Vijdon

Yo asling kabi ko`rin, Yo ko`ringaning kabi bo`l.

Qamoqxonadagi eng xilvat joy shu yer edi. Aksaryat mahbuslar odam oyog`i yetmagan bu xilvatlikka qadam qo`yishni also istamas edilar. Bu mahbus esa qamalganidan buyon kunini shu yerda o`tkazardi. Vijdon azobi uni ich-etini kemirar edi. Bazan nafasi qisilib, og`ir so`nish olardi. Tushlarida o`sha mashum kunni ko`rib, butun vujudi olov bo`lib yonardi. Bunday o`ylar mahbusni bir lahzaga bo`lsada tark etmasdi.

Vijdon azobi shu ekan-da! Nahot, kichik xatoyim uchun shuncha azob! U bu ishni atayin qilmagandi. Qizaloqni o`ldirish xayolining bir chetida ham yo`q edi. Yonidan chiqib qolmaganida bu voqealar bo`lmasdi…

Bundan o`n oylar chamasi og`ir muhtojlik uni qiynab qo`ydi. Yengil hayotga o`rganib qolgani uchun ham o`g`rilikka tushish rejasi uni ko`pam havotirga solmadi. O`g`rilikka tushasan. Olasan. Ketasan. Xamirdan qil sug`urgandek oson. Birdan qarshisida paydo bo`lgan qizaloq unga uzoq tikilib qoldi. Chamasi, nima bo`layotganini fahmlab ulgurmagandi.

Qizchaga tegmasam ham bo`lardi. Go`dak-ku. Qo`lidan nima ham kelardi. Shoshib qolgach go`dakni qanday qilib itarib yuborganini o`zi ham bilmay qoldi. Hammasi shu qadar tez sodir bo`ldi. Keyin bildi. Qizcha o`sha joyning o`zida jon bergan ekan.

 

Biz insonlar goho niqobda yuramiz. Atrofdagilarimiz bizni faqat yaxshi tomonlarimizni ko`rsin-da. Niqobni yechganimizda esa o`zimiz bilan o`zimiz qolamiz. Aslida meni qanday inson ekanligimni yaqin do`stim ham bilmasligi mumkin. Hatto onalar vaqti kelganda o`z farzandini taniy olmayapti-ku. Meni do`stim qanday tanisin. Bundan hijolat chekmayman. Sababi do`stimning ham yuzida menikiga o`xshash niqobi bor. Faqat bitta narsa niqob bilan hisoblashishi mumkin. Vijdon!

Vijdoni qiynalmagan kim bor! Vijdon yolg`izlikni yaxshi ko`radi. Yolg`iz qolganimizda u qalbimiz tubida cho`kib yotgan eng alamli xotiralarni qalqitib yuboradi.

Qalbimiz tubidagi bu alamli xotira vijdonimizni bir chetidan kemira boshlaydi. Bu tanaga juda kuchli og`riq beradi. Og`riq natijasida yuzimizdagi niqobni qanday yechkanimizni o`zimiz ham bilmay qolamiz.

Rumiy yozganidek:

Yo asling kabi ko`rin,

Yo ko`ringaning kabi bo`l.

 Ra’no Salimova,

O`zMU Jurnalistika fakulteti talabasi

Вам может также понравиться...

Ответов: 2

  1. Mavzu yaxshi sarlavhasi yoqdi. Menimcha boshida va oxirida qo’llangan Rumiyning gaplari sarlavhaga mos tushmagan. Chunki Birinchidan gap vijdon haqida ketyapti. Ikkinchidan, xohlaymizmi yo’qmi bu hayotda hammada niqob bor (farqi kimdadir kam kimdadir ko’p. Keyin ijobiy va salbiyligi). Uchinchidan vijdon niqobi bordayam, yoqdayam bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin. Menimcha, «vijdonni tishi yoq ammo tishlaydi» degan maqol ishlatilsa ham o’rinli bo’lardi. Taxminimcha maqola muallifi hayotlarida niqoblilardan ko’p qiynalganlami deyman. Ming vijdon haqida gapiray desalayam yurakdagi dard ustun bo’lib chiqavergan. Yutuq tomoningiz sarlavha yaxshi. Mavzuyam yaxshi, faqat mavzu vijdon xulosa niqoblilar haqida bo’lib qolgan. Shu uchun bu mavzuni o’qimasdan, chetlab o’tolmadim. Bu faqat meni shaxsiy xulosalarim edi. Ijodingizga omad va muvaffaqiyatlar tilayman Ra’noxon!

  2. «Mavzuni sarlavhasi uchungina butun maqolani o’qibsizmi, men maqsadimga erishdim»- deb o’ylayman. Bir qarashda Rumiyning gapi maqola mazmuniga mos emasdek ko’rinishi mumkin. Ammo yaxshilab e’tibor berilsa, maqolaning asl mohiyatini Rumiy shu ikki og’iz gapida aytib o’tib ketgan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *