ЎзМУда 27 нафар фан номзоди докторлик диссертациясини ҳимояга олиб чиқмоқда
Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университетида фаолият кўрсатишаётган фан номзоди ва доцентлар талабаларга таълим-тарбия бериш билан бир қаторда илмий тадқиқотларини ҳам изчил давом эттирмоқдалар.
ЎзМУ Ахборот хизматидан хабар беришларича, шу кунгача улардан 27 нафари турли мавзуларда докторлик диссертацияларини ёзиб тугалладилар.
– Ҳар бир олий таълим муассасасининг нуфузи – унинг илмий салоҳияти билан белгиланади,– дейди ЎзМУ ректори Шуҳрат Сирожиддинов.– Шул боисдан ўқув даргоҳимизда аввало илмий тадқиқотлар олиб бориш учун барча зарур имкониятлар яратилган. Университет Ахборот-ресурс марказида интернет тармоғига уланган компьютерлар орқали тадқиқотчилар дунёнинг исталган илмий муассасаси билан ҳамкорлик ўрнатиш имконига эгадир.
Маълумот ўрнида айтиш мумкинки, бугунги кунда докторлик диссертациясини ҳимояга тайёрлаётган педагог ходимлардан ташқари ЎзМУда катта илмий ходим-изланувчи босқичининг 1-курсида 36, 2-курсида 38, 3-курсида 44 нафар тадқиқотчилар илмий тадқиқотлар олиб бормоқдалар. Шунингдек, мустақил тадқиқотчилар ҳам ўз мавзулари устида тинмай изланмоқдалар. Улар 1-курсда 32, 2-курсда 39, 3-курсда 29 нафарни ташкил этади. Моҳиятан олиб қаралганда, бу йил ана шу ёш тадқиқотчиларнинг 70 дан ортиғи докторлик диссертацияларини ҳимояга олиб чиқишлари кутилмоқда.
Юқорида қайд этилган рақамларнинг барчаси фан докторларига айланган тақдирда ЎзМУнинг илмий салоҳияти қай даражада бўлишини тасаввур этишнинг ўзи мароқлидир.
kun.uz
albatta bunday ulug` ustozlardan ta`lim va tarbiya olish biz talabal;ar uchun sharafdur
Biz buday uztozlardan saboq olayotganimiz bilan doimo faxrlanamiz va ana shu ustozlar izidan borishga harakat qilamiz
Axborot resurs markasi nafaqat o’qituvchi va murabbiylarni balki biz kabi yoshlarni ham uzluksiz kerakli malumotlar bilan taminlab kelmoqda.
Quvonarli xabar. biroq uning «kun.uz»dan olib berilishi biroz ko’ngilni hijil qiladi. Ya’niki, «kun.uz» «uchildiz» dan olganida boshqacharooooq bo’lardimikin?…
Milliy Universitet hamisha òzining ilģorligi bilan ajralib kelgan. 27 nafar ustozilarimiz nomzodlik disertatsiyalarini a’loga himoya qilishlarini tilab qolamiz.
Мамлакатимиз нафақат спорт балки, илм борасида ҳам ўз салоҳиятини дунёга намоён қила олади.
O’ZMUda shu paytga qadar ko’plab olim va professorlar yetishib chiqqan, qolgan ustozlarga ham ularni yo’lini tilayman
Yetakchi universitetda ta’lim berish albatta katta mas’ uliyat talab etadi. Mana shunday ustozlardan ta’lim olib kelajakda sohamizning yetuk kadrlari bõlishimizga ishonaman!
Ilm-fanga yangilik kiritilishi yaxshi. Ajoyib yangilik sifatida qabul qilamiz.
– Ҳар бир олий таълим муассасасининг нуфузи – унинг илмий салоҳияти билан белгиланади,– дейди ЎзМУ ректори Шуҳрат Сирожиддинов.– Шул боисдан ўқув даргоҳимизда аввало илмий тадқиқотлар олиб бориш учун барча зарур имкониятлар яратилган.
Haqiqatda to’g’ri.
Ilm yo’li og’ir va mashaqqatli. Faqat halol mehnat qilgan sabrli insongina bu yo’ldagi turli qiyinchiliklarni yengib o’ta oladi. Shunday fidoyi ishga bel bog’lagan ustoz-u toliblarga omad tilab qolaman.
Bu xabarni o’qib shunday oliy maskanda ta’lim olayotganimizdan faxrlanamiz. Biz talabalar ham kelajakda ustozlarimiz erishgan natijalardan ko’prog’iga erishaylik!
Shu darajaga yetish uchun qanhadan-qancha marralarni zabt etishgan ustozlarimiz. Haqiqatdan ham biz mana shunday ustozlardan ta’lim-tarbiya olganimizdan faxrlanamiz. Ilohim bizga ham ulkarning yo’llarini berishsin/
indon hech qachon ilm olishdan chekinmasligi kerak. Hamisha o`z ustida ishlagan insongina ko`plab yutuqlarni qo`lga kirishimi mumkin
Biz talabalarga ham kelajakda ustozlarimizni yo’lini bersin.
Ustozlarimiz ushbu dissertatsiyani yaxshi himoya qilib olsalar kelajak avlod uchun bilim manbaini yetkazishda munosib hissa qo’shgan bo’lar edilar.
Ustozlarimiz ushbu dissertatsiyani yaxshi himoya qilib olsalar kelajak avlod uchun bilim manbaini yetkazishda munosib hissa qo’shgan bo’lar edilar. Ustozlarga omad tilab qolaman.
Barcha ustozlarimizga omad tilagan holda kelgusi ishlarida muvaffaqqiyat tilab qolamiz. Kelajakda sizlardan ibrat olib, yo’lingizni davom ettirish nasib etsin.
Yetuk ustozlarimiz kabi biz ham shunday yutuqlarga erishib yuraylik! Doktorlik dissertatsiyalarini yoqlash bizga ham nasib qilsin.
Beshikdan to qabrgacha ilm izla deyishgan dono xalqimiz.Õylab qarasam mana shunday hikmatli sõzlarni bilim yõlida õzlarini kõrsata bilgan yuqoridagi ilm fidoyilariga õxshagan insonlar yaratishar ekan
Ustozlarimizga omad tilaymiz
Aynan shu xabarning davomini, ya’ni natijalarini ham kutib qolamiz. Desertatsiya mavzulari ham bizga juda qiziq. Ular haqida ham keyinroq ma’lumot berasiz degan umiddaman
Bizga ham nasib qilsin!
Bizni fakultetdan kimlar bor ekan?
Talabalarga ta’lim berishdan charchamagan professor va boshqa o’qtuvchilarga o’z minnaddorchiligimizni bildiramiz. Hamisha soģ va salomat yurishsinlar.