Баъзи оталарга насиҳат

Ўғлингизга “ўқи!” деманг,

гар ўқишин истасангиз.

Айтган ишни қилмай қўяр,

агар, “қил” деб қистасангиз…

Сиз танлаган касбга хумпар,

Меҳр қўймас ҳеч қачон.

Минг авраманг, тушунтирманг,

Оёқ тирар у чунон…

Сиз “ёғли” деб айтган ишнинг,

Хушламайди ёғини.

Шундан жиғи-бийрон ота,

Айтар кўнгил доғини…

Уйлантириш ҳаракати,

Зое кетар кўпинча…

Ўғлингизга қиз изламанг,

Кутинг ўзи топгунча!

Болам қандоқ яшаркин, деб,

Юрак сиқиб, ўйламанг.

Қийинчилик кўрмасин, деб,

Ўзингизни қийнаманг…

Ташлаб қўйинг ўз ҳолига,

Ташландиққа тегмас тош.

Кўзим мошдек очилди-да,

Урилганда тошга бош…

* * *

Ўйлаб кўрсам, отам менга

Китоб ўқи, демаган.

Ўйламаган ким бўлишим,

Асло ғамим емаган…

Орзуларнинг оғушида,

Ёнишимга кулганди.

Унга қандоқ эришмоғим,

Демак, яхши билганди!

* * *

Ўғлингизга омад тиланг,

Сиқиб қўйинг қўлини.

Майли, чигал бу ҳаётда,

Ўзи топсин йўлини.

 5

Тўлқин ЭШБЕК

You may also like...

12 Responses

  1. Sizdek fozil-u donolar mo’l bo’lsin, donish domla!

  2. Rostdana, teg degan narsaga tegmay, tegma degan narsaga tekkimiz keladi, xuddi unda nimadir sir bordek…

  3. Sitora Samadjonova:

    Bu hayotda hamma har xil hayot kechiradi.Kimningdir yuksalishiga kimdir sababchi bo’ladi.Ba’zilarda esa mehnat,mashaqqat sababch bo’ladi.

  4. Hech narsani insonga majburlab qil deb bo’maydi. Hammaning peshonasiga yozgani va qo’lidan keladigan kasbi bo’ladi. Uni og’ziga solib qo’ygan bilan yutolmasa unda foydasi yo’q. Shuning uchun hamma qo’lidan kelganini bajarishi kerak.

  5. Шеърингиз ҳаётий шеър экан
    Илм олган инсон юксакка эришади, илмсиз инсон эса жаҳолатга юз тутади.

  6. Inson dunyoga kelar ekan, o’z iqtidori va qaysidir jihati bilan dunyoga keladi. Shuning uchun biror ishni majburlab qildirib bo’lmaydi. Qilgan taqdirda ham uning soxtaligi bilinib turadi. Ustoz she’ringiz bilan ana shu haqiqatni ochib bergansiz. Rahmat.

  7. Ustoz sheringiz xayotiy ibrat olsa bõladigon oldi qochti gaplar emas balki xalqona tilda yozilibdi.

  8. Qiyinchiliksiz, kimningdir yordami bilan qo’lga kiritilgan har qanday narsaning qadri past bo’ladi, qo’ldan ketishi ham oson bo’ladi. Hayot yo’limizda biron narsaga erishish uchun qilayotgan harakatimiz biz kutganimizdek natija bermasa, taslim bo’lmasligimiz kerak. Qayta-qayta harakat qilishdan charchamasligimiz kerak. Shundagina erishganlarimiz ham qadrli, ham totli bo’ladi.

  9. Ota bu kuch demakdir. Hech birimizning otamiz bizga yomon bo’lsin deb nasihat qilmaydi, nima deb aytsa ham bizni yaxshi yetuk jamiyatga foydali shaxs bo;lib yetishimiz uchun astoydil harakat qiladigan zotdir. Ota — farzandi oyoqqa turishi uchun belidagi quvvatni barini beminnat sarflovchi yagona inson.

Добавить комментарий для Zokir Shoyimov Отменить ответ

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>