Ўқишга қабул: Биология факультети Сизни чорлайди!
ЎзМУ Биология факультетида ўқиганлар дармонда, ўқимаган армонда, дейди Дониш домла.
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI BIOLOGIYA FAKULTETIDA 2019-2020 O’QUV YILI UCHUN QABUL JARAYONI
Biologiya fakulteti Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti tarkibidagi eng keksa, obroli va nufuzli fakultetlardan biri hisoblanadi. Fakultet o’tgan asrning 30 — yillargacha fizika — matematika fakultetining bo’limi sifatida faoliyat ko’rsatgan. 1931 yildan boshlab esa universitetda alohida biologiya — tuproqshunoslik fakulteti tashkil etilgan. 2015 yildan biologiya fakulteti deb nomlangan.
Fakultetda hozirgi vaqtda 1000 ga yaqin talabalar tahsil olmoqda, shulardan 200 ga yaqini magistrantlardir. Ularga 100 dan ortiq professor-o’qituvchilar, shundan 5 nafar O’zR FA akademiklari, 25 nafar fan doktori va professorlar, 50 nafar fan nomzodi (PhD) va dotsentlar xalqaro talablar darajasida ta’lim berib kelmoqda.
2019-2020 o’quv yili uchun O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli hamda magistratura mutaxassisliklari bo’yicha Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Biologiya fakultetining qabul kvotalari
№ | Shifr | Ta’lim yo‘nalishi | Jami | Davlat granti asosida | To‘lov shartnoma asosida |
Kunduzgi ta’lim | |||||
1 | 5140100 | Biologiya | 130 | 20 | 110 |
2 | 5630100 | Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) | 50 | 5 | 45 |
3 | Agrokimyo va agrotuproqshunoslik | 40 | 15 | 25 | |
Jami | 220 | 40 | 180 | ||
Sirtqi ta’lim | |||||
1 | 5140100 | Biologiya | 50 | 50 | |
2 | 5630100 | Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) | 25 | 25 | |
3 | Agrokimyo va agrotuproqshunoslik | 50 | 50 | ||
Jami | 125 | 125 | |||
Belorussiya davlat universiteti (A.Saxarov nomidagi xalqaro davlat ekologiya instituti) bilan hamkorlikdagi ta’lim yo‘nalishlari | |||||
1 | Tibbiy ekologiya | 25 | 25 | ||
2 | Tibbiy-biologik ish | 25 | 25 | ||
Jami | 50 | 50 | |||
Magistratura mutaxassisliklari | |||||
1 | 5A140101 | Biologiya (fan yo’nalishlari bo’yicha) | 50 | 50 | |
2 | 5A140102 | Mikrobiologiya va virusologiya | 6 | 6 | |
3 | 5A140103 | Ixtiologiya va gidrobiologiya | 6 | 6 | |
4 | 5A140104 | Biotexnologiya | 6 | 6 | |
5 | 5A140105 | Biofizika | 6 | 6 | |
6 | 5A140106 | Biokimyo | 6 | 6 | |
7 | 5A140107 | Genetika | 6 | 6 | |
8 | 5A140108 | Zoologiya | 15 | 15 | |
9 | 5A141001 | Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo‘yicha) | 6 | 6 | |
10 | 5A141002 | Eksperemental agokimyo | 6 | 6 | |
11 | 5A630102 | Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) | 4 | 1 | 3 |
Jami | 117 | 114 | 3 |
ЎзМУ Ахборот хизмати
Сўнгги фикрлар