Sohibqiron timsoli

Yurtimizdan ko`plab daholar, buyuk mutafakkirlar, jahongirlar yetishib chiqqan.

i (1)

      Shunday buyuk zotlar orasida Sohibqiron bobomizning o`rni bo`lakcha.

Mard o`g`lonlar yurti erur O`zbekiston,

Buyuklarning buyugidir Sohibqiron.

Dovrug`i ham tarqalgandir butun jahon,

Ardoqlaydi avlodlari ushbu zamon.

.

Sohibqiron bobomiz haqida qancha ta’rif-u tasnif bersak shuncha oz. Bu siymo to`g`risida she’r yozmagan shoir, tasvirini yaratmagan musavvir bo`lmasa kerak.Bobomiz to`g`risida gap ketar ekan,u kishining tarixiy timsoliga to`xtalmasdan ilojimiz yo`q.Barchamizga ma’lumki, mustaqillikka erishganimizdan so`ng yurtimizda buyuk siymolar nomini oqlash,milliy qadriyatlarimizni tiklash ishlari olib borildi. Muhtaram prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat-Yengilmas kuch “asarida shu haqida so`z boradi.”Sovet davrida bu masalada g`arazli siyosat olib borilgani,asossiz ravishda Temur bobomiz jaholat va yovuzlik timsoli sifatida ko`rsatib kelingani bugun hech kimga sir emas. Nega deganda, mustabid tuzum tarixiy haqiqatni namoyon etishdan, bizning milliy o`zligimizni anglashimizdan mutlaqo manfaatdor emasdi.

Ba’zi bir miniatyura asarlarini hisobga olmaganda,o`z vaqtida Amir Temurning portret surati chizilmagan. Lekin ushbu miniatyuralar buyuk Amir Temurning betakror shaxsiyatini har tomonlama to`liq va hoqqoniy aks ettira olmasligini tushunish qiyin emas. Chunki bu rasmlarning birida Sohibqiron mo`g`ulga,yana birida hindga, uchinchisida boshqa bir millat vakiliga o`xshatib tasvirlanadi.Shu tufayli biz uning asl qiyofasi qanday bo`lgani haqida tasavvurga ega emasdik. Ko`pchiligimiz uni sho`rolar davrida antropolog – haykaltarosh Gerasimov “yaratgan” qo`rqinchli buyust orqali bilardik,xolos.

Afsuski, tarix ilmida ham Amir Temur haqida bir-biriga zid va qarama-qarshi fikrlar, chalkash talqinlar ko`p uchraydi.Shuning uchun ham buyuk ajdodimizning portretini qadimiy manbalarni har tomonlama sinchiklab o`rganib tarixiy-ilmiy haqiqat asosida yaratish talab qilinar edi.Izlanishlar shuni ko`rsatadiki, Amir Temur davriga oid ba’zi yozma yodgorliklarda u zot haqida yetarli ma’lumotlar mavjud ekan.

Jumladan, Amir Temur saroyida yetti yil yashagan mashxur tarixchi Ibn Arabshoh bobomizning surati va siyratini shunday tasvirlaydi:

“Temur baland bo`yli,tik qomatli,keng peshonali,kallasi katta,bag`oyat kuchli va salobatli,oq-qizi yuzli, keng yelkali, qaddi-qomati kelishgan, sersaqol, o`ng qo`li bilan o`ng oyog`i zahmdor, ikki ko`zi bamisoli ikki shamday porlab turadigan, yo`g`on ovozli, ulug`ligi o`ziga yarashgan, qat’iy azmu qaror bilan so`zlaydigan, haqgo`y kishi edi.U zimdan qarash va ko`z ishoratlarini sezadigan,idrokli sinchkov, har qanday ishoratdan ogoh kishi bo`lib yuz berishi mumkin bo`lgan hamma ishni oldindan ko`rib-bilib turar edi”

O`zingiz ayting, buyuk ajdodimizning aniq va haqqoniy portretini yaratmoqchi bo`lgan musavvir uchun bunday ma’lumotlar bebaho material bo`lib xizmat qilmaydimi? Biz bu ishning tarix va kelajak oldidagi mas’uliyatni har tomonlama chuqur his etib, turli manbalarda qayd etilgan ishonchli tarixiy dalillarga tayangan holda ish tutdik.

Ana shu talabdan kelib chiqib, avvalo Amir Temur portretining bir necha xomaki variantlari tayyorlandi.Ular dastlab tarixchi olimlar, adib va rassomlar, jamoatchilik vakillari muhokamasidan o`tkazilib, umumiy xulosaga kelindi.

Men ishtirok etgan navbatdagi yig`ilishda ana shunday muhokamalardan o`tgan variant ustida fikr almashdik. Unda Amir Temur taxtda shohona liboslarda qo`llarini qilich ustiga qo`yib, o`ychan bir qiyofada o`tirar edi.Men umrining ko`p qismi harbiy yurish va safarlarda, el-yurt tashvishida o`tgan insonning qo`llari, barmoqlari, gavdasi qanday bo`lishi, yuz-ko`zlari qanday ma’no anglatishi zarurligi haqida o`z mulohaza va takliflarimni aytdim.Shundan so`ng O`zbekiston xalq rassomi Malik Nabiyev ana shu fikrlar asosida portretni qayta ishladi va butunlay boshqa siymo – bugungi kunda butun xalqimizga yaxshi ma’lum bo`lgan Sohibqironning mumtoz qiyofasi paydo bo`ldi. Aynan ana shu siymo keyinchalik yurtimizda Amir Temur bobomizga atab barpo etilgan barcha haykallar uchun asos bo`lib xizmat qildi.”

Hozir biz Sohibqiron bobomizning surati va siyratining yaratilish tarixi bilan tanishdik.Buyuk bobomizning tarixiy timsolini yaratish qanchalik mas’uliyatli yondashilganligiga esa guvoh bo`ldingiz.Bu esa bizning buyuk bobolarimizga bo`lgan hurmat,e’tiborimizdan darak beradi.So`zim so`ngida shuni aytmoqchimanki, bobomizga o`xshagan mard jasur o`g`lonlar, qoni qaynoq yoshlar dunyoga kelaversin.

 

Nasiba Narzullayeva,

O`zMU Tarix fakulteti talabasi

Вам может также понравиться...

Ответов: 3

  1. Маъмур Пармонов:

    Энди янги сайт орқали Амир Темур ва темурийлар тўғрисида маълумот олиш имкониятига эгамиз.
    Sohibqiron.uz

  2. Tarixsiz kelajak yo’q, deyishmagan qadimdan. Ajoyib maqola bo’libdi. Mana shu qutlug’ sana arafasida tashkillashtirilayotgan tadbirlar haqida ham maqola yozishsa yomon bo’lmasdi.

  3. O’zbekiston tarixida yirik davlat va madaniyatga asos solgan Temur bobomiz haqida har qancha gapirsak ham oz. u kishining » Nizoning to’qqizini mashvarat, birini qilich hal qildim» degan hikmatni o’ziyoq Sohibqiron siymosini tavsiflaydi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *