“Уч илдиз”инг бор бўлса…

(Бир қўшиққа ўхшатма. Ҳазил)

Илм ерда қолмағай,

Илмий кенгаш бор бўлса.

Фан доктори бўлгайсан,

Раҳбар мададкор бўлса.

OLYMPUS DIGITAL CAMERA

Ўқиб-ўқиб топганинг,

Гўзал кашфиёт бўлса.

Илм аҳлин қалбида,

Сўнмас бир баёт бўлса.

Пиримқул Қодиров ва Тўлқин Эшбек 1987 йилда Қибрай туман газетаси таҳририятида.

Пиримқул Қодиров ва Тўлқин Эшбек 1987 йилда Қибрай туман газетаси таҳририятида.

Изланишдан тўхтама,

Гар мудиринг ғўр бўлса.

Зое кетмас тадқиқот,

Илмий муҳит зўр бўлса.

Журфак, деб оҳ урмакни,

Олимлардан сўраб кўр.

Журфакка тош отмакни,

Золимлардан сўраб кўр.

Журфакка ёв кўз тикса,

Виждонингни синаб кўр.

Журфак қўлдан кетмагай,

“Уч илдиз”инг бор бўлса!

Журфакка дарз кетмагай,

Ўғил-қизинг ёр бўлса!

Талабалар улғаяр,

Орзулар ҳам чўзар бўй.

Муродига етганда,

Юртда ҳар кун бўлар тўй!

Журфакка дарз кетмагай,

Ўғил-қизинг зўр бўлса!

ТВ1

Халқ оҳангида ҳиргойи қилгувчи

Дониш ДОМЛА

You may also like...

28 Responses

  1. bizni yana bir bora ilm olishga va vatanparbar bòlishga chorlabsizda. Rahmat domla

  2. Qoyil!!! Bu she’rni kuyga solish kerak.

  3. Juda ohangdor chiqibdi. Hirgoyisi matnidan ajoyib edi Domilla!

  4. …eshitganimizda maza qilgandik!

  5. Бошлар ижод йўлига
    Ўрнак билиб ўзини
    Ёшаради йилига
    Севар ўғил-қизини.
    Бизда ҳар кун бўлар тўй
    Журфакка гард юқмагай,
    Навниҳоллар чўзар бўй
    Дуо қилинг, синмагай.

  6. Ehhhhhhh qanday purma’no fikrlar zikr etilgan-a qoyi…l!!

  7. Juda ajoyib va samimiy satrlar! Men ham shu o’rinda bir to’rtlikka o’xshatma qilmoqchiman: Millatni ko’targay ba’zan bir asar, Ozod mamlakatning osmonidir u. «Uch ildiz» bu nima desalar agar, To’lqin Eshbekovning vijdonidir bu!

  8. Juda ajoyib she’r! Haqiqatan har bir insonning, xalqning, mamlakatning uch ildizi baquvvat bo’lsin!

  9. Sher juda sermazmun chiqqan, saytimizning haqiqatda ona tuprog’imiz uchun foydasi nihoyatda katta. Bu uchun domlamizga kuch-quvvat, ko’zlariga ziyo, sabr-toqat so’raymiz.

  10. Mohinur Turg'unova:

    Juda ham mazmunli she’r! Ustoz olloh ijodingizga baraka bersin! «Uch ildiz» imiz doimo online bo’lib tursin!

  11. Ushbu she’r kimgadir ajoyib, kimgadir kulgi uyg’otgandir. Muhimi kimgadir ta’sir qildiku! Daraxtning ildizlari ko’p albatta. Ammo Primqul Qodirov yaratgan Uch ildiz mustahkam bo’lsa Everest cho’qqisini zabt etamiz!

  12. Sevinch Norqobilova:

    Навниҳоллар чўзар бўй
    Дуо қилинг, синмагай…
    Чиндан хам, Сиз дуо килинг. Биз Сиз истагандек улгаямиз.

  13. Jur fak talabalari bundanda kattoroq yutuqlarga erishishga harakat qilamiz.Ishonchni oqlash uchun.

  14. Jurfak qo’ldan ketmagay
    To’lqin aka sog’ bo’lsa

  15. Bu she’riy satrlarni o’qib ko’nglimda faxr tuyg’usi uyg’ondi.Biz talaba yoshlarga shunday jonkuyar ustozlar ta’lim berayotganidan xursandmiz.

  16. Nabiyeva Yorqinoy:

    Ajoyib she’r domla. Gimn qilsak bo’ladigan she’r.
    Jurfakka darz ketmagay
    O’g’il-qizi yor bo’lsa!

  17. Xayrullayeva Feruza:

    Vatanni sevish iymondandir. Unga bo’lgan muhabbatni qanday tasvirlashimizdan , qanday nomoyon etishimizdan qat’iy nazar, u baribir go’zal va betakror ko’rinadi. Huddi shu she’r kabi…
    Men O’zbek farzandiman, men Jurfak farzandiman deb urguvchi har yurakka xush yoqadi.

  18. Qo’lga qalam tutqazgan «Uch ildiz»ga ming rahmat,
    Domladan a’lo baho, toliblardan harakat.
    O’qib, izlab topganlar, fikr etsin dunyoni,
    Bunda hamma ijodkor, sofdil,shoirtabiat…
    Jurnalistlar, bu saytni go’zal so’z-la bezaylik,
    Bunda tengsiz majlislar, kechalarni tuzaylik.
    Shudir bizga domlaning takrorlanmas , zo’r mehri,
    Bunda bordir samimiy dil izhorlar, so’z sehri…
    «Uch ildiz» bu gurkirab turgan azim chinordir,
    Unda yuzlab gavharlar, minglab toza dur bordir…
    Do’stlar, keling bitaylik, sharhlarni zo’r jahd ila,
    Ahil- inoq jamoa, domla-yu, o’g’il-qizlar!

  19. Oltinoy Madaminova:

    she’rga gap yo’q

  20. She’rga gap yo’q, taxsinga sazovor, buni tezda qo’shiq qilish kerak.

  21. Qoyil ustoz. Malaka Oshirishda xam dars beryapsizmi

  22. uchildiz.uz sayti bu talabalarning ishonchli axborot olish saytiga aylanib ulgurgan. Undagi ma’lumotlar tez-tez yangilanib turadi.

  23. Feruza Xayrullayeva:

    Журфакка дарз кетмагай,
    Ўғил-қизинг зўр бўлса!

    Haqiqat!

  24. Gavhar Turobova:

    She’r aslida hazilomuz bo’lsada pur ma’no tub ildizida yotibti. Komediya janrining vazifasi bilamizki jamiyatdagi muammolarni hazil tariqasida ko’tarishdan iborat.

  25. Muhammadali MAMADALIYEV:

    Виждонингни синаб кўр.

    Журфак қўлдан кетмагай,

    “Уч илдиз”инг бор бўлса!
    Ushbularni yozgan donish domlaga bir iltimosim bor. Ustoz yozuvchi Primqul Qodirovning «»Uch ildiz Romani haqida biz yoshlarga yanada yangi fikrlaringiz bilan saboq bersangiz va saytga joylashtirsangiz, bizni xushnud etgan bo’lardingiz. Rahmat.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>