To abad ta’zimdaman, onajon
Har bir oilaning tinch-totuv, xotirjam bo`lishi , farzandlarning sog’lom va
barkamol bo`lishi , oilada sog’lom muhit, sog’lom turmush tarzining mavjudligi har jihatdan bir insonning zimmasiga tushadi, u ham bo`lsa bizning onalarimiz. Mana shunday mas’uliyatli, sharafli vazifani chin ko`ngildan hech qachon yomon so`z gapirmasdan, nolimasdan hayot qiyinchiliklariga chidab yashaydigan, atrofdagilarga dalda berib, oq yuvib, oq tarab,beminnat mehr berib keladigan inson bu mo`tabar onalarimizdir. Ona naqadar buyuk zot. Faqat uning kuchlari bedor o`tkazgan, farzand kamoli uchun yelib yugurgan, oilaning tinch yashashi uchun har ishga tayyor, atrofdagilarga o`zgacha mehr beradigan betakror zot bu bizning onalarimizdir. Onalarimiz faqat biz va yana bizga jon jahdlari bilan jon kuydiradigan va hammani bir xilda ko`radigan, va doimo to`g’ri yo`l ko`rsata oladigan, oilada hammaning ko`ngliga yo`l topadigan mehribon onalarimizdir.
Onalarimizning hayotimizdagi eng katta-katta ahamiyati, birinchidan, onalar o`ta-o`ta mas’uliyatli va sharafli shaxs. Ular avvalam bor bola tarbiyasi bo`yicha javobgar shaxs sanaladi. Agar bolaning tarbiyasi yaxshi yoki yomon bo`lsada u onaning bergan tarbiyasiga bog’liq. Onalarimiz jamiyatda va hayotda doimo to`g’ri yo`l ko`rsatadigan, inson va onalar farzandlari uchun eng yaqin do`stlaridan ham yaqin do`st bo`lishadi. Odam deyarli har qanday sirlarini, o`z his-tuyg’ularini, tashvishlanmasdan onasi bilan bo`lishishi mumkin. Shu bilan har qanday xatolikka yo`l qo`ysa ham, onalar bilan qo`rqmasdan bo`lishish mumkin.
Onalarsiz hayot , albatta qorong’u, agar onalarimiz bo`lmasa hech bir ishni yoki muammoni hal qila olmaymiz. Shuning uchun onalarimizga yordam berish, qo`llab-quvvatlash bizning burchimizdir. Buning muhim usullaridan biri bu uy ishlarida yordam berishdan boshlanadi. Biz ko`proq uy ishlarini bajarishga harakat qilishimiz kerak. Bu albatta onalarimizga tushadigan yukni kamaytiradi, onalarimizda esa o`z salomatliklari haqida qayg’urishga va dam olishga biroz bo`lsada vaqat topiladi. Onalarning qo`llab-quvvatlashning yana bir usuli bu rahmat so`zlarini aytish. Agarda biz onalarimizni ko`proq yaxshi so`zlar aytib ko`ngillarini ko`tarishni eng oddiy usuli deb aytsak adashmagan bo`lamiz. Hech bo`lmaganda onamiz tayyorlagan nonushta yoki kechki ovqatni “Onajon ovqatingiz yaxshi chiqibdi qo`llaringiz dard ko`rmasin” deb aytsak qanchalik onalarimiz bizdan minnatdor bo`ladi va ko`ngillari oz bo`lsada ko`tariladi. Bunday etirofli gaplar, so`zlar muntazam ravishda bo`lishi kerak. Onalarimizning yuragi oltindan yaratilgan bo`lsa ajabmas.
Men onam bilan faxrlanaman va qilgan barcha mehnatlari va qanday gapirgan bo`lsalarda gaplaridan hech qachon hafa bo`lmayman , ammo shu gaplar bilan men o`zimni to`g’ri yo`ldan yurishga yordamlashgan onamga beminnat mehrlari uchun minnatdorman. Menga shunday padari buzrukvorni ropara qilgan yaratganga shukurlar aytaman. Onajon men sizni sevaman va sizni dunyolarga alishmayman. Bu she’rni sizga bag’ishlayman:
Yoningda bo`lsalar ko`ngling to`larkan
Sen uchun jon kuyib ming bor o`larkan
Samoda farishta borligi bu rost
Yerdagi farishta ONA bo`larkan!
Tolibjonova Mehrangiz
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi
29-ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim
maktabining 8-,,а” sinf o`quvchisi
Сўнгги фикрлар