Shijoat ber…

Talabalar ijodidan

н3

Faqat olg`a choparman toki,

Vujudimda bor ekan nafas.

Sabr, menga bermagin to`zim,

Harakatdir — tiriklik abas.

Bo`ronlardan chekinmam sira,

Shudir menga asl harorat.

“Ahmoq bo`lgan, esipast, anqov”,

Qilmang tag`in meni haqorat.

Qanot bergin Xudoyim menga,

Parvoz etay samolar sari.

Menham ko`rmoq istayman dunyo,

Anov yelgan qushlar singari.

Shijoat ber menga bir umr,

Yoshlik, tashlab ketmagin meni.

Istamayman bir paytlar tag`in,

Xotirlamoq alam-la seni…

Xotirlamoq alam-la seni…

 

O`ZBEKISTON BAXTLAR MAMLAKATI

 Mana, kulayapman – demak, baxtliman,

Qaysidir mujdadan shodman g`oyatda.

Bir talay niyat bor-shahdam, ahdliman,

Har tong uyg`onarman baxtli, odatda…

Rosti, biz ulg`aydik baxtda pinhona,

G`am-u alamlarga bermasdan o`rin.

Goho g`ariblarga berdik koshona,

Baxt bilan bo`lishdik uyimiz to`rin.

Men kula olarman, jilmayib turib,

Gullar tutolarman bahor faslida.

Ayting-chi, yoronlar, bir bor yuz burib,

Baxtmasmi dunyoda beshak aslida.

Mana, kulayapman – demak,baxtliman,

Do`stlar yo`l bermaslar g`am, alamlarga.

Ulg`aydim men baxtli, beshak baxtliman,

Baxtlar ulasholgum men odamlarga…

Mana, kulayapman – demak, baxtliman…

 

IJODKORNING ASL QISMATI

 Yolg`iz she’rdan boshlanar sekin,

Shoirlarning butun qismati.

Oson bo`lmas ularga, lekin,

Pok bo`lmoqlik ko`ngil xilqati.

Isinurman taftingga, quyosh,

Tirik jonga nuringdir baham.

Ochun aro men ham, ey sirdosh,

Qaynoq qalblar bunyod etolsam…

Ilhom bilan boshlanar ijod,

Gullar paydo bo`lar bir to`plam.

Bulbullari so`ylar munojot,

Bog`ing aro, serquyosh o`lkam…

 

 VATANIM

Nedan yaralgandir bu ko`hna tuproq,

Nechun bu zaminga mehrim pinhona.

So`lim bog`larimi mevasi ko`proq,

Tilimiz so`zlatgan chin oshiqona.

Xalqlar ko`p dunyoda, elatlar bisyor,

Kim qaysi go`shasin aylagan tanho.

Sahro bo`lsang agar cho`llarda bir bor,

Madhing aytmasmidim bo`ronlar aro.

Yo`llar, qayoqlarga boshlarsiz tag`in,

To`xtang ,bobolarning cho`kmish tizlari.

Do`stlar, siz buyonga qarangiz sekin,

Bu Bobur bobomning horg`in izlari.

Men ham tuprog`ingda qoldirgum izlar,

Shoshib borarkanman manzilga sari.

Vatan, izlarimni saqla bag`ringda,

Qalblarda saqlangan hikmat singari…

 н2

Nosir Sherboyev,

O`zMU Xorijiy filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi.

Вам может также понравиться...

Ответов: 6

  1. «Harakatdir — tiriklik abas»! Ba`zan butun she`r bitta jumla uchun yoziladi. Ba`zan bitta jumla inson qalbiga ta`sir etadi.

  2. Feruza Xayrullayeva:

    Menga esa she’rning nomi ko’proq yoqdi:
    O’ZBEKISTON — BAXTLAR MAMLAKATI! o:-)

  3. She’riyat inson ko’nglini poklovchi beqiyos kuchdir. Men ham yosh ijodkorlardan ko’plab she’r va hikoyalar kutib qolardim.

  4. She’r toshbag’irni ham yig’lata oldimi demak u she’r emas u ilohiy so’zlardir.

  5. Jumamurodova Muyassar:

    Yangi she’rlar kutib qolamiz. Ijodingizga omad.

  6. Darhaqiqat, she’r — shoir tarjimoni, she’r- ijodkor qalb qo’ri, butun mehr-muhabbati bilan dunyoga keladigan ilohiy ne’mat. Haqiqiy shoir hech kim ko’rmagan narsalarni ko’rishi, oddiy oq qog’ozdan ham gul undira olishi kerak, shoirning abjirligi ham shunda.
    Zaminning oyi bo’lmas, Sahroning soyi bo’lmas. Odamlar-u odamlar, Shoirning shohi bo’lsin. Bejizga saqlamas kek, Yolg’onlarga qo’yar chek. So’zga cho’ri bo’lar lek, Pulning gadosi bo’lmas. Shoirlik hech baxt emas, Topgan shoni taxt emas. O’nta taxt yasab bering, Shoirning shohi bo’lmas. Yaproqni tinglamasa, Tuproqni tinglamasa. Xudoyim so’z bermasa, Shoir ilohiy bo’lmas. Nafasi arshga yetsa, Jannatda bazm etsa. Shoirdan o’zgasiga, Parilar soqiy bo’lmas!!! Ijodkorga ilhom zarur, shunday ekan, sizga ilhom va omad yor bo’lsin…

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *