“5” БАҲОНИНГ НАРХИ ҚАНЧА?

Баъзан кўча-кўйда қулоққа шундай антиқа гап чалинади: “5” баҳонинг нархи қанча? “4”лик-чи? “3”лик-чи?

Ориятли мураббийлар бунақа гапдан ранжийди…

Баъзилари эшитишни ҳам истамайдилар.

Кўзи ўйнаб кетадиганлари ҳам йўқ эмас…

PR – жумоатчилик билан алоқалар фанининг муҳим шартларидан бири: ўзгалар фикрини эътибор билан тинглаш зарур!

Модомики, кимдир шунақа гап айтдими, уни ҳам эшитиш, ўз навбатида муносабат билдириш даркор. Ўзини эшитмаганга олиб кетавериш билан ҳеч қачон ижобий натижага эришиб бўлмайди!

Бирор хатолик бўлса, тузатиш керак!

Тушунмовчилик бўлса, тушунтириб қўйиш, англашилмовчилик бўлса, ойдинлик киритиш лозим.

Ушбу мавзуда ўтказилган “журналист суриштируви” натижалари билан тезорада танишиш истагида бўлганлар сайтимиздан узоқлашмасинлар.

Бир-биридан сермазмун фикрнома ёзаётган теран фикрли талабаларимиз – бўлғуси етук журналистларнинг бу мавзудаги мулоҳазалари (бу ҳам ижод!) ўша “журналист суриштируви”дан ҳам қизиқарлироқ бўлишига аминмиз.

Энг пурмаъно, эзгуликка хизмат қиладиган фикрнома ёзган талабаларга Дониш домланинг “атагани” бор, албатта!

ДОНИШ ДОМЛА

You may also like...

165 Responses

  1. Sevinch Norqobilova:

    Xudo xohlasa, 5 baho bilan yakunlaymiz, Donish domla)))

    • Сиз билимингиз, одобингиз, ижодий изланишларингиз, фаоллигингиз билан аллақачон «5»ни дўндириб қўйганингизга шубҳа йўқ!
      Бироқ, шундай фикритеран талаба сифатида кўча-кўйдаги ўша гапларга нима дейсиз? (Арзимас «шпаргалка»: шу даргоҳда таҳсил олишган ота-оангиз талабалик даврида баҳоларни қандоқ олишган экан?) Келинг, шу мавзуда ижодкор ота-онангиздан ўзига хос «журналист суриштируви» ўтказсангиз зўр иш бўларди-да! Оргинал фикрлар кутиб қоламиз.

  2. Сессия яқинлашгани сари бундай мавзудаги гапларнинг қозони қайнаши тайин. Барчамиз гувоҳмиз, ҳақиқатда устоз айтганларидек савол берадиган инсонларга дуч келиб турамиз. Деярли ҳамманинг оғзида бир гап «сессияга неч пул сарфлайсизлар»? Ундан кўра, ўқиш яхшими, қандай фанлар ўқитилади, қайси фанларга қизиқишингиз баланд, деб сўрашса суҳбат қизиқарли ўтиб, мақсадга мувофиқ бўларди.

  3. Farruxbek Abduhamidov:

    Juda ajoyib mavzu ko’tarilibdi. Bugungi kunda kadrlarimiz baho uchun emas aksincha o’zlarining mutahasisliklarini mukammal egallash uchungina o’qishlari darkor. Bu borada ,albatta, «tanganing ikkinchi tomoni ham bor » iborasiga to’htalsak, baho faqatgina sog’lom raqobat muhitini shakillantirish uchungina zarur deb o’ylayman. Lekin bugungi kunda jamiyatdagi bunday kamchiliklarning paydo bo’lishiga sababchi pedago’klarimiz sanaladi. Chunki pedagoklarimiz o’z vazifalarini chindildan ado etsalar, baho borasida bunday nohush holatlar uchramasa kerak. PR-jamoatchilik bilan aloqalar fanida ham aynan bir jihat mavhud bu bilmagan holda biror narsani targ’ib qilib qo’yish, yani «yashirin reklama» hozir bir domilla baho uchun o’z talabasidan pora olsa kelajakda bu yosh kadr o’z faoliyati davomida korrupsiyaga yo’l qo’ymaydi deb kim kafolat bera oladi ?

  4. Sevinch Norqobilova:

    Katta ishonch uchun rahmat, Ustozim! Uni albatta oqlayman.

  5. Sevinch Norqobilova:

    Siz bizni shunchaki yozishga, fikrlashga undayapsiz… Bu katta mukofot. Ammo bu holat kimlargadir erish tuyulishi mumkin. Sababi, ular fikrlashni istashmaydi… Biz esa doimo harakatdamiz. Intilyapmiz. Buning uchun «Uch ildiz.uz» faollariga minnatdorchilik bildiramiz…

    • Сиздек зийрак талабамга бугуннинг буюклари булган ижодкорлардан «журналист суриштируви» утказиб макола ёзишингизни кутишимни айтгандим. Ажойиб шоир дустларим хеч качон бахони сотиб олмагнини билганим учун айтгандирман… Топширикни бажаришингизни истайман…

  6. Gulhayo Odilbekova:

    Izlanuvchan talabalar uchun baho muhim bo’lmasligi kerak.

  7. Тўғрисини айтсам, баҳо учун ўқийдиган талабани ёмон кўраман. Рейтинг дафтарчасига қўйилган баҳо ҳеч нарсани англатмайди. Ҳақиқий баҳо ҳаёт давомида аниқлашиб бораверади ! Сизнинг керакли инсон эканлигингиз сизга касбий фаолият юзасидан берилган энг аъло баҳодир!
    Бундан ташқари, талаба қандай ҳаракат қилса, шунга яраша «ҳосил» олади. Демак, барчаси талабанинг ўз қўлида.

    • Сиз худди менинг талабалик йилларимни кургандек ёзибсиз! Бизнинг давримизда келажаги порлок шоир ва адиблар бахони писандга илмас, домлалар хам мазза килиб бизга «3»ни босиб бошликлари олдида кахрамонга айланаверарди…

  8. Baho yaxwi, lekin uning narxi yomonda.

  9. Aslida baho narxlanishi mutloqo noto’g’ri.

  10. Haqqoniy bilim hech qachon baho bilan o’lchanmaydi. Axir baho nisbiy narsa-ku to’g’rimi ustoz? Lekin u bizni harakat qilishga da’vat qilib turadi.

  11. Ota-onalarimiz o’qigan paytlarida hammasi haqqoniy va halol bo’lgan. Ammo hozirga kelib ayrim oliy o’quv yurtlarida vaziyat keskin o’zgarib ketdi. Ayrim talabalarning bahosi»5», biroq ular tanish bilish va pul yordamida erishilayotgan baholardir. Bora-bora insonda bunga moslashuvchanlik paydo bo’ladi natijada undan yaxshi kelajak, malakali mutaxassis yetishib chiqmaydi. O’sha kishi ustozimiz To’lqin Eshbekov ta’birlariga ko’ra »jamiyat dasturxoniga tushgan qurt»ga aylanadi. Albatta, ayrim ustozlar bor ularda faqat o’qibgina baho olish mumkin, ammo baribir biror yo’lini topishga harakat qiladilar. Menimcha »5» bahoni yoki bo’lmasa »4» ni halol o’qigan holda olish bilimli va harakatchan talabaga ko’proq mos keladi. Albatta, bilimlilar kam emas lekin yuqoridagi »qurt’larni hisobga olganda ko’proq yarashishini aytmoqchi edim. Nazarimda bunday nohaqlikka qandaydir chora ko’rish ma’qul

  12. Ha, aytganingizdek ko’cha-ko’yda har xil gap so’zlar yuradi: birov bunday deydi, birov unday deydi. El og’ziga esa elak tutub bo’lmaydi. Mayli kim nima desa-desin-u shunisi aniqki insonni baholab bo’lmaydi. Uning faoliyatinigina baholash mumkin. Shuning uchun Donish domlamiz aytganidek biz xudo xohlasa yetuk jurnalist bo’lishimiz kerak. Har xil ko’chadagi gap so’zlarga chalg’imaymiz bizning maqsadimiz aniqku? nima dedilaringiz?

  13. Sevara Uktamova:

    Bu mavzu yuzasidan qancha fikrlasak ham oz. Men ko’cha -ko’yda yoki tengdoshlarim davrasida talabaman desam bahoni qanchaga olayapsizlar degan gapni doimo eshitaman. Eng yomoni bizda bunday ,,tijoratchi » domlalar yo’q desam ular ishonishmay miyig’ida kulib qo’yishadi. Shunda o’ylap qolaman odamlar ongida bunday fikrlar paydo bo’lishiga biz talabalar aybdor emasmizmi? Agar talaba domlaga ,,uzatmasa» domla xech qachon so’rab ,,olmaydi» -ku

    • Севара, «odamlar ongida bunday fikrlar paydo bo’lishiga biz talabalar aybdor emasmizmi?» деган фикрингиз чиройли чиқибди. Ҳар бир одам айбни аввал ўзидан қидиргани маъқулроқ бўлади.
      Бироқ, «Agar talaba domlaga ,,uzatmasa» domla xech qachon so’rab ,,olmaydi» -ku» деган фикрингиз ғалати бўлибди. Ҳақиқий домлалар «узатган» талабанинг ўзини тегишли жойга «узатиб» юбориши ҳеч гапмас! Бунақасидан асрасин…

    • Sevara bunga o’zimiz yo’l qo’yib beryapmiz. Agar shunday vaziytlarda ularga to’gri qilib tushuntirsak, ahvol bunaqa emasligini, bunaqa domlalarga qarshi jazo choralari borligini tushuntirsak ular bu kabi fikrlarga bormaydilar.

    • Sevara bunga o’zimiz yo’l qo’yib beryapmiz. Agar shunday vaziytlarda ularga to’gri qilib tushuntirsak, ahvol bunaqa emasligini, bunaqa domlalarga qarshi jazo choralari borligini tushuntirsak ular bu kabi fikrlarga bormaydilar.

    • Farruxbek Abduhamidov:

      Xalqimizda bir ajoyib naqil bor «qars ikki qo’ldan chiqadi» demak baho borasida bunday fikrlarning kelib chiqishiga bir taraflama yondashish menimcha noo’rin. Qisman bo’lsada bu mavzuga aniqlik kiritish uchun jurnalistik tekshiruvni keng qamrovli qilib o’tkazaylik, buning uchun murabbiy To’lqin Eshbek aytgandek manaviy fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan ziyolilar qatlamiga ko’proq e’tibor qaratish lozim. Chunki o’zi biror joyda o’qimagan va o’qimaydiganlar bu mavzuga yuzaki yondashib turli xil mish-mishlardan kelib chiqan holda fikir bildirishlari mumkin. axir aytishadi-ku «tanasi boshqa dard bilmas» deb.

  14. Kimki harakat qilsa,u albatta mevasini ko’radi.Baho o’tkinchi,lekin hayot maktabidagi bahomiz doim a’lo bo’lib qolishini istardim.Keyinchalik talabalik davridagi «3»larni eslab yurishni o’zi ham bir baxt bo’lib ko’rinsa kerak!!!

  15. Yaqinda bir oliygohda o’qiydigan tanishim (oliygoh nomini sir tutaman) «Sizlarda besh baho qancha turadiyu to’rt bahoga necha pul berasizlar?»deb meni ichib turgan suvimga tiqiltirib qo’ysa bo’ladimi? xaligi joyda shunaqayam g’azabim qo’zib ketdiki, «A-xa! Demak sizlarda o’qituvchilar poraxo’r ekanda? Bizning fakultetimizda ustozlarimiz talaba necha bahoga loyiq bo’lsa, o’sha bahosini qo’yib berishadi. Ular talaba «3»olsa ham o’z bilimi bilan olsin»

  16. deyishadi. Bizda ustozlar pul olishmaydi» desam, » eee qo’ysangchi! olmaydigan domla yo’q bera olmaydigan talabalar bo’ladi » desa bo’ladimi! Men ham bo’sh kelmasdan «Bizga ustozlarimiz xarom va xalol luqmaning farqiga borishlikni shukrki,o’rgatishgan» degan javobim unga yetarli bo’ldi shekilli, har holda shu paytgacha hamma o’qituvchilarni poraxo’r deb o’ylab yurib qattiq adashgani uchun uzr so’radi…

  17. Internetda o’qigan edim: Inson miyasi 1 daqiqada 11 milliard bit(axborot o’lchov birligi) ma’lumotni qabul qilar ekan. Lekin o’sha ma’lumotning 40 million bitini o’zlashtirar ekan, xolos. Haqiqiy bilim pul bilan ham, baho bilan ham o’lchanmaydi. Agar inson miyasi o’zlashtiradigan 40 million bit ma’lumotning hech bo’lmasa 30-35 millioni ilm bo’lganida, balki bunday gap-so’zlar kundalik hayotimizda tez-tez quloqqa chalinmagan bo’larmidi.

  18. Ustoz, oldindan rahmat!!! bizga haqiqiy besh bahoning narxi qanaqa bo;lishini uqtirdingiz…

  19. Malika Ruziyeva:

    Hudo hoxlasa ishonchingizni oqlashga harakat qilamiz ustoz!

  20. Sir emas o’tkan uch semestr mobaynida ko’plab ustozlarning chig’riqlaridan o’tdik. Goh tan olish kerak yuqoridagi nojo’ya gaplarga aal mos’ ustozlarimiz’ ham yo’q emasdi. Shu mavzu o’qib baho un talashkanmanmi deb o’ylanib qoldim…

  21. Yuqorida xato ketgan so’z va jumlalar un kechirasizlar!

  22. Barnoxon Umarova:

    Shukurki 3 yil o’qib fakultetimizda bunaqa domlalarga duch kelmadim. Baho o’z yo’liga bilim olish o’z yo’liga. Muhimi hammasiga vijdonan yondoshmoq. Shunday ekan bahoni narhi bizga nima kerak?!

  23. Bunga muammo deb emas, masala deb qarash kerak. Nazarimda, talabaning bilimi bo’lsa unga narx qo’yilmaydi. Aksincha baholanadi.

  24. Baho uchun o`qiydigan talabadan yaxshi mutaxassis chiqish dargumon. Fikrimcha insonning qadri uning zachotkasidagi bahosida emas so`zlagandagi bir og`iz manoli gapida namoyon bo`ladi.

  25. Bundan chamasi 20 yillar oldin onam Samarqand Davlat Universiteti filologiya fakultetini tugatganlar. 30 yildan oshiq maktabda til va adabiyotdan dars berganlar. O’qituvchilik faoliyati davrida biror marta ham bu narsani men kuzatmaganman. O’zlari ham qoralaydilar. Agar shu mavzuda gap ketganda bir hikmatni doim takrorlaydilar: «Oltinni qancha ko’mib, loyqa suvga qorishtirib tashlasang ham u baribir oltin. Qiymatini hech qachon yo’qotmaydi. Ilmli kishi o’sha oltin kabidir». Biz 5 farzandmiz. Hammamizga ham xuddi shunday tarbiya berganlar.

  26. Odamzod shunaqa. Hamma narsani «baho»lashga urinadi. Bu kabi mish-mishlarga e’tibor berish kerak emas. Bunday insonlar nafaqat bahoni, hatto insoniy fazilatlarni ham sotib olaman deb o’ylaydi.

  27. Fazliddin Jo'rayev:

    Hozirgi davrda qaysi bahoga o’qish muhimmas. Yetuk mutaxassis bo’lish uchun ustozlarning pand-nasihatlariga rioya qilib, ular o’rgatgan sir-asrorlarni yoddan chiqarmaslik kerak. Shuningdek o’z ustida tinmasadan ishlashni kanda qilmaslik kerak.

  28. Энг катта баҳони ҳаётнинг ўзи беради. Сизнинг кимлигингизни факультетда олаётган баҳоингиз ҳеч қачон белгилаб бермайди. Айримлар гўёки «беш»га ўқиса, худди ҳамма нарсани биладигандек кеккаяди. Ваҳоланки билмайдики, у ўз бўйнига тушовни ортмоқлаганини. Сизга ҳақиқий баҳони яқинларингиз, дўстларингиз берсин.

  29. Men Buxorolikman Buxoroda bir nechta oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritadi. Unda bir qancha do’stlarim tahsil oladi, ularning ko’pchiligi sizlarda bahoning narxi qancha deb ko’p savol berishgan. Agar talaba ustozlar bergan vazifalarni o’z vaqtida bajarishsa muammo ninmada? Lekin guruch kurmaksiz bo’lmaydi shunday insonlar ham oramizda borligidan odamning ko’ngli o’rtanadi . Bundaylarni jamiyatimizdan yo’qotmog’imiz lozim. Bu ishda talaba yoshlar tashabbus ko’rsatishi kerak

  30. GAZETADA SHU MAVZUDA «TALABAGA QIYINMI YO DOMLAGA» SARLAVHALI MAQOLA O’QIGANDIM.MENIMCHA BA’ZI BIR NOTO’G’RI MISH-MISHLAR TUFAYLI SHUNAQA NOTO’G’RI GAPLAR TARQALIB KETGAN.

  31. «5» баҳони олиш учун ҳар куни 5 та китоб ўқиш керак! Баҳо ўткинчи, илм умрбодлик бойликдир.

  32. Sizdek insofli domlalar ko’payaversin.

  33. Qoyil! Aynan hozir aktual bo’lib turibdi…

  34. dunyoda har xil odamlar bor ustoz! Biroq, men shui aniq bilamanki, baribir yaxshi odamlar ko’p. Ba’zi ustozlar bir o’zi kirib bir bor talabaga bilim bermaydi, dars o’tmaydi. Lekin sessiya payti kelganda domlaligi esiga tushadi. Men ishonamanki, bizning fakultetimiz bunday domlalardan holi

  35. Biz bo`lajak jurnalistlar odamlarga baho pullanmasligini tushuntirishimiz va ijobiy fikr uyg`otishimiz kerak. Shunda bu kabu gaplarni eshitmaymiz.

  36. Haqiqatdan ham dolzarb mavzu.Ulug’bekni fikriga qo’shilaman.Ertaga katta hayotda yaxshi mansablarni egallaganimizda olgan bilimlarimiz as qotadi.»Har kim ekkanini o’radi».Biz uchun oliy darajada baho emas bilim turishi kerak.

  37. «Қачондан бери бир нарсани ўйлаб ўйимга етолмайман. Бу дунёда ҳамма нарса сотилади ва сотиб олинади, деган ақида билан яшайдиганлар Охиратни хаёлига келтирармикин? Ё у дунёга борганда ҳам шайтон билан тил бириктириб, дўзахга чап бераману, жаннатнинг энг гуллаган жойини сотиб оламан, деб ишонармикан? Шуларга ўзинг инсоф бер, Яртаган Эгам!» (Ў.Ҳошимов) Шу ўринда мухтарам устозларимизнинг берган таълимлари ва уларнинг олган билимларимизга яраша бераётган рағбатларини пул билан ўлчаб бўлмайди.

  38. Bugungi kunda ko’pchilik abituriyentlardan bir qiziq savolni eshitaman, ya’ni qaysi Institutda sessiyani pul bilan yopsa bo’ladi degan savolni. Qiziq bugungi kunda bizning Oliygohlarimiz shu ahvolga tushib qoldimi deb o’ylab qolasan kishi, lekin men kirgan Oliygohda bu holatga duch kelmaganim uchun mendan so’raganlarga unaqa emas deb qo’yaman (boshqa Oliy o’quv yurtlarini bilmasdan).

  39. 5 bahoga o’qiydimi 3 bahoga o’qiydimim talaba qanday qadr bolib bolib chiqishiga bo’gliq emas eng muhimi uning ozining sohasini sitqidildan ozlashtririb olish. Ustozlarga keladigan bolsak bunday yani bahoni olchaydigan ustozlar bizlarning fakultetda yo’q

  40. 5 bahoga o’qiydimi 3 bahoga o’qiydimim talaba qanday qadr bolib bolib chiqishiga bo’gliq emas eng muhimi uning ozining sohasini sitqidildan ozlashtririb olish. Ustozlarga keladigan bolsak bunday yani bahoni olchaydigan ustozlar bizlarning fakultetda yo’q

  41. Gulbadanbegim Do`stmurodova:

    Aslida o`z bilimiga ishongan talaba 5 ni ham , 4 ni ham , 3 ni ham o`z bilimi bilan oladi. 3 ga yopib turib ham 5 olgan talabalardan ko`ra bilimliroq , uquvliroqlarni ko`rib , guvohi bo`lyapmiz.

  42. Ayni talabalarni ko`nglidagi savollarga javob izlangani yaxshi bo`libdi. Talabaning o`ziga bergan bahosida bo`ladi.

  43. Oxirgi qo’yilgan mavzu katta muhokamaga aylanib ketdi. Ayniqsa, bugungi darsdan keyin hamma auditoriyada ayta olmagan fikrlarini bayon etishayapti. Bu mavzuimiz juda dolzarb, negaki bu ham o’quv tizimimizga bo’lgan axborot xurujidir. Biz shunday mayda masala bo’lib ko’ringan, aslida esa katta masalalarga asos bo’lgan xurujga qarshi kurashish birinchi navbatda biz bo’lajak jurnalistlarning vazifasidir!

  44. Maxfirat Jumanova:

    Bahoning nisbiyligi bu aniq narsa . Lekin oramizda bahoni doim birinchi o`ringa qo`yadigan tengdoshlarimiz topiladi. Ular uchun bilim maskani ziyo, bilim tarqatuvchi joy emas aksincha, kim o`zarga o`yinini o`ynash maydoni.

  45. Maxfirat Jumanova:

    Mening ota-onamning aytishlari bo`yicha baho olish ular o`qigan davrda bilimlilar uchun oson, yil davomida bekorchilik bilan shug`illangan talabalar uchun esa qiyin bo`lgan ekan.)))

  46. Jamoatchilikda hamma narsani pul bilan xal qilish mumkin degan fikrning paydo bo’lishi, hamma narsaga narx belgilashlari bizning katta mag’lubiyatimiz. Narxi bor narsa o’z qimmatini yo’qotadi, qadrsizlanib boradi. Avvallari ota-onalarimiz, ajdodlarimizda bu holatlar bo’lmagan-ku, nega biz bunday vaziyatga befarqmiz?

  47. Menimcha, bugungi yoshlarda o’zlariga ishonchni shakllantirish kerak. O’z bilimiga ishongan, doimiy intilib, vazifalarni o’z vaqtida bajaradiganlar bahoning narxi xususida hattoki o’ylab ham ko’rmaydilar.O’shanda bunday holat kuzatilmasmidi…

  48. Malika Ruziyeva:

    Ko’pchilik talaba uchun baho muhim emas muhimi bilim deyishadi. To’g’ri lekin, talaba uchun qo’yilgan yaxshi baho uni ruhlantirib yana yaxshi o’qishga undashini ham esdan chiqarmaylik.. Bahoni albatta pul olib emas talabaga qo’shimcha darslar berib baholashi ham mumkin!

  49. Baho nisbiy narsa. U insonning qandayligini yoki bilim darajasini hech qachon belgilamaydi.

  50. Hozirgi kunda bankda menejer bo’lib ishlayotgan bir tanishim bilan shu mavzuda suhbatlashdim. U univetsitetni 8 sessiyani ham «qayta topshirish»da yopib tugatgan ekan. Hatto biror domlasiga pul tutgani tugul, undan pul talab qilgan domlani ham eslay olmaydi. Demak bahoning «baho»si haqidagi mish-mishlar uning va bizning fikrimizcha haqiqatdan ham uydirma.

  51. Ustoz ajoyib mavzu va ushbu maqola uchun katta rahmat!!!

  52. Farruxbek Abduhamidov:

    Hayod doimo harakada, bir zum to’hdadingmi tamom, tepkilab ketadi. Afsuski shunday paytlarda insonni bunday vaziyatlardan qachonlardir olgan 5 bahosi emas, aksincha o’z hayoti davomida to’plagan bilim bazasi yordam beradi.

  53. Gulhayo Odilbekova:

    Menimcha hayotda ma’lum bir tanlagan pazitsiyasi bo’lmagan talabagina baho borasida o’ylashi mumkin. Insonga eng yaxshi baho bu unga nisbatan bildirigan fikir deb o’ylayman.

  54. Hayotda baho ro’l o’namaydi.O’qishga o’qish uchun,baho uchun kelish kerak emas.Uqish uchun kerak.Baho qog’ozda qolib ketadi.Olingan bilim esa miyada qoladi.Ota-onam shifokor.Ularni bilimlarini ta’riflashga til ojizlik qiladi.Ular oliy o’quv yurtlarini o’z kuchlari bilan a’lo baholarga bitirishgan.

  55. Gapingizda jon bor ustoz.Ba’zi joylarda eshitib qolaman «Pul olmaydigan domlani o’zi yo’q,pul berolmaydigan talaba bor»degan gaplarni.Nahotki ko’chadagilar domlalar va talabalar haqida shunday o’ylashsa?Siz aytgandek aybni o’zimizdan qidirishimiz kerak.Shu gaplarni ham bizga o’xshagan talabalar chiqarishganku.Ularni kasriga biz qolishimiz kerakmi?Bizning fakultetimiz Universitetimiz miqyosida eng oldi faxri hisoblanadi.Bizda unaqa domlalar yo’q,unaqa domlalarga joy ham yo’q.

  56. Oliygohga kirmasimdan oldin «5» bahoni faqat pul bilan olinadi deb o’ylardim,lekin adashgan ekanman o’qigan intilgan talabaga ustozlar befarq bo’lmas ekan.Besh bahoni narxiga kelsak o’zim oqigan Qorako’l litseyida ham bizni viloyat universiteti BuxDU da ham bahoga pul degan gap yo’q!Lekin ba’zi bir talabalar o’zi loyiq bo’lmagan bahoni so’rashadi,shunday talabalarga oldin harakat qil keyin baho so’ra degan bo’lardim.

  57. Fayoz Achilov:

    Bu metod tez kunlarda o`zining ijobiy natijalarini ko`rsatishiga shubha yo`q

  58. Pokiza Turdaliyeva:

    aslida chiqur intilish va yuqori darajadagi olgan bilimlarimiz bir aksi halos bu baho!
    bunday bo’lishiga biz talabalar o’zimiz sabab bo’lishiz va shunga ko’nikib qolishimiz juda yomon!

  59. Shohista Shahobova:

    ba`zi o`quv yurtlarida bahoni pulga olarkan deb eshitganman. Viloyatdagi dugonalarim sizlarda 5ni qanchaga olishadi degandi. Ana endi javob topdim. Ilm olishga intilgan barcha talabalar albatta o`z bahosini oladi, ayniqsa ijod qilganning bahosi 5dan kam emas

  60. Ustoz maqolangiz talabalarni ancha junbushga keltirdi. Ichida saqlab yurgan gaplarini ochiq oydin yozishmoqda.Maqolangiz uchun rahmat.

  61. O’z vaqtida o’qib, fanlarni o’zlashtirgan talaba uchun bahoning ahamiyati bo’lmaydi! Chunki u o’zi uchun kerakli ma’lumotlarni olgan bo’ladi-da!

  62. 5 Baho bilan hech kim boyib qolmaydi. Muhimi o’rtamizda mehr-muxabbat aslo yo’qolmasin.

  63. Viloyatga yo’lga tushsam odatda yo’ldagi hamroxlar bilan suhbatlashib ketamiz. ular o’qishimni bilgach birinchi beradigan savoli «o’zingiz kirdingizmi yoki pul bilanmi?» bu albatta jahlimni chiqaradi. Xudoga shukurki so’nggi yillarda davlat test imtihonlaridan faqat bilimi borlargina o’tishmoqda. Baho, Bu kabi holatlar va gap so’zlarni ko’p eshitamiz. Muhimi bilimga bo’lgan ishonch. Shukurki bizni fakultetimizda bahoni pullaydigan domlalar yo’q.

    • «Shukurki bizni(нг) fakultetimizda bahoni pullaydigan domlalar yo’q». Жуда тўғри фикр! Сайтимизда ушбу мавзуни кузатиб бораётган республикамиздаги барча таълим муассасалари талабалари ҳам ўзлари таҳсил олаётган ўқув даргоҳлари ҳақида ёруғ юз билан шундай фикрлар айтишса (ҳатто сайтимизда ёзишса!) бу ҳақда ортиқча гап-сўзга ҳожат қолмасди. Етишиб чиқаётган кадрларимиз ҳам шунга яраша бўларди! Олам ила жонажон Ўзбекистонимиз янада бебао гулистонга айланарди! (Бу мавзуда сўз юритишдан мақсадлардан бири ҳам шу!)

      • Ustoz gapingiz juda to`g`ri Fakultetimiz domlalari ichida bahoni pullaydiganlar yo`q.Shundan juda ham quvonaman, lekin negadir meni bu gapimga ko`cha — ko`yda ishonmaydilar. Nahotki, pul olmaydigan domlalardan iborat Fakultetning borligi afsona bo`lsa? Shunga juda hayronman.

      • Тўғри айтсиз устоз. Айни шу мавзу мулоҳазага қўйилгандан бери мени ҳам шу ўй хаёлимдан кетмаяпти. Бунга ойдинлик киритиш мақсадида вилоятдаги дўстларимни ҳам сўроққа тутиб кўрдим. Буни қарангки, Андижон вилоятида мавжуд Олийгоҳларнинг бирортасида ҳам бу каби миш-мишларга ўрин йўқ экан. Ҳар бир талаба ўқиб, изланишларига яраша рағбатланаркан.

  64. Дангаса талабагина домлага пул таклиф қилади.Истеъдодлилар учун 5 хам, 2 хам катта ахамиятга эга эмас. Чунки улар хаётда ўз ўринларини албатта топадилар.Кўлида калами бор талаба бугун олмаган бешини эртага албатта 10 килиб олади. Кечаги учрашувдан хурсанд бўлдим.Фарзандлартмиз биздан кўра кучли ва билимли эканига яна бир кара ишонч хосил қилдим.Биринчи гурухда истеъдодлилар куп экан.Иккинчи гурухда ухлаб утирганларни(афсуски ухлаётган кизлар хам бор эди) куриб битта журналист урни хайф бўлганидан хафа булдим.

    • Узр, иккинчи партада ўтирган қиз ухлагани йўқ эди. Бироз тоби бўлмаётган эди, унга дарсдан кетишига рухсат берсам, Шарофиддин Тўлагановдек устоз журналист билан учрашувни ташлаб кета олмайман, деб туриб олди. Дарсдан сўнг ўзим поликлиникага олиб боришдим. Ҳозир унинг саломатлиги жуда яхши. Айнан ўша талаба қизимиз ва бутун гуруҳидаги талабалар Сизни яна дарсимизга (амалий машғулотга) таклиф этмоқда!

      • Ustoz sizga iltimosim bor, Bizga o`rnak bo`la oladigan, o`z ishini ustasi bo`lgan jurnalistlar bilan ko`proq uchrashuvlar tashkillashtirsangiz.

        • Жуда яхши таклиф! Албатта ижро этамиз. Бундан ташқари 4-босқичда барчангизни вазирликлар ва бошқа ташкилотларнинг ахборот хизматларида ташкил этилган Маҳорат мактабларига олиб борамиз.

    • Biz talabalar ham kechagi uchrashuvdan juda xursand bo`ldik. Vaqtingizni ajratganingiz uchun rahmat!

  65. Шошган шайтонни иши дейишгани тўғри экан. Шошиб нотўғри хулоса чиқариб юборибман. Муносабатни ёзишдан олдин маслахатлашсам булар экан.Бемор қиздан ва сайт мухлисларидан узр сўрайман.Худо шифо берсин.Хар холда четдан борганларга аудиториядаги вазият яққол кўзга ташланар экан.Бепарво талабаларнинг хатти-харакати ташқаридан борганларга салбий таъсир кўрсатади.Келажакда хамма талаба ташриф буюрган мехмонларга эътиборли бўлади деган умиддаман.

    • Ҳақиқий устоз журналистнинг гапи бундоқ бўлибди!
      Шу ўринда яна бир гап, наздимда, айнан ўша 2-гуруҳдагилар Сизни кўпроқ саволларга «кўмиб» ташлашди шекилли. Баъзиларининг ўтириши, ўзини тутиши масаласига келсак, ўзи ижодкор журналистлар шунақа илҳомланиб ё паришонхотирдек ўтиришларини яхши биласиз-ку. Матбуот анжуманларида ҳамкасбларимизнинг ўтиришларини бир кўз олдингизга келтиринг…

  66. Insonga eng muhim bahoni uning ikki yelkasida o`tirgan farishtalarning to`ldirgan amal daftariga ko`ra OLLOHning o`zi beradi.OLLOHning yaxshi bahosi uchun inson kurashsa,U hayotning ham oliy bahosiga erishadi. Talabani ham Domlani ham Ollohning o`ziga baholashini Bahoni pullaydiganlar bilib qo`yishsa yaxshi bo`lar edi.

  67. menimcha bularning barchasiga pulning quli bo’lganlar sababchi

  68. Bu bugungi kunda ayni haqiqat. Hech bir narsa bilan bu haqiqatni rad etib bo’lmaydi. BIz xoxlaymizmi, yo’qmi, ba’zi domlalar baholarni narxlab qo’yishibdi. Talabalar esa bu narxlar bilan savdolashishga majbur. Afsuski, ana shunday ayanchli haqiqqatlar ham bor.

  69. Baho albatta nisbiy tushuncha, ammo miyamizda yig’ayotgan bilim manbaimizni hech qanday pul bilan o’lchab bo’lmaydi. Ustoz biz talabalarni shunchalik dangasalik botqog’idan tortyapsizki, zotan yaxshi natijalrning guvohi bo’lmoqdamiz. buning uchun katta rahmat!

    • Ўз навбатида азиз талабаларимиз ҳам бизни росмана ишлашга ўргатаётганидан мамнунман. Шу сайтни очганимдан буён икки карра кўпроқ ишлашимга тўғри келаётганини ва бунинг самарасини ҳамма кўриб турибди. Фақат, шу яхши ишларимизни ёмон кўзлардан, ғаламислардан, бузғунчи битлардан асрасин…

      • Fikrdan fikr tug’iladi deganlari ayni haqiqatdir.Ustoz sizdan yana bir iltimos eng ko’p bahsga sabab bo’lgan maqolalarni belgilab,o’sha mualliflardan yana ko’plab maqolalar bersangiz,biz ham ulardan bilim va ko’nikmalar olsak nur ustiga a’lo nur bo’lardi!

  70. Shahnoza Abdukarimova:

    Баҳони қайсидир маънода гуруҳга нисбатан устоз қўйиши мумкин. Лекин бу баҳонинг ўзи ҳам асли — нисбий бўлади, менимча! Чинакам баҳони инсонга вақт ва ҳаёт беради. Факультет имтихонларида қўллаб юборувчи Дониш Домлаларимиз борку-я, бироқ, ҳаёт имтиҳонларига пухтароқ тайёргарлик кўрайлик! Самарқанд саёҳатини эса орзиқиб кутамиз!

  71. Hayotda eng muhimi baho emas uning hayotdagi o’rnidir!!! Talabalar iqtidorining bahosi pul bn emas haqqoniy baholansagina xar bir kasbni mukammal egallashimiz mumkin !

  72. Bu sayt bizni bilimizni yanada charxlamoqda! Siz bir dengiz kabi mahoratli jurnalistsiz! Xudoxolasa biz talabalaringiz sizning irmoqlaringiz bo’lib siz kabi cho’qqilarga erishamiz!!! Buning uchun sizdan minnatdormiz!!!

  73. qars ikki qo’ldan chiqadi albatta, hech qachon bilimsiz kadrlar yetishib chiqishida o’quv tizimi yo bo’lmasam tajribasiz o’qituvchilarni ayblab bo’lmaydi biz o’zimiz harakat qilsak o’qtuvchilarimiz qo’llab quvvatlab, bilmaganlarimizni o’rgatib, biz yoshlar bilan tajriba almashishsa menimcha bir birimizdan norozi bo’lmaymiz o’shanda

  74. Ko’tarilgan mavzu shunchalik dolzarb ekanki, mana ko’pchilikning e’tiborini, qiqqatini tezda tortdi va turli-tuman, qiziqarli bahslarga sabab bo’lmoqda. Ushbu maqolani taqdim etgan ustozimizga minnatdorchilik bildirgan holda biz ham ularga o’xshab samarali ijod qilishga harakat qilamiz. Bizning ham mashqlarimiz el nazariga tushgay, Inshooloh!

  75. Donish domla axir siz biz uchun shu saytni ochdingiz va bor harakat va qilgan ishlaringiz faqt biz uchunku to`g’rimi? Baribir sizga rahmat!

  76. Biz oldinlari bir kun tugul bir haftada ham biror narsa qoralashimiz amirmahol edi. Hozirda hech bo`lmaganda bir kunda bir marta «Uchildiz.uz» saytiga kirmasak bolmayapdi, chunki biz hech bo’lmasa oddiy bo`lsada komintariy yozib kiyin uxlashga odatlanib qoldik. Undagi maqolalarni o`qib bizda ham harakat qilish holatlari anchayin sezilib qoldi USTOZ!

    • Устознинг мақсади — шогирдини ўзидан ҳам юксакроқ чўққиларга олиб чиқишдир. Шунга муносиб шогирдимни кўриб турганимдан мамнунман.

  77. Ustooooooooooooz biz albatta besh bahoning narxi qancha deb emas, besh bahoning qadri qancha deya harakat qilayapmiz!

    • Сиз Юрт, Ватан гулзори ҳисобланмиш олий таълим чаманига ҳақиқий муносиб илм толиби экансиз! Қадр нелигини билган қадрли бўлади! Яшанг!!

  78. Madina Akbarova:

    Menga 4 ham bo’laveradi

  79. Mohira:

    Baho emas bilim muhim yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqsh kabidir

  80. Sizga o’xshagan jonkuyar fidoiy ustozlarimiz soni oshsin

  81. Bilim olish istagidagi talaba uchun baho muhim emas, aksincha qancha ko’p ilm va izlanishda bo’lsa bas, shuni o’zi unga yetarlidir.

  82. baho nisbiy va u uchungina o’qish g’irt be’manilik.

  83. Agar xozirdan baho pul bn olinsa kelajak avlodning holati qanday bo’ladi? ??? Bu kabi be’manigarchilik uchun kurash olib borish kerak

  84. Farruxbek Abduhamidov:

    Agar 5 bahosiz kelajakda buyuklikka erishib bo’lmaganda edi, Beruniy, Farobiy, Navoiy kabi buyuk alloma va mutafakkirlarimiz yetishib chiqmagan bo’lardi. Bu buyuk shaxslar baho olmasdan ilim o’rgangani hech kimga sir emas. Biz ham ajdodlarimizga munosib voris bo’lib, ilimni pullayotgan talaba va ustozlarni tak toiri bilan qo’pormog’imiz lozim.

    • Фикрингиз жуда тўғри!
      Узоққа бормайлик, факультетимизни сўнгги 35 йил мобайнида тамомлаб кетган ва таниқли адиб, шоир ҳамда публицист даражасига етган кўплаб ижодкорларни шахсан биламан. Уларнинг аксарияти баҳога талашмаган. Биз талаба бўлган йилларда домла билан баҳо талашиш тушунчаси ҳам йўқ эди… Шахсан ўзимга ҳам (саволига жавобимни эшитмасдан) негадир «3» баҳони қўйиб ташлайверганлар… У даврда битта «3» тушдими, бир семестр давомида стипендиядан тамомила маҳрум бўлардик…
      Қизиғи, ўқиса-ўқимаса фақат «4» баҳо олган баъзи ҳамкурсларимиз журналист бўла олмадилар. Уларни ҳатто зиёли сифатида бирор жойда ишлаётганини ҳам эшитмадим…

  85. KAMOLIDDIN KHAMDAMOV:

    ДОНИМ ДОМЛА БАҲОНИНГ НАРХИ ҲАҚИДА ЁЗИШНИНГ ЎЗИ КАТТА ЖАСОРАТ!
    БУНДАЙ МАҚОЛАЛАР КЎПАЙСАН АНЧА САМАРАЛИ НАТИЖАЛАРГА ЭРИШГАН БЎЛАР ЭДИК.
    АЙНИҚСА, ҲАММА НАРСАНИ ПУЛГА ЧАҚАДИГАН «УДДАБУРОН»ЛАРНИНГ «5» БАҲОНИНГ ҚАНЧАЛИК ҚИММАТ ЭКАНЛИГИ ЭМАС, БАЛКИ МАШАҚҚАТЛИ ВА КАТТА МЕҲНАТ ТАЛАБ ҚИЛИШИНИ БИЛИБ ОЛИШЛАРИГА КАТТА ҲИССА ҚЎШГАН БЎЛАР ЭДИК…

    УЗР ДОМЛАЖОН!
    СИЗДАН ХАТО ТОПМОҚЧИ ЭМАСМАН.
    БИРОҚ, УСТОЗИДАН ЎТМАГАН ШОГИРД, ШОГИРД ЭМАС, ДЕГАН ИБОРАГА АМАЛ ҚИЛГАН ҲОЛДА ҚУЙИДАГИ КИЧИК ХАТОНИ КЕЛТИРИБ ЎТИШНИ ЛОЗИМ ДЕБ ТОПДИМ:

    Ушбу мавзуда ўтказилган “журналист суриштируви” натижалари билан («тезорада») танишиш истагида бўлганлар сайтимиздан узоқлашмасинлар.

    «тез орада» ДЕБ ЁЗИЛГАН БЎЛСА КЕРАК. БАЛКИ ТЕХНИК НОСОЗЛИКДИР.
    НИМА БЎЛГАНДА ҲАМ ХАТОНИ ТЎҒИРЛАБ ҚЎЙСАНГИЗ, МАҚСАДГА МУВОФИҚ БЎЛАРДИ, ДЕБ ЎЙЛАЙМАН.

  86. KAMOLIDDIN KHAMDAMOV:

    ДОНИШ ДОМЛА БАҲОНИНГ НАРХИ ҲАҚИДА ЁЗИШНИНГ ЎЗИ КАТТА ЖАСОРАТ!
    БУНДАЙ МАҚОЛАЛАР КЎПАЙСА АНЧА САМАРАЛИ НАТИЖАЛАРГА ЭРИШГАН БЎЛАР ЭДИК.
    АЙНИҚСА, ҲАММА НАРСАНИ ПУЛГА ЧАҚАДИГАН «УДДАБУРОН»ЛАРНИНГ «5″ БАҲОНИНГ ҚАНЧАЛИК ҚИММАТ ЭКАНЛИГИ ЭМАС, БАЛКИ МАШАҚҚАТЛИ ВА КАТТА МЕҲНАТ ТАЛАБ ҚИЛИШИНИ БИЛИБ ОЛИШЛАРИГА ЎЗ ҲИССАМИЗНИ ҚЎШГАН БЎЛАР ЭДИК…

    УЗР ДОМЛАЖОН!
    СИЗДАН ХАТО ТОПМОҚЧИ ЭМАСМАН.
    БИРОҚ, УСТОЗИДАН ЎТМАГАН ШОГИРД, ШОГИРД ЭМАС, ДЕГАН ИБОРАГА АМАЛ ҚИЛГАН ҲОЛДА ҚУЙИДАГИ КИЧИК ХАТОНИ КЕЛТИРИБ ЎТИШНИ ЛОЗИМ ДЕБ ТОПДИМ:

    Ушбу мавзуда ўтказилган “журналист суриштируви” натижалари билан («тезорада») танишиш истагида бўлганлар сайтимиздан узоқлашмасинлар.

    «тез орада» ДЕБ ЁЗИЛГАН БЎЛСА КЕРАК. БАЛКИ ТЕХНИК НОСОЗЛИКДИР.
    НИМА БЎЛГАНДА ҲАМ ХАТОНИ ТЎҒИРЛАБ ҚЎЙСАНГИЗ, МАҚСАДГА МУВОФИҚ БЎЛАРДИ, ДЕБ ЎЙЛАЙМАН.

  87. Sevara Uktamova:

    Ustoz men ham bu savolni ota — onamga berganimda, otamdan bilimli inson xech qachon bahoga e’tibor bermaydi degan javobni eshitdim. Dadam ham vaqtida talaba bo’lganlar 4 yil davomida guruh sardori bo’lgan ekanlar l.n doimo o’z bilimlariga tayanganlar. Shu tufayli bizga ham doimo ,, O’qi , tingla va o’rgan» deydilar. O’zlari ham hozirgacha o’z sohalari bo’yicha turli xil kitoblar mutoalsidan charchamydilar.

  88. Sevinch Norqobilova:

    Avvalo, jurnalistik surishtiruv biroz kechikkani uchun uzr so’rayman.

    • Сувни ҳам тинитиб ичадилар! Катта мавзуда шошма-шошарлик кетмайди. Сиз кечикмадингиз, билъакс, ибратли фикрлар қаймоғини олишга интилдингиз. Ҳақиқий «журналист суриштируви» шундоқ бўлади. Сизга фақат омад тилайман!

  89. Sevinch Norqobilova:

    Biz so’z egasimiz. Bir insonning hayotini emas, bir necha insonning hayotini yashab o’tamiz. Oddiy odamlar esa faqat bir hayotni- o’zlarining hayotlarini yashab o’tishadi…
    Biz o’zimizga, kasbimizga xiyonat qilolmaymiz. Bunga haqqimiz ham yo’q! Agar baho uchun o’qisak avvalo o’zimizga, bashariyatga, butun koinotga xiyonat qilgan bo’lamiz. «5» bahoning narxi- bilim, tafakkur, intilish! Azizlar, baho uchun emas, bilim uchun o’qiylik!

  90. Sevinch Norqobilova:

    Ota-onamdan farzand sifatida emas, jurnalist sifatida savollarimga javob oldim… Aytishlaricha, ular o’qigan paytda bunday holat umuman kuzatilmagan ekan. Hech qaysi fan uchun ortiqcha harajat qilishmaganligini aytishdi. O’sha paytda buvajonim va buvijonim oddiy bir maktabda oddiygina o’qituvchi bo’lib ishlashgan. Tabiiyki, ortiqcha harajat qilishning ham iloji bo’lmagan… Mana o’sha haqqoniylik natijasida ota-onamni bugun dunyo taniydi. Men ular bilan faxrlanaman!

    • Яшанг! Гўзал жавоб бу ёқда экан-ку! Улар шундай улуғ даражага қандоқ эришганини кўрдингизми? Ана шу ибратли йўлни давом эттиришларингиз учун бу мавзуда сўз юритяпмиз.

  91. Sevinch Norqobilova:

    O’zim esa maktab, litseyda ham biror marta qaysidir fan uchun pul deymizmi, porami bermaganman. Vaholanki, Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti qoshidagi akademik litseyni ham Qizil diplom bn bitirganman. Shu kun hayotimning eng quvonchli kuni. Sababi , kichik harakatlarim katta yutuq bn taqdirlangan edi. Universitetda ham shunday. Hammasi ko’ngildagidek! Kursdoshlarim qatorida mening ham arzimas mehnatlarim taqdirlanyapti. Bu bizga berilgan imkoniyat, Baxt sari intilishdir!

    • Ҳам устоз, ҳам ота-онангиз — улуғ ижодкорлар эканидан фахрлансангиз арзийди. Улардан ушбу мавзуга муносабатларини интервью қилиб ёзишингизни кутяпмиз…

  92. » bahoning narxi qancha» bu jumlani boshqa oliygohda, boshqa fakultetda ishlatishlari mumkin lekin bizning jurnalistika fakultetda emas

  93. Яхши сўз ҳам садақа. Аммо сўзда адашиш хавфи ҳам бор. Ҳаракат қилаверайлик-чи. Ўзи тўғри йўл кўрсатар.

  94. Talabalar domla yozgan gaplardan xato izlaguncha, o’zlari to’g’ri yozishni o’rganishsa bo’lardi.

  95. Talabalar domla yozgan gaplardan xato izlamasdan, avvalo o’zlari to’g’ri yozishni o’rganishsa bo’larmidi?!

  96. Mening fikrimcha, darslarga muntazam qatnagan, ustoz bergan vazifalarni o’z vaqtida bajargan talaba a’lo bahoga munosibdir. Hammasini vaqt ko’rsatadi.

  97. Odam baho uchun o’qisa o’z yo’lini yo’qotib qo’yishi mumkin.Menimcha o’qishni necha baho bilan tugatishimizmas,kim bo’lib tugatishimiz muhimroq.Ustozlar sabog’ini olgan yaxshi kadrlar hech qachon el nazaridan qolmaydi!

  98. 150 ta fikr yozaman deb shuncha kishilarning maqolasini o’qib o’zimning maqolamdan uyalib ketdi. Juda zo’r istedod egalarini uchildizda ko’rdim.

    • Мана Сиз теран фикрлашингиз ила сайтимизнинг асл мақсадини тўғри тушундингиз! Ҳамма шундай тўғри хулоса чиқарса нур устига аъло нур бўларди.

  99. R.Tagor adabiyot hammani hamjixatlikda qalblarni birlashtiradi deydi. Uchildiz ham bizni birlashtirdi Donish domlaga rahmat aytib hayrli tun va sog’lik tilayman.

  100. Sevinch Norqobilova:

    Bu mavzuda oylab, yillab tortishish mumkin. Bu avvalo har bir insonning vijdoniga bog’liqdir!

  101. Sevinch Norqobilova:

    Ustozjon, Siz bn shu mavzuda suhbatlashib, jurnalgami yoki gazetagami bersam maylimi? Bu haqda barcha oliygoh talabalari va ustozlari bilishini xohlayman…

  102. Mavzu dolzarb, shu bilan birga munozaraga boy!

  103. Sevinch Norqobilova:

    Albatta))

  104. To’ppa-to’g’ri baho nisbiy narsa. Shu nisbiy narsa uchun yelib yuguradiganlar ham talaygina

    • Улар гоҳо итга суяк ташлагандек кималарнидир ишга солгани чатоқ-да… «Фалончига бундоқ баҳо қўйинг» деб гапираётган кимсанинг юзига қарасам, худди суяк ғажиётган итга ўхшаб кўринади…

  105. Одатда «мен баҳо учун ўқимайман» деганларга айнан фақат баҳо керак бўлади. Бу гап эса бир ниқоб. Афсус гуруч курмаксиз бўлмаганидек, хаётда ҳам иккиюзламачилар бор. Бундайлар билан бир ҳаводан нафас олишни ўзи оғир. Нима бўлганда ҳам инсофни ўзимизга берсин. Бу дунёдаги барча амалларимизни жавоби бор.

    • Битта гапингизга, аниқроғи сўзингизга ўзгартириш киритсам: «Нима бўлганда ҳам инсофни ўзимизга берсин» эмас, балки, «Нима бўлганда ҳам инсофни ўзларига берсин», яъни ўшаларга инсоф берсин, десангиз тўғрироқ бўларди.

  106. Yuqoridagi fikrlarni ko’rib yana bir fikr kelib qoldi.Maktabdagi,litsey yoki kollejdagi,oliygohdagi baholar hamma hammasi o’tkinchidir.Yashaverganimiz sari HAYOT o’zi bizning bahomizni beradi.Ana shunda haqiqiy bahomizni olamiz.Kimdir o’qish jarayonida kimnidir orqasidab baho olgan,yoki pul berib olgan bo’lsa bahosini hayot uning puliga ishongan odamiga qarab o’tirmidiku to’g’rimi?Hayotda hamma o’zi uchun oilasi uchun yashaydi.O’qish jarayonida «nb»lar kechirilishi mumkin.Lekin hayotda emas.Hayot shunday beshavqatki o’z ishingni vaqtida qilmaseng,o’zi senga bahoni qo’yib beradi.Talabalar safidan chetlanishdan ham yomoni odamlar safidan chetlanishdit.Shuning uchun oliygohda sohta baholarni olishdan ko’ra,hayotda haqiqiy baholarbi olishga harakat qilaylik.

  107. Domla uzr firklarimda so’zlarimda harflar noto’g’ri ketib qolibdi.

  108. O’z o’zimizga savol bersak yaxshiroq bo’lardi.»Besh bahoning narxi qancha»emas, «olgan biliming qancha» deb.

  109. Ustoz, baho uchun o`qiyotgan talabalar meni fikrimcha, talaba emas. Ular faqat o`zlarini o`ylaydigan xudbin insonlardir.

  110. Baho uchun o`qimaylik, O`zbekistonni kelajagini ravnaq toptirish uchun harakat qilaylik. Shunda bu kabi gap so`zlar bo`lmaydi.

  111. BU BILIM YURTIGA BAXO OLISH UCHUN YOKI BILIM KIRAK EMAS DEB KILGAN BOLALAR ADASHIBSIZLAR KILAJAKDA BAXO SIZNI KILAJAGINGIZNI XAL QILMAYDI SHUNI YODAN CHIQARMANGLAR BUGUNGI KUNDA BISHNING ORTIDAN QUVIB YURGAN TALABALARNI KUTSAM ACHINISH KUZI BILAN QARAYMAN NIGAKI BIZ BUYIRG ABILIM OLISH MAQSADIDA OT-ONAMIZ YUBORGAN BAXO OLISH UCHUN EMAS

  112. SHUNAQA BAXO ORTIDAN QUVGAN DO’STLARIMNI KO’RIB ESIMGA 4 MISRA SHE’R KILDI
    NECHUN BOSHING EGIGK
    KO’ZLARINGDA G’AM
    NECHUN NIGOXINGNI TORTADI TUPROQ
    MENING YER USTIDA DO’STLARIM KAMDIR
    MENING YER OSTIDA TANISHLARIM KO’P

  113. Zaynura lekin bilimi bor talabani taqdirlash har bir ustozning burchidir.Lekin kimlardir domla dars o’tsa ham tushinmagan,bilmagandan keyin domlalarga pul taklif qilishadi.Yoki odam qidirishadi.Bunda domlalarni aybimi?Kim pul tikkan yoki taklif qilgan bo’lsa o’z ayblarini bilishsa yaxshi bo’lar edi.Hech qachon domla sessiyada mening bahoyim shuncha turadi demaydi.Pul taklif.qilgab talabalarni talabalar safidan chetlatish kerak.Xudoga shukurki bizning fakultetimizda unaqa domlalar yo’q,talabalar ham))).

  114. «Бахо учун пул», менинг фикрим: Аллох инъом этган миямиз, бу билим учогидир. Биз ушбу билим учогини уз мехнатимиз, укишимиз, изланишимиз, уз устимизда ишлашимиз самарасида тупланган, Инсонийлик, Ватанпарварлик рухидаги билимлар билан тулдириб борсак, биз етук инсон деган номга хамда Оллохнинг олий неъматига сазовор буламиз. Ахир Ватанга, халкка халол хизмат килиш, оиладаги таълим тарбия барчаси пул билан эмас, балки миядаги мавжуд акл яъни олинган билим асносида амалга оширилади. Бахо эса бу мияда мавжуд билимга, акл-идрокка билдириладиган муносабат деб биламан. Бахо учун пул бериш, мияни озукасиз,буш колдириш демакдир,бушлик эса «ЖАХОЛАТ» уммонига гарк булиш билан баробар. Мадомики шундай экан, аввало пул берувчиларни эмас, «бахо учун пул» олувчиларни бартараф этсак, шунда пул берувчилар уз-узидан чулдаги мевасиз дарахт каби кувраб йук булиб кетадилар.

    • Сиздек фикрлайдиган зиёли ёшлар қанчалик кўпайсалар, тиниқ сувнинг катта оқими лойқани сиқиб чиқаргани мисол шунақа иллатлар лойқаси ўз-ўзидан камайиб, пировардида йўқ бўлиб кетади. Бунақа лойқалар кейнгайишига, жамиятимиз маънавий, илмий, маданий юзига қора тортилишига асло йўл қўймаслигимиз лозим.

  115. «5» баҳога ўқишнинг ўзи энг аъло баҳога лойиқдир. Баҳони пул билан ўлчаб бўлмайди. Домла жуда қизиқ ва долзарб мавзуда сўз юритган. Бу баҳсни қанча давом эттирсак арзийди.

  116. Биз талаба давримизда бунақа гаплар йўқ эди. Эндигина мустақил ҳаётга қадам қўяётган талаба ўша харом-харишга ишлатмоқчи бўлган пулига китоб олиб ўқиса, умри адабий беш бўлмайдими!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>