Tajovuz natijasida azoblangan, shahid bo’lgan madaniy yodgorliklar va haykallar
Bilasizmi? Dunyodagi eng mudhish jinoyatlardan biri, biror bir xalqning madaniyati,
qadriyatlarini toptash orqali ma’naviyatiga daxl qilishdir. Shu jumladan, yer yuzida kam uchraydigan jinoyatlardan bo‘lmish xalqning e’zozida bo‘lgan Vatan ozodligi va farovonligi yo‘lida shahid ketganlarning haykallarini qastdan yo‘qotish, qalbailashtirish, tahqirlash bu mafkuraviy tahdiddir. Ma’lumki, dastlabki sivilizatsiyaning o‘chog‘i bo’lgan Mesopotamiyada Nineviya, Bobil, Asbat, Mosul, Kirkuk, Nimrod kabi o’sha davrning «oltin shaharlari» deya nom olgan tarixiy me’moriy yodgorliklari IShID harakati tomonidan vayron qilingan.
Oradan qancha vaqt o‘tishiga qaramasdan IShID terrorchilik guruhining jangarilari hozirda ham faolligi barcha dunyo davlatlariga ma’lum.Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tarixiy obidalarni vayron qilinishiga oidvidio butun dunyoni dahshatga solib, millatlarning, elatlarning nafratga sabab bo’ldi.Azal-azaldan Ozarbayjon yerlarining 20 foizini egallagan Armaniston qurolli kuchlari ushbu hududlarda haqiqiy vandalizm vahshiyliklarni amalga oshirdi deyish mumkin.Shuningdek, Armaniston armiyasi va ular tomonidan ishg’ol qilingan Ozarbayjon hududlarida shakllangan yashirin «terrorchi» tashkiloti bugungi kunda ozarbayjon xalqi tomonidan yuzlab yillar davomida yaratilgan musulmon madaniyat merosi va tarixiy yodgorliklarini yo’q qilib, qalbakilashtirib arman yodgorliklari sifatida qayta qurishyotgani ozarbayjon xalqining og‘ir musibatidir.Bosqinchi armanlar bugungi kunning daxshati Ozarbayjon yodgorliklari va daholarining haykallariga nisbatan vandalizmni namoyish qilmoqdalar. Ular buyuk ozarbayjon bastakori, Musulmon Sharqida birinchi operaning asoschisi Uzeyir Hajibeyli, dunyoga mashhur ozarbayjon vokalchisi Bulbul, Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasining taniqli shoiri Xon qizi Natavaning byustlarini o’qqa tutib tahqirladilar.
Ozarbayjonning el ardog‘ida bo‘lgan Uzeyir Hojibeyov, Xurshudbanu Natavan va Bulbulning haykallari qadimiy maskanlardan biri Shusha shahrini qad rostlagan bo‘lib, ushbu byustlarning mualliflari Ozarbayjon xalq artisti Xanlar Ahmadov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Namiq Dadashov va xizmat ko’rsatgan san’at xodimi Hayot Abdullayeva singari taniqli haykaltaroshlar bo‘lgan. Armaniston armiyasi Shushani bosib olganidan keyin yuqorida nomlari zikr etilgan haykallar o’lja sifatida Erevanga olib ketishdi hamda Gruziyaga metall sifatida sotib yuborishdi.Ma’lum vaqt o‘tishi bilanhaykallar Ozarbayjonning sobiq Prezidenti, milliy lider Haydar Aliyevning aralashuvidan so’ng qaytib olingan va poytaxt Bokuga olib kelingan. Bugungi kunda haykallarni Bokudagi Ozarbayjon milliy san’at muzeyi hovlisiga joylashtirilgan bo‘lib, madaniy me’ros sifatida muhofaza etib kelinmoqda. Haykallarga qarab dunyoga o‘zini demokrat sifatida ko’rsatmoqchi bo’lgan Armanistonning asl yuzi va vahshiyligini ko‘rish mumkin. Ushbu haykalni suratga olgan odam — dunyoga mashhur «Arshin mal alan», «O olmasin bu bo’lsin», «Leyli va Majnun» asarlarini, Musulmon Sharqining birinchi operasini yozgan Uzeyir Hojibeyovdir.
Ta’kidlash joizki, Armaniston qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan Ozarbayjon yerlarida 762 ta madaniy yodgorliklar va 1431 ta madaniy muassasalar mavjud. Bosqinchilik natijasida armanlar Ozarbayjonga tegishli bo’lgan 500 ta tarixiy va me’moriy yodgorliklarni, 100 dan ortiq arxeologik yodgorliklarni, 22 muzeyni va boshqa madaniy markazlarni yo’q qilishdi. Ozarbayjonning bosib olingan hududlarida tarixiy va madaniy yodgorliklarning toptab qalbakilashtirishdi bu esa o‘z navbatida 1954-yil qabul qilingan Gaaga konventsiyasiga zid keladi. Ushbu Konventsiya a’zo davlatlarga har bir davlatning va uning dushmanining harbiy mojarolar paytida madaniy qadriyatlarini himoya qilishda faol bo‘lish majburiyatini yuklaydi. Armanlar tomonidan sodir etilganvandalizm harakatlari, YUNESKOning Umumjahon madaniy va tabiiy merosini saqlash to’g’risidagi konventsiyasining buzilishining yorqin misolidir.Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 2012-yil 31-oktabr kuni Bokudagi Bulbul prospektida taniqli opera xonandasi, SSSR xalq artisti Bulbul haykali ochilish marosimidagi nutqida bu masalaga to’xtalib, Armaniston davlati Ozarbayjonga qarshi madaniy genotsid qilganini ta’kidladi: «Bizning diniy, tarixiy va madaniy yodgorliklarimiz vayron qilingan», dedi afsus bilan prezident. «Ularning orasida Shushadagi Uzeyir Xojibeyli, Bulbul va Xurshidbanu Natavaning byustlari armancha o’qlar bilan teshilgan». Ya’ni, bu katta fojiya va haqoratdir.
Prezident Ilhom Aliev o’z nutqida butun dunyo hamjamiyati Ozarbayjon yerlarini ozod qilish masalasini tinch yo’l bilan hal etish ustida ish olib borayotganini ta’kidladi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2017-yil 13-dekabr kuni Istambulda bo’lib o’tgan Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda sammitida oz nutqida aytganidek — Dunyo musulmonlari shuni bilishlari kerakki, Armaniston muqaddas masjidlarni vayron qilgani uchun, Islomiy davlatlarning do’sti bo’lolmaydi.»Armaniston 20 yildan ortiq vaqtdan beri bizning hududimizning 20 foizini, shu jumladan Ozarbayjonning Tog’li Qorabog‘ mintaqasini va unga yetti atrofidagi hududni bosib olgan.Shu o‘rinda aytish joizki, Tog`li Qorabog` Ozarbayjonning asl tarixiy diyodir.Tarix guvohlik beradiki, Armanlarning tajovuzi tufayli bir milliondan ortiq ozarbayjonlik qochqinlar o‘z yerlarini tashlab ko’chishga majbur bo’lishdi. Armanlar tomonidan bosib olingan hududlarda etnik tozalash amalga oshirildi, yerlar talon-taroj qilindi. Armaniston barcha madaniy yodgorliklarni, shu qatorda masjidlar va islomiy ziyoratgohlarni vayron qildi ”, — deya ta’kidladi Ozarbayjon prezidenti. Shu bilan birga, Armaniston yuzsizlarcha turli musulmon mamlakatlari bilan do’stona aloqalar o’rnatishga harakat qilmoqda.Prezident Ilhom Aliev 1993-yilda BMT Xavfsizlik Kengashi to’rtta rezolyutsiya qabul qilganini aytib o‘tdi hamda Armaniston qurolli kuchlarining Ozarbayjonning bosib olingan hududlaridan zudlik bilan, chiqarib olinishini talab qildi, ammo Armaniston hali ham o‘z majburiyatini bajarganicha yo‘q.Armanlarning shu singari xunrezliklari davom etar ekan ozarbayjon xalqi ham jim qarab turmasligi tayin. O‘z yerlarining daxlsizligi uchun Ozarbayjon xalqi astoydil kurashadi ammo kelib chiqayotgan muammolarning tinchlik yo‘li bilan yechim topishining tarafdoridir.
Samir ABBASOV,
O’zbekistonda Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniy
markazi direktori, Ozarbayjonning O’zbekistondagi
elchixonasining birinchi kotibi
Сўнгги фикрлар