ЧЕКАДИГАН ТАЛАБА

Нечун чекишини ўзи ҳам билмас,

– Ҳаловат борми,– деб гезариб лаби.

Муштдак юрагига заҳарни жойлаб,

Қилтиллаб юради кашанда каби…

 

Ўқиш хонасида, каридорларда,

Нафасинг бўғилиб кетади гоҳо.

Ҳамманинг жонига кушанда бўлиб,

Аслида ўзига қўяди баҳо.

 

Ғўр бола!

Кўзингни очгил каттароқ,

Ҳали ҳақ нелигин билмайсан, аммо,

Мусаффо ҳавони булғаб юрганинг,

Шўрлик устозингга баттар муаммо…

 

Тўлқин ЭШБЕК

You may also like...

14 Responses

  1. Ustoz zo’r chiqibdi. Bu she’rni Hamma o’qishi kerak.

  2. Kamola Fayzullayeva:

    Chekadigan odamdan ko’ra uning tutunidan nafas olgan odam ko’proq zarar ko’rar ekan. Bu ilmiy tadqiqotlar natijasida isbotlangan. Ustozimiz doim aytadilar: «Qandaydur ma’lumot yetkazishdan avval uning aniq manbalarga asoslanganligini tekshirib ko’ring». Gapimning isboti mana shu yerda: http://www.cancer.org (ingliz tilida)

  3. Har bir sigaret chekkanda inson umri besh minutga qirqarar ekan.Ustoz shu mavzuga oid sher yozibsiz juda xursand bo’ldim

  4. Kimningdir chekib turganini ko’rib qolibsizmi deymanda ustoz?!

  5. Chekma, aziz umrimingga qo’yma chek

  6. Rostdan ham nimaga chekayotganligini bilishmaydi o’zlari

  7. Bir FAKT. Tamaki o’simligi dunyoning 120 mamlakatida ekiladi. Dunyo bo’yicha 4,7 mln. gektarda tamaki yetishtiriladi. Agarda shu yerlarda bug’doy ekilsa qo’shimcha 20 mln. tonna bug’doy yig’ib olish mumkin edi. Har yili 5-6 mln. tonna quritilgan tamaki barglari tayyorlanadi. Nahotki shuni o‘rniga foydali narsa ekishni iloji bo‘lmasa…..

  8. Chekishni tashlash eng qiyin muammolardan biri deb eshitganman. Osmondagi bolalar kinosida otasi o’g’lining chekayotganini ko’rib unga bir butun sigaret qutisidagi hamma sigaretlarni chektirardi.Jazo mana shunday bo’ladi

  9. haqiqatdan ham bu anchagina katta muammo ko’pgina talabalar ham ota onasidan yiroqda chekkanimni uydagilar ko’rmaydi urishmaydi deb o’ylashadida ammo ustozlarimiz jonkuyarlikni qo’lga olgan ekanlar buyog’i natijasi ko’zlangandek bo’ladi.

  10. Zarina:

    Biz ko’pincha bunday yoshlarni ko’rib e’tibor bermaymiz vaholkanki bu yoshlar nafaqat o’ziga balki atrofidagilarga ham ziyon yetkazadi.Yuqoridagi misralardan manimcha hamma o’zi uchun kerakli xulosa chiqaradi deb o’ylaymiz.

  11. chekkanlarni chakkasiga tushirish kerak.Umrimiz zavolini ko’pchilik o’g’il bolalar xotirjamlik garovi deb bilishadi. 17-18 yashar bolaning bu hayotga hali endigina kelib,siqilishdan chekishi yaxshi ish emas.

  12. Chekishning dahshatli tarafini quyidagi raqamlarda ifodalash mumkin:bugungi kunda dunyoda 1.5 mlrd kashanda bor, bu har 4 kishidan biri chekuvchi degani.Bu illatning ayniqsa yoshlar orasida ko’payishi salbiy hodisadir.Chekish nafaqat sog’liqqa balki moddiy ahvolga ham yomon ta’sir etadi.Xullas bir onlik «boshog’rig’ini» qoldirish evaziga bir umrlik boshog’riq sotib olamiz shu tamaki mahsulotlarini deb…

  13. Chekish inson umrini qisqartiradi. Saalbiy oqibatlarga olib keladi. Chekish Teri rangini o’zgarishiga, oyoq tomirlarini chiqishga, oshqozon yallag’lanishiga olib keladi. Oxir oqibat rang ajratish qytinlashadi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>