Toshkentim – bosh kentim

Toshkent – O`zbekiston Respublikasi poytaxti.

Manbalarda qayd etilishicha, Ilk o‘rta asrlarda u «Choch», «Shosh» , «Shoshkent», «Madinat ash- Shosh», «Binkat» va «Tarkan» deb nomlangan.

3

Shahar «Toshkent» nomi bilan dastlabki XI asrning mashhur allomalari Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshg`ariyning asarlarida tilga olinadi. «Toshkent-toshli shahar demakdir» Poytaxt uchun qayg`urish barcha O‘zbekistonliklar uchun va butun o‘zbeklar uchun burchdir. Toshkentdagi Mustaqillik maydoni har bir o‘zbek fuqarosi uchun aziz va mo‘tabardir.

Toshkentda turli xil diqqatga sazovor joylar va baland binolar mavjud.Toshkent shahrida turli tumanlar bor.Bu tumanlardan eng kattasi Sergeli tumani hisoblanadi.

Toshkentdagi “Humo Arena” muz saroyi juda kata bo`lib ,u yerda muz uchish ,xokkey o‘ynash short turlarini hatto konsert dasturlari ham shu yerda o‘tkazilmoqda. Toshkentdagi eng baland bino Teleminora hisoblanadi.Dunyoda bu minora balandligi bo‘icha o‘n ikkinchi o‘rinni egallagan.Teleminorani 6 yil davomida qurishgan.Minoraning balandligi 375 metr hisoblanadi.Toshkentda yana Mustaqillik maydoni ham bor.Mustaqillik maydoniga kirish qismidgi ravoq «Ezgulik» deb nomlanadi. Uning uzunligi 150 m bo‘lib, balandligi konstruksiya markazidan12 m ni tashkil qiladi.Ravoq 2005-yil 1-sentabrda chilgan.Toshkentda bundan tashqari ko‘ngilochar joylar,masjid,madrasalar,ko‘priklar,favvoralar,savdo-sotiq binolari, o‘quv muassasalari bor. Maktabgacha ta’lim, maktab,xususiy maktab va oliy o‘quv yurtlarida yangicha ta’lim joriy qilindi.Albatta, bu ta’lim biz yoshlarni iqtidor egalari qilib tarbiyalaydi.Kelajakda shahrimiz yanada ham go‘zallashib, rivojlanadi.

Men shu joyda, ya’ni Toshkentda tug`ilib o`sganim bilan faxrlanaman.

 

Muslima Mirabdullayeva,

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi

29-ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim maktabi

7-“A”sinf o‘quvchisi

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *