқин келажакда у босма сўз оламида гўзал парвозлар қилишига ишонаман ва катта ижодий зафарлар тилайман.

Ёқутхон Маматова,

филология фанлари доктори.

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *