Ayol mehri
Ҳақиқий математик аввало нафис ижодкор бўлишини ёш қаламкаш Nazira Abdumurod qiziнинг машқларидан ҳам англаш мумкин, дейди Дониш домла.
Ayol, birinchi navbatda, mehribon ona, mushfiq singil, vafodor rafiqa.
Ayol go`zal xilqat, nafosat malikasi, oila farishtasi… Bunday ta’riflarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Ana shunday oliy va ezgu maqomga ega bo`lgan ayollarga ming bor ta’zim qilsak arziydi.
Ayollar ana shunday hurmat va ehtiromga loyiq.
Ular kunni kun demay, tunni tun demay oilasi, farzandlari, vatani ravnaqi uchun jonini fido qilishga tayyor. Juda ko`p yozuvchi va shoirlar ayollarga madh bitishgan. O`z asarlarida ularni qahramon qilib ko`klarga ko`tarishgan. Hazrat Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy singari shoirlar ayol go`zalligi, nafosati, latofatini madh etib, go`zal ash’orlar bitishgan. Sohibqiron Amir Temur ham ayollar sharafiga oliymaqom qasrlar bunyod etganlar.
Mamlakatimizda ayollarimizga yuksak hurmat va ehtirom ko`rsatish ulug` qadriyat sanaladi. Xususan, har yilning 8-mart sanasi ayollar bayrami sifatida nishonlanishi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Ayollar matonat ramzi sifatida ulug`lanar ekan, shu o`rinda “Nomus va hayo timsoli” sarlavhali rivoyatni keltirib o`tishni lozim topdik.
O`zbek ayolining iffat-u hayosi, or-nomusi azaldan tillarda doston bo`lib kelgan. Tildan tilga ko`chib kelgan rivoyatni balki siz ham eshitgandirsiz?
Emishki, qadim zamonda yurtimizga bostirib kirgan bosqinchilar ozodlik uchun bosh ko`targan isyonchilarni qatl etmoqchi bo`lishibdi. Vatan uchun ko`ksini yovga qalqon qilgan ne-ne o`g`lonlarni dorga tortishibdi. Shunda ular qatorida yurt erkini asramoqchi bo`lgan bir ayolni ham dor ostiga olib kelishibdi.
Qatl maydoniga kelayotganida, bexosdan ayolning etagi yerdan chiqib turgan bir qoziqqqa ilinib, yirtilibdi. Ayol soqchilarga yuzlanib, bir qatim ip bilan igna berishlarini so`rabdi. “O`zi bir necha daqiqalik umring qolgan bo`lsa, igna-ipni nima qilasan?” deya so`rashibdi undan.
Ayol: “Shu paytgacha nomusimga dog` tushirmay yashadim. O`limim oldidan ham, o`limimdan keyin ham badanimni nomahramlar ko`rishini istamayman’’, degan ekan.
Uning bu latofatli so`zlaridan lol qolgan bosqinchilar ta’zim bajo aylab, ozodlikka chiqarib yuboribdi…
Nazira Abdumurod qizi,
Matematika fakulteti mexanika yo`nalishi 2-kurs talabasi
Сўнгги фикрлар