Xalq qalbining ma’naviyati
Bir odam ishlab chiqarish korxonasida ishlaydi , u telefon , televezor , mashina
yoki oyoq kiyim ishlab chiqaradi .Uning mehnatiga xaridori bo’lgan iste’molchilar mahsulotdan foydalanib, baho berishlari mumkin. Boshqa odam ijod qiladi . She’r yoki badiiy roman yozadi. Uning bahosini kim chiqaradi? Umuman, badiiy ijodni baholay olamizmi? Ijodkor insonning qobilyati, iste’dodi, ichki kechinmalarining bahosi qanday bo’ladi, javobi qiyin. Tug’ma iste’dodni baholab bo’lmaydi. Xalqning dard-u tashvishini , yutuqlarini yurak-yuragidan, qalb qo’ridan chiqarib qog’ozga tushirgan inson ijodining bahosi ancha mushkul bo’lsa kerak.
Adabiyot (arabcha – odoblar yig’indisi ) – umum insoniy ma’naviyatining tarkibiy qismi. » Badiiy asar shunday daraxtki , uning shohida umumbashariy mevalar yetiladi, ildizi esa milliy zaminda yotadi. »
Adabiyot sóz san’ati. U inson qalbi va ruhidagi nozik tovlanish ohanglarni ilğashga sóz vositasida aks ettirishga undaydi. Badiiy adabiyot namunalari insonyatni tólqinlantiradigan , hayajonga soladigan óy fikrlar kechinmalar orzu umidlarni ifodalaydi. Dunyoda insonlar bir-biriga óxshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. Ózbek adabiyot tarixi inson ruhiy holatlarini mohirona aks etiradigan , durdonalarga boy. Ular hozirgi avlodlarni ham ruhiyatida qalbida ham his-hayojon uyğota oladi, ma’naviy marifiy boyishlariga ham hissa qósha oladi. Adabiyot sóz san’atini , yaxshi bilamizki san’at turlari juda ham kóp va xilma-xildir. Ulardan tasviriy san’at, haykaltaroshlik , me’morchilik, teatr, kino, musiqa, raqs va badiiy ta’sirchan obrazlar yaratish kózda tutilgan. Bunday maqsadlarga esa turli tuman yóllar bilan erishadi. Masalan raqsda harakatlar , ta’na a’zolarining ifoda imkonyatlariga tayanadi. Musiqa tovushlar uyğunligiga tovushlarning hissiy ifodasiga boğliq , tasviriy san’at uchun ranglarning ózaro mutanosibligi alohida ahamiyatga ega. Rassomga bóyoq va môyqalamlar yordam bera oladi , óz ishini mevasini kórsatadi. Haykaltarosh tosh , yoğoch, ganch, metallarga ishlov berish orqali gózallik yaratadi. Adabiyot esa bu san’atlardan sóz va ruhning beqiyos imkonyatlari bilan farq qiladi.
Sózlar badiiy matnning yuzaga kelishiga yordam beradi, ammo har qanday matn va sózlar badiiy adabiyotga daxldor bólavermaydi. Buning uchun sózlar badiiy estetik vazifani bajara olishi lozim. Shunga kóra ham badiiy adabiyot voqea hodisalarni yoki insoniy kechinmalar, his- tuyğularni bayon qilmaydi aksincha tasvirlab beradi. Tasvirlar sózga tayanadi, sóz esa sehr , mójiza bilan óziga mahliyo qiladi. Shu sababli ham gódaklar allaga , jajji uka-singillarimiz ertakka, yoshi uluğ kattalar badiiy ijodning turli kórinishlariga qiziqib qaraydilar ularni olamiga kirib olgach , ózlarini ham shu olamda mansub hisoblaydilar. Bejizga kitob sening -aksing deyishmagan ekanlar. Adabiyot ikki turga bólinadi , tor va keng. Biri gazeta jurnal matbuotda uchratsak, ikkinchisi badiiy adabiyotlar turli janrlarda mujassamdir. Adabiyot ózi odoblar yiğindisi abadiyatdir. Adabiyotni kuchi nimadaligini bilishimiz uchun , xalq orasida hurmat qazongan yirik sóz san’atkorlarni yoqlab ótsak. Alisher Navoiy «Xamsa «dostonini tugatgach , uni Husayn Bayqaroga sovğa sifatida beradi. Husayn Bayqaro butun ayonlarini oldida , Navoiyni óz <<pir>>i deb e’lon qiladi va shoirni otga mindirib óz xalq oldida jilovdorlik qiladi. Bu mamlakat podshosining buyuk iste’dod egasiga , sóz san’atkoriga nisbatan hurmat e’tirofi ramzo edi. Chunki Alisher Navoiy badiiy sóz qudratini aniq qilib kórsata olardi. Navoiy sózga nihoyatda katta baho berardi
Ular:
» So’zkim insonni judo ayladi hayvondin,
Bilkim guhari sharifroq yóq andi», deb takidlab o’tganlar.
Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadigan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmaslik millatning ruhini yo’qotmaslikdur. Jamiyat taraqqiyoti ko’plab avlodlar taffakuri va aql-zakovati bilan yaratilgan ma’naviy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar-bularning barchasi xazinalar kalitidir.
Sevinch MINGBOYEVA,
Mirzo Ulug`bek nomidagi O’zbekiston Milliy universetiti Jurnalitika fakulteti talabasi.
Сўнгги фикрлар