Экологик таълим истиқболлари

Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университетида 6-8 апрель кунлари  “Таълим ва фан – барқарор ривожланиш манфаатлари йўлида” мавзуида халқаро илмий-амалий конференция бўлиб ўтди.

 к5

Анжуманда ЮНЕСКОнинг Ўзбекистондаги ваколатхонаси вакиллари, Олий Мажлис Қонунчилик палатаси Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш масалалари қўмитаси, Экоҳаракат депутатлар гуруҳи, Ўзбекистон Экологик ҳаракати аъзолари, Олий ва ўрта махсус таълим, Халқ таълими вазирликлари ходимлари, Табиатни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси мутасаддилари, қатор олий таълим муассасалари ҳамда илмий-тадқиқот институтлари олимлари ва педагог ходимлари, шунингдек, Германия, Қозоғистон, Латвия, Литва, Польша, Швеция каби давлатлардан ташриф буюрган мутахассислар иштирок этдилар.

к6

Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ва ЎзМУ иштирокидаги ТЕМПУС UZWATER лойиҳаси кўмагида ташкил этилган мазкур конференциядан кўзланган асосий мақсад: жамоатчилик, таълим ва илм соҳаси ходимлари ҳамда тегишли мутасаддилар эътиборини атроф-муҳитни сақлаб қолиш, бундай муаммоларни ҳал этишда ўзаро тажриба алмашиш ҳамда ҳамкорликни йўлга қўйишдан иборат.

к4

Экологик таълимни янада такомиллаштириш истиқболлари, замонавий педагогик технологиялардан фойдаланиш кўламини кенгайтириш, ўқув-услубий қўлланмаларни янада такомиллаштириш, узлуксиз экологик таълим концепциясини ҳаётга татбиқ этиш борасидаги вазифалар анжуман иштирокчиларининг диққат марказида бўлди.

Айтиш жоизки, ушбу анжуманда илгари сурилган ғоялар, экологик вазиятни барқарорлаштирувчи турли лойиҳалар мамлакатимизда атроф-муҳитни тобора яхшилаш, сув ресурсларидан оқилона фойдаланишни янада такомиллаштиришга ҳам хизмат қилади.

к2

 Маълумот ўрнида таъкидлаш жоизки, ТЕМПУС UZWATER лойиҳаси Европа Иттифоқи томонидан маблағ билан таъминланади. 3,5 йилга мўлжалланган лойиҳада Европа Иттифоқидан – Каунас технология университети (Литва) лойиҳа координатори, Варшава Ҳаёт ҳақидаги илмлар университети (Польша), Упсала университети (Швеция), Қироллик Технология институти (Швеция), Латвия Давлат университети (Латвия); Ўзбекистон Республикасидан: Ўзбекистон Миллий университети, Тошкент давлат Техника университети, Самарқанд давлат Архитектура-қурилиш институти, Бухоро давлат университети, Самарқанд давлат университети, Самарқанд Қишлоқ хўжалиги институти, Қорақалпоғистон Давлат университети, Урганч давлат университети иштирок этмоқдалар.

к1

Ўтган давр давомида Европа ва Ўзбекистон университетларида мазкур лойиҳани амалга ошириш, тажриба алмашиш, ҳамкорларнинг малакасини ошириш йўлида қатор семинарлар ўтказилди. Ўзбекистоннинг 8 та университетида ўқув марказлари ташкил этилди ва жиҳозланди. Магистратуранинг янги “Атроф-муҳит ва доимий ривожланиш, сув ресурсларини бошқариш” йўналиши бўйича ўқув дастури тайёрланди.

Лойиҳада олий таълимнинг магистратура босқичи учун янги ўқув дастурлари ишлаб чиқиш ва таълим жараёнига киритиш, ҳамкор университетларда ўқув марказларни ташкил этиш ҳамда тўпланган тажрибаларни республикамиз бўйлаб тарқатиш ҳам кўзда тутилган.

 Улуғбек Усмонов,

журналист

 

 

You may also like...

23 Responses

  1. Shu kunlarda universitetimizda bir-biridan go’zal tadbirlar tashkillashtirilmoqda. Bu tadbirlarda universitetimiz talabalari va o’qituvchilarning faol ishtiroki barchamizni quvontiradi, albatta!

  2. Davlatova Aziza:

    Kuni kecha universitetimizning fizika fakultetida o’tkazilgan xalqaro konferensya haqida eshitgandim. Ammo konferensyada ko’tarilgan masalalar nimalardan iborat ekanligini maqolani o’qib xabardor bo’ldim. Konferensya haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lib shuni aytolamanki, ekologik ta’limni rivojlantirish biz jurnalistlarning tabiat, atrof-muhitni asrash, uni muhofaza qilish bilan bog’liq bo’lgan masalalarga jiddiy qarab, ekologik bilimlarimizni yanada rivojlantirishni taqozo etadi.

  3. Universitetimizda õtkazilayotgan tadbirlar soni kõpligi, õquv jarayonlarini tobora yaxshilashga xizmat qilayotganidan dalolatdir.

  4. bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri sifatida ekologiya mavzusini aytishimiz mumkin. Chunki turli zararli chiqindilar, atrof muhitning inson tomonidan ishloslanishi, jonli tabiatda muvozanatning buzilish hollari ko`p uchramoqda

  5. Pokiza Turdaliyeva:

    Ushbu maqola kursdoshimizning bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid bo’lganligi uchun, ularga uchlidiz/uz sayti orqali ma’lumot olishlarini albatta aytaman. Adabiyotlar ro’yxatidan ushbu sayt ham joy olsa, nur ustiga a’lo nur-ku!

  6. Zarina Sohibova:

    To’ttinchi bosqich talabasi bo’lganimiz uchun ko’pgina tadbirlarda qatnasha olmaymiz.Ushbu ma’lumotlar orqali ko’pgina bilmagan ma’lumotlarni bilib olyapmiz.Ma’lumotlar uchun tashakkur ustoz!

  7. Zarina Sohibova:

    To’ttinchi bosqich talabasi bo’lganimiz uchun ko’pgina tadbirlarda qatnasha olmaymiz.Ushbu ma’lumotlar orqali ko’pgina bilmagan ma’lumotlarni bilib olyapmiz.Ma’lumotlar uchun tashakkur ustoz

  8. Bugungi kunning yana bir dolzarb muammolaridan biri ekologik sog’lom muhitni yaratishdir. Yuqorida aytib o’tilgan loyiha ham ekologik muhitni yaxshilashga yordam beradi degan umiddamiz. Universitetimizda tashkil etilayotgan mazkur tadbirlar faqat yaxshilik uchun xizmat qiladi.

  9. Sevara Uktamovna:

    Ekalogiya eskirmas doimiy dolzarb mavzulardan biridir. Zero tabiatni asrash barchamiz uchun ham farz ham qarzdir.

  10. Бугунги куннинг глобал муаммолардан бири-экологик муаммолар ҳисобланади. Шунинг учун айни дам дунё миқёсида атроф-муҳитни муҳофаза қилиш, экологик вазиятни барқарорлаштириш сингари вазифаларнинг кўлами кенгайиб бормоқда. Ишлаб чиқилаётган турли лойиҳалар атроф-муҳитни тобора яхшилаш, сув ресурсларидан оқилона фойдаланишни янада такомиллаштиришга хизмат қилар экан кўзланган мақсадларга эришиш имкони мавжуд.

  11. Bugungi kunda eng katta global muammolardan biri ekologiya muammosidir. Tadbir o’z ahamiyatiga ega ravishda o’tkazilibdi.

  12. Tadbir har bir ushbu o’lkada yashab kelayotgan insonlar uchun ahamiyatli bo’lib, bunda har kim o’zi uchun kerakli ma’lumot olgan deb o’ylayman.

  13. Fayyoz Achilov:

    Ulug’bek Usmonovning fikrlarida haqiqat bor. Ta’lim va ekologik madaniyat shakllangandagina har taraflama yuksalish bo’ladi. Ekologik ta’lim ham bir madaniyatdir.

  14. Sevinch Norqobilova:

    Tadbirda eng og’riqli nuqta — ekalogiya masalasi ko’tarilgani juda yaxshi. Ammo har bir insonning o’zida ekologik madaniyat bo’lishi kerak deb o’ylayman. Tadbirning mohiyati esa amalga oshirilishi rejalashtirilgan harakatlar zamirida shakllanib boraveradi.

  15. Sevinch Norqobilova:

    Bu kabi harakatlarning ko’plab amalga oshirilishi tabiatga bo’lgan mehrni yuksaltiradi.

  16. Ekologik muvozanatni asrash nafaqat tashkilotlarning balki shu zaminda yashayotgan biz insonlarning ham sharafli burchimizdir.Zero vatanimizning bir qarich yeri ham biz uchun muqaddas

  17. Ekologiya fani bilan tabiatga yanada «yaqinlashdik». Ammo oramizda ekojurnalist bo’lishni istovchilar ham bor. 2-kursni bitirishimizga ham ko’p qolmadi. Bu fandan esa darak yo’q. Balki shoshqaloqlik qilayotgandirman,lekin ekologik muammolar global muammolar qatorida ekan, ekojurnalistning yaxshi kadr sifatidagi roli ham global masala deb o’ylayman

  18. Tadbirlar- universitet hayoti haqidagi ma’lumotlarni berib turadi.

  19. Nigora Eshqulova:

    O`ylaymanki ekologik madaniyatni, unga amal qilishni oildan boshlash lozim. Agar har bir oilada tabiatga bo`lgan e’tibor, uning imkoniyatlaridan, ne’matlaridan to`g`ri foydalanish o`rgatib borildsa, oz bo`lsada, bugun yuzaga kelayotgan ekologik muammolar o`z yechimini topa boradi.

  20. Nigora Eshqulova:

    Uzr, birinchi jumladagi oila va oxirgi jumladagi borilsa so`zlarida xatolik ketibdi.

  21. Malika Ruziyeva:

    Shunga o’xshash konferensiyalarda men ham o’z ma’ruzlarim bilan qatnashishni hoxlardim.

  22. O'tkir Jalolxonov:

    Universitetimizda shunaqa dabdabali tadbirlarning bo’lishi yoqimli.

  23. Õrol Hamidullayev:

    Yurtimizda bugungi kunda ekalogiyaga alohida etibor berilayotganini orol bo’yida olib borilayotgan ishlardan ham bilishimiz mumkun. Chunki bu yerda ekilayotgan turli tuman o’simliklar kislarotni tozalab berishga va sho’rlanishni oldini olishga qaratilmoqda.

Добавить комментарий для Zarina Sohibova Отменить ответ

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>