Оила билан кўриб бўлмайдиган томоша ёки бизни “думалатган” уятсиз гаплар

Танқид мана шундай безавол ва залворли бўлиши керак, дейди Дониш домла бўлғуси журналистларга им қоқиб.

Вам может также понравиться...

Ответов: 10

  1. Zamon o’zgarishi bilan birga kulgilarning mavzusi ham o’zgarib bormoqda. Chet eldan kirib kelgan bu «KVN» ni hazm qilish qiyin bo’lmoqda. Oldinlari qiziqchilarni miriqib oilaviy o’tirib tomosha qilar edik. Hozir esaaa. Ustoz san’atkorlar bunday zamonaviy kulgularni ko’rsaaa. «Essiz san’atimiz», — degan bo’lar edi.

  2. Kulguning eng rivojlangan davrlaridan biri bu Xojiboy Tojiboyevning hayotlik davriga to’g’ri keladi. Ul zot kulguni hayotdan, bizning o’zimizdan olib gapirgan, hozirgilar esa «chegara» ni buzib o’tmoqdalar. Yangi avlod qiziqchilarida, ayrimlarida, qiziqchilik etika — estetikasi unutilib ketmoqda. Odob — axloqqa umuman e’tibor qilmayapti. Bu esa oilaviy dam olishni «beliga tepmoqda». Shunday «bachkana» gaplar qiladiki, uyalgandan yerga kirib ketasan kishi.

  3. juda yaxshi mavzu. hozirgi kunda juda kòplab sòz ustalari shu yòlni tanlab olishgan. Nega deganda xalq ichidan olib kuldirishga ularning aqli ham farosati ham yetmaydi

  4. Ha, maqolada aytilgan gaplar o`rinli. Haqiqatdan ham bugun yumor, hajviyadan mutloq xabari yo`qlar bemalol sahnaga chiqib, ommani o`zining «sovuq urgan» hazillari bilan kuldirishga intilishmoqda. O`ylab qolaman, nahot kulgi deganda ba`zilar og`izga kelgan jumlani bir-ikki chayqab, uloqtirish deb tushunsalar?!

  5. Feruza Xayrullayeva:

    Mavzu yaxshi. Tanqid ham. Undagi berilgan va berilishi kerak bo’lgan savollar ham. Adashmasam, bu maqola facebook ijtimoiy tamog’ida tarqalgandi. Lekin, maqola maqolaligicha qolib ketmasaydi deb qo’rqaman. Bu huddi yong’in payti yong’inga qarshi qo’llanmani keltirishdek bo’lib qolmasligi uchun harakat qilish kerak. Muallif ham, biz ham. va albatta «O’zbeknavo» ham. Toki kulgi deganda tutanishdan keyin qolgan «kul»nimas, samimiy «kul» deyishlarini eslab tabassum qilaylik.

  6. Qayumova Sabohat 2-bosqich talabasi:

    Kulgi bilan davolash, kulgi bilan kamchiliklarni tuzatish, ayblarni berkitish, o`rinli hazillar bilan davrani «qizdirish» mumkin. Biroq bu kansert tashkilotchilari va ishtirokchilari, qolaversa, yana qator boshqa jamoalar ham o`z chiqishlarida bu kabi mavzuga keng o`rin bermoqdalarki, oxiri qanchalik ochiq-oydin bo`lib ketishini taxmin qilish qiyin emas.
    «Sahnada turib aytilayotgan uyatsiz, beparda so`zlarga zalni boshiga ko`tarib, xoxolab kulayotgan insonlar: ular orasida xotin-qizlar ham bor, yoshi katta-kichiklar ham…» Darhaqiqat, masalaning eng muhim jihati ham shu. Ayniqsa, yosh bolalar borligi. Hozirdanoq uyat, andisha, or-nomus tuyg`ulariga berilayotgan bu kabi «zarbalar» keyinchalik, tuzatib bo`lmas axloqiy, tarbiyaviy jarohatlar yetkazmay qolmaydi.

  7. Madina Akbarova:

    Paradoksni qarangki, o’sha yerda o’tirgan katta yoshli, o’rangan ayollar ham qoyib kulishmoqda. «Million» jamoasining konsertini tomosha qilish jarayonida bunga guvoh bo’ldim. Uyatsiz gaplar hech kimni hali «avtoritet» qilib qo’ymagan. Aksincha, bachkanalikdan boshqa taassurot uyg’otmaydi sog’lom aqlli kishida.

  8. Ha mayli konsertga tushib kuldiz endi shu so’zlarni unitvoring yo’q biz unday qilmayapmiz, so’zlarni yodlab olib bir-birimizni ustimizdan kulishda foydalanamiz, ko’cha. kalidor xattoki jamoat joylarida baqirib takrorlaymiz shu narsalarni to’xtatmasak to’tiga aylanib qolamiz.

  9. Hamma narsaning chek chegarasi bor. Kuldiryapman deb juda bachkanalashib ketmaslik kerak. «KVN» dagilar bo`ladigan gapni ham bo`lmaydigan gapni ham gapiryaptilar, vaholangki u yerda o`tirganlar ham mazza qilib kulishyapti. To`g`ri gaplarini ochiq- oydin aytmasdan boshqacha aytganda «qog`ozga o`rab» gapiryapdilar lekin bu yaqqol bilinib turibdi. Kulgi umrni uzaytiradi lekin bunday bachkanalik bilan emas.

  10. Jumamurodova Muyassar:

    Me’yor. Hamma narsada me’yor mavjud. Jumladan, kuldirishda ham. Kuldirishim kerak ekan deb og’izga kelgan turli xil gaplarni aytaverish ham to’g’ri emas.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *