Диққат: “УЧ ИЛДИЗ” ҲАҚИДА ТЕЛЕЛАВҲА!

Ўзбекистон телевидениениси “Маданият ва маърифат”

телеканалида 2014 йил 14 июль куни соат 20.00 да бошланадиган “Бугун” информацион дастурида “Уч илдиз” маҳорат мактаби ва унинг  uchildiz.uz   сайти ҳақида лавҳа намойиш этилади! Ушбу кўрсатув эртага – 15 июль куни соат 9.00 да такроран намойиш этилишини ҳам эслатиб ўтмоқчимиз. Азиз  uchildiz.uz  сайтимиз ижодкорлари ва муаллифлари! Ушбу кўрсатув ҳақидаги пурмаъно фикрномаларингизни кутиб қоламиз!

 Эҳтиром билан, лавҳа муаллифи Комилжон НИЁЗОВ

You may also like...

37 Responses

  1. Ko’rsatuvni ko’rdik, juda yaxshi chiqibdi…

  2. Domlamiz “Baholashda adolat mezoni” sarlavhali maqolamni to’plamda chop etganida qoyil qolgandim. Bugun “Uch ildiz” mahorat maktabi va uchildiz.uz sayti haqidagi telelavhani kuzatib qoniqish hosil qildim.

  3. Haqiqiy iste’dod sayqalini ko’rgandek bo’ldim. “Uch ildiz” mahorat maktabi va uchildiz.uz sayti haqidagi telelavha zo’r chiqibdi. Shunday mazmunli ko’rsatuvlar tayyorlashda Komiljonga omad tilaymiz. Domlamiz ham aslo charchamasin, ko’z tegmasin.

  4. Ajoyib ko’rsatuv bo’libdi. Komiljon Niyozov jurfakdagi eng zo’r yangilik va voqelikni ziyraklik bilan anglab, mahorat bilan yoritibdi. Qoyil!

  5. “Muharrir va muallif munosabati” sarlavhali maqolam yoritilganida juda hayajonga tushgandim. Bugun uchildiz.uz sayti haqidagi telelavhani ko’rib, ustoz biz uchun qanchalik kuyub-pishishiga qoyil qoldim. Endi shunga yarasha ijodiy izlanishda davom etamiz.

  6. Shijoatni ustozimizdan o’rganishimiz kerak ekan. “Uch ildiz” mahorat maktabi va uchildiz.uz sayti haqida berilgan ko’rsatuvni ko’rib tegishli xulosa chiqardim.

  7. “Barvaqt turmush qurmang” sarlavhali maqolam chiqqanida qanchalik suyungan bo’lsam, bugun uchildiz.uz saytimiz haqidagi ko’rsatuvni ko’rib yana shuncha quvondim. Bu ustoz biz uchun yaratgan imkoniyat saytidir!

  8. “Jamiyatimiz gultoji” degan maqolam ijodkor talabalar to’plamida, so’ng uchildiz.uz saytida yoritilganida xursand bo’lgandim. Bugungi ko’rsatuvni kuzatgach, fakultetimiz gultoji – uchildiz.uz sayti ekan, degan xulosaga keldim.

  9. Ajoyib ko’rsatuv! Xuddi jonajon fakultetimizga yana bir bor sayr etib kelgandek bo’ldim.

  10. “Uch ildiz” mahorat maktabida ozmi-ko’pmi ijodiy mahorat sirlarini o’rgangan edik. uchildiz.uz sayti haqiqiy ijod maydoni bo’libdi. Ko’rsatuvda ko’p narsa aks etibdi.

  11. Ustozga xos bag`rikenglikni bugungi ko’rsatuvda his etdim.

  12. Mening “Sog`inch” sarlavhali ijodiy mashqimga taniqli ijodkor domlamiz To’lqin Eshbek yuqori baho berganida bir ilhomlangandim. Bugungi ko’rsatuv yanada ilhomlantirdi.

  13. “Oilaga sadoqat” sarlavhali maqolamni ustozim To’lqin Eshbek kitobda ham, internetda ham chiqarganida kelgusida qay darajada ijodkor bo’lishimga yana bir bor ishonchim ortgandi. Bugungi ko’rsatuv men uchun yana bir chorlov qo’ng`irog`i bo’ldi.

  14. Men ham “Uch ildiz”ga ega bo’lishim lozimligini angladim. Ko’rsatuvga gap yo’q. Endi uchildiz.uz saytida ijodiy parvoz qilamiz.

  15. Ko’rsatuvni ko’rib ko’zimdan yosh chiqib ketdi. Yashang domla! Demak endi uchildiz.uz sayti orqali mahorat sirlarini o’rganishda davom etamiz!

  16. Afsuski “Uch ildiz” mahorat maktabi va uchildiz.uz sayti biz jurfakni bitirib ketar chog`imizda paydo bo’ldi. Domlamiz bizga “Siz kitob chiqarish tashabbuskori bo’ldingiz” degandi. Endigi talabalar internetni ishg`ol qilayotganiga havasim keldi. Tashabbuskor To’lqin Eshbek domlamizga qoyil!

  17. Bugun “Uch ildiz” mahorat maktabi haqidagi ko’rsatuvni ko’rib entikib ketdim. Fakultetimizni sog`ingandim. Bu chanqog`imni shu ko’rsatuv ozroq bosgandek bo’ldi. Komiljon Niyozovga rahmat, uchildiz.uz saytining haqiqiy fidoyisi ekan.

  18. Sen yurak ardog`im – “Uch ildiz”! Bu mahorat maktabida ustozimiz To’lqin Eshbekdan ijod sirlarini o’rganganimizdan mamnunmiz. uchildiz.uz sayti biz uchun internetda haqiqiy ijod maydoni bo’lib qoladi.

  19. Bu yil O’zMU Jurnalistika fakultetida eng katta voqea To’lqin Eshbek domlamiz tashkil etgan “Uch ildiz” mahorat maktabi va uning uchildiz.uz sayti bo’ldi! Bizni xursand etgan hol shuki, ikki yil mobaynida chiqargan maqolalarimiz ushbu saytda ham yoritilmoqda, ularga rang-barang fikrnomalar bildirilayotgani yanada ilhomlantirmoqda. Biz ustozimizning ishonchini oqlab, shunga yarasha yetuk ijodkor jurnalist bo’lib etishishga harakat qilamiz.

  20. Бу ажойиб телелавҳани Самарқандда кўриб, тошкентлик талабаларга, Журналистика факультетига жуда ҳавасим келди.

  21. Ўзим данғараликман. Тўлқин Эшбек дўстим билан талабалик йиллари битта ётоқхонада турганмиз. Ҳамкурсимизнинг бунчалик илғор домла бўлиб кетиши ўша пайтда маълум эди. У факультетдаги азиз устозларимиз Абдуғафур Расулов, Очил Тоғаев, Нажмиддин Комиловлар даражасидаги домласи бўлишига ишонаман.

  22. Фарруҳ дўстимнинг фикрига қўшиламан. Тўлқин Эшбек дўстимиз талабалик йиллари бўлар бола бошдан эканлигини кўрсатарди. У чиндан ҳам азиз устозларимиз Абдуғафур Расулов, Очил Тоғаев, Нажмиддин Комилов, Мухтор Худойқулов, ирисали Тошалиевлардан қолишмайдиган, замонга муносиб илғор фикрли домла сифатида талабалар қалбига йўл топиб, ёш журналистларни буюклик даражасига олиб чиқишига шак-шубҳа йўқ!

  23. Телевизорда “Uch ildiz” ҳақидаги кўрсатувни кўриб Журналистика факультетида катта ўзгариш, янгилик бўлганини ҳис этдим. Тўлқин домла тинмайди, тинчимайди, тинмасин, тинчимасин!

  24. ҳақиқатдан ҳам бу ажойиб, унутилмас, бирданига «портлаган» воқеа бўлди, десак, муболаға бўлмайди. Устоз шу пайтгача қилган таҳсинга лойиқ ишларидан яна бири — «Ёш ижодкорларнинг теран илдизлари» номли талабалар ижодларини қўллаб-қувватлаб чоп этган китоблари бўлди. Мен бу китобни ота-онамга олиб бориб кўрсатганимда қувончдан уларнинг кўзларига ёш келганди. Устозимизга бошимиз ерга теккунча таъзимдамиз…

  25. Telelavhani ko’rib shunday xulosaga keldim: Jurnalistika fakulteti endi haqiqiy ijodiy maskanga aylanibdi.

  26. “Uch ildiz” mahorat maktabi va uning uchildiz.uz sayti katta kashfiyot bo’libdi. Jurnalistika fakulteti talabalariga havasim keldi. Qaniydi bizga ham shunaqa ijodkor domlalar dars berishsa…

  27. Internet mo»jizasini uchildiz.uz saytiga bag`ishlangan telelavhani ko’rib yana bir bora kashf etdim.

  28. Jurnalistika fakulteti endi “Uch ildiz” mahorat maktabi va uning uchildiz.uz sayti bilan yanada keng quloch yozar ekan-da.

  29. Mirzo75@mail.ru
    Zo’r ko’rsatuv bo’ldi. “Uch ildiz” mahorat maktabi talabalariga havas qildim. uchildiz.uz saytining umri boqiy bo’lsin.

  30. Aziz yosh ijodkor talabalar! Domlangizning va Jurnalistika fakultetining qadriga eting. Qarang, u siz uchun qanday zo’r ishlar qilmoqda.

  31. Хақиқат бор экан-ку. Аввалроқ берилиши керак эди.Бу кўрсатув. Энди навбат «!Дунё бўйлаб», «Ёшлар» каналларига. Уч илдизнинг илдизи бақувват. Келажакда бу илдиздан журналистикамизнинг чинорлари пайдо бўлишига шубха йўқ.Бунинг учун тиниб-тинчимас фидойи инсон Тўлқин Эшбек илдизга ишловни тўхтатиши керак эмас.

  32. Бундан ғоят севиндик. Мана шу сайтда мақоламиз чиққан, деб атрофдагиларга ҳам айтдик. Қизиқиб қолишди. Сайтимизнинг ютуғи бунданда кўпаяверсин! Биз уни ривожланишида ўз ҳиссамизни қўшишга доим тайёрмиз!

  33. Қадрдон сайтимиз — ижодкор ёшлар, изланувчан ёш журналистлар учун ҳақиқий маҳорат мактаби. Фидойи устозимиз Тўлқин Эшбекка мустаҳкам соғлик тилаймиз! Шогирдларингиз бахтига мудом бор бўлинг!

  34. Шу кўрсатув такрорий намойиш этилса ёки умуман, «Ул илдиз» ҳақида алоҳида кўрсатув берилса яхши бўларди.

  35. Уч илдизни алоҳида кўрсатув қилса арзийди. Бу талабалар учун зарур.

  36. O’zbek millati kelib chiqishi,millat-xalq davlat bo’lib shaklanib, davlat barpo bo’lishigacha qancha asr, insonlar xayotidan kechishgan. Demak biz yoshlar vatanimiz kelajagi, o’zbek millatining ori nomusi bo’lishimiz kerak.
    http://www.uchildiz.uz esa bu borada bizga yaxshi ma’noda yo’l bo’la olarkan O.Dostonov

Добавить комментарий для Lutfullaev Baxtiyor Отменить ответ

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>