ЗАМОНАВИЙ ОИЛА (Ҳазил)

Дадаси ёнбошлаган,

Телевизор олдида.

Тинмай босар пультини,

Футболга оз қолди-да!

DVDга диск қўйиб,

Мода кўрар бекаси.

Ажнабийча кўйлакнинг,

Ўзи бўлар эгаси!

 

Катта ўғил қўлидан,

ВИП телефон тушмайди.

Ҳамкорлари хорижда,

Савдоси ҳеч пишмайди.

 

Эрка қизи пайдар-пай

Жўнатади SMS.

Хаёлида ўқишмас,

600-лик “Мерседес”.

 

Компьютернинг ёнида,

Кенжатойи эрта-кеч.

Қулоғидан “наушник”,

Ухласа ҳам тушмас ҳеч.

 

Замонга мос барчаси,

Ҳозир шундай-да замон!

Фақат чол-у кампирлар,

Ўзгармади-да ҳамон.

 

Бозор чопар отахон,

Кампир ўчоқ  бошида.

Қайнаб турса қозони,

Бахт, дейди шу ёшида.

 

Қийналганмиз биз,  дея,

Қийнамас ҳеч ёшларни.

Ҳамон емай едирар,

Лаган-лаган ошларни!..

 

Тўлқин ЭШБЕК

“Ўзбекистон адабиёти ва санъати”, 2009 йил 1 январь сонида ёритилган.

You may also like...

22 Responses

  1. Малика Суюнова:

    Мана шу шеърингизни кенгайтириб, баллада қилсангиз бўлар экан, домла!!!
    Ўқиб маза қилдим.

  2. Zokir Shoyimov:

    Juda ta’sirli.

  3. Gulnoz Xo'janazarova:

    mana bugungi oddiy holat. bu oddiy narsalar emasligini tushunolmayabmizmi a? !!!

  4. Pokiza Turdaliyeva:

    hayotiy…

  5. Jahongir:

    Rahmat ustoz. Lekin xalqimizning shu xarakteriga shikoyatim bor. Ba’zi xalqlarda bola voyaga yetdi deguncha ota-onasi ta’minotni uzib, o’zing kun ko’r deyishib, yo’l ochishadi. Bizda esa 40 ga kirgan o’g’il ham otadan beruxsat biror bir qaror qabul qilsa teskari qabul qilishadi. Balki bu bir tomondan yaxshidir, axir qari bilgani pari bilmas, deydilar. ammo boqimanda kayfiyat ko’pchilikni she’ringizda aytganingizdek hech tark etmayapti. Hamon qachon ota uy solib meni ko’chirib qo’yadi, yoki yanada yaxshirog’i, ota ko’chirib yubormasaydi, deb yuruvchilar ko’p.

  6. Анвар Шукуров:

    Раҳмат домла.
    Оддийгина тасвир, аммо бутун ўзбек ҳаёти акс этибди.

  7. Sevara Uktamova:

    Buni o’qip barchaning yuzida kulgi paydo bo’ldi. Lekin bu bugungi hayotimizning ko’zgudagi aksi emasmikin?

  8. Hazil deb yozilgan bo’lsa ham bu she’r orqali bugungi jamiyatimizda uchrab turadigan shunday oilalar qoralangan.

  9. USTOZ IJODIZGA QMAD TILAYMAN.ROSTAN HAM AFSUSKI BA’ZI OILALARDA BUNDAY HOLATNI JUDA KO’P UCHRATAMIZ.

  10. USTOZ IJODIZGA QMAD TILAYMAN.ROSTAN HAM AFSUSKI BA’ZI OILALARDA BUNDAY HOLATNI JUDA KO’P UCHRATAMIZ…..

  11. USTOZ IJODIZGA OMAD TILAYMAN . ROSTAN HAM AFSUSKI BA’ZI OILALARDA BUNDAY HOLATNI JUDA KO’P UCHRATAMIZ…..

  12. Ajoyib! Har birimizni o’ylashga undaydi. Ota-onamiz baxtimizga sog’-omon bo’lishsin!

  13. Bunday bo’lishdan xudo asrasin, bunaqalar esa xulosa chiqarishsin. Ustoz muvaffaqiyatlar tilayman.

  14. Zeh:

    menga juda yoqdi.

  15. Farruxbek Abduhamidov:

    Tanqidniyam boplaysizda, qaytarizda zarba berishni bilasiz, qoil.

  16. She’rlarizdan ko’proq joylang Ustoz. Shunday hazil ko’rinishida bo’lsa nur ustiga a’lo nur.

  17. Ajoyib she’r. O‘qib maza qildim.

  18. Malika Sattorova:

    Ayni xaqiqat xazil ekan

  19. Menimcha bu deyarli hamma oilada bo’ladigan oddiy hodisaga aylanib qoldi. Zamon b.n hamnafas bo’lish kerak, lekin uni quli bo’lib qolish ham noto’g’ri

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>