Qarilik qachon boshlanadi?
Piramidalardagi soʻzlardan birining tarjimasi » hozirgi yoshlar buzilib ketyapdi»,
degan manoda ekan. 2021- yil 15- mart kuni Milliy universitet datsenti Toʻlqin Eshbekov tomonidan oʻtilgan darsda aynan yoshlar haqida soʻz ketilganda. Ular zamonaviylashib boryapdimi, yoki ularga telefon taʼsir koʻrsatyapdimi bilmadim. Ammo avval boshqacha muhit boʻlgan degan fikr chiqdi bir talabadan.
Bu gaplarga Toʻlqin Eshbekov oʻzining juda jimjimador va koʻp takrorlanmas fikrini bildirdi. Yani yoshlardan noroziliklar tugʻilganda va ularni tushunmagan onda qarilik boshlanadi. Hech qaysi zamonda yoshi ulugʻlarimizni yoshlardan koʻngli toʻlmagan. Mana, masalan sizlar ayni damda universitetda oʻqiyapsizlar. Maktabga borib 5-6 sinf oʻquvchilarini darsiga kirib kuzatsangiz albatta, «biz yoshda bunday boʻlmaganmiz» — degan soʻz keladi hayolingizga. Boshidagi soʻzimizga qaraydigan boʻlsak, holbuki, piramidalar davrida uyali telefon apparatlari boʻlmagan.
Bundan koʻrinib turibdiki har bir avlodning oʻziga hos boʻlgan yoshliklari, shoʻxliklari bor. Garchi bu yoshi kattalarga boshqacha tuyulsada, bu qay bir jihatdan olganda rivojlanish boʻlishi ham mumkin. Sababi jamiyat orasiga yangicha energiyali toʻlqin va oʻzgacha shijoatli yoshlar kirib kelishi mumkin. Bir xillik, bir doirada boʻlish bir tomondan yaxshi boʻlsada, ammo hayotga joʻshqinlik ham zarur.
Mana shu narsalar ayrim kishilarga ozgina gʻalati tuyilib va buni ortiqcha shoʻxlik deb bilsa. Demak u insonni keksalik oʻz davrasiga tortyapdi.
Diyora Mingboyeva,
Oʻzbekiston milliy universiteti
jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabasi
To’g’ri fikrlar u yoki bu ajdod avlodni bir-biriga solishtirish asli noto’g’ri chunki zamon o’zgarib borar ekan insonlar ham o’zgarib boradi ehtimol biz ham kelajak yosh avlodga biz telefonlardan foylanardik sizlar esa robotlardan bo’shamaysizlar, biz payt bu oting o’chkur robotlar bo’lmagan deb qo’yarmiz balki.