Haqiqat farzandi va erk kuychisi

Talabalar ijodidan

 шахноза

Yurtimiz tinch .Osuda hayot bag’rida istiqlol atalmish buyuk ne’matning lazzatidan bahramand bo’lib yashamoqdamiz.Ammo vatanimizning yaqin o’tmishiga bir nazar tashlasak,umuman teskari holatning guvohi bo’lamiz.Yurtimiz osmoni mustamlakachilikning qora bulutlari bilan qoplangan davrni hatto tasavvur qilishga qo’rqamiz .O’z erki qo’lida bo’lmagan inson qanday yashashi mumkin?! Bugungi kunda insoniyatning fikrlari,ma’naviyatini tutqunlikda tutilishini hazm qilolmaysan kishi: Lekin eng achinarlisi— bizning ajdodlarimiz anashu tutqunlikning azobini tortishgan. Momolarimiz,bobolarimiz bot-bot takrorlagan :,,Shu kunlarga yetkazganiga shukur” , qabilidagi gaplarning mag’zini tushunib yetaman.

Ozodlik bayrog’I yurtimiz osmonida hilpiragunga qadar ne-ne odamlarning qoni to’kilmagan deysiz!Vataniz osmonidagi ko’lankani surib,erk quyoshini porlatish uchun umrini fido qilganlar orasida Cho’lpon ham bor edi. Otash qalbiga qul bo’lgan ijodkor o’z

yurti taqdiriga befarq qarash mumkinmi axir?! Albatta, yo’q! Cho’lpon ham haqiqatning o’tkir qalamini tutib ,faqat va faqat haqiqatni kuylaydi.Bosqinchi xalq boshida zaharli qilich o’ynatib turgan paytda millat mustaqilligi to’risida qayg’urish katta bir jasorat talab qilinardi albatta.Darhaqiqat , adabiyotshunos domla Ozod Sharafiddinov aytganlaridek:,,Cho’lpon haroratli ayni paytda ,nihoyatda hassos qalbi nozik va shu boisdan bo’lsa ajab emaski,qo’rqmas san’atkor edi.’’

Erk kuychisining ijodida asosiy g’oya hurlikni toptovchilarga otashin nafrat,millat ko’ngliga munojat tarzida yangraydi.Bazan ko’ngilga murojaat qilib ,millatni erksizlikka qarshi kurashga chorlaydi.Shoir qullikni tananing kishanlaridan emas ,ruhning zarjirband-

ligidan boshlanishini bilgani uchun ko’ngilga murojaat qiladi.Ijodkor har bir ijod namunasida ijodining bosh g’oyasi – erk va hurriyatninbaralla kuylaydi. Xo’rliklarga , zo’ravonliklarga bardosh berolmaydi.:

,,Mo’minlarning oq vijdoni, iymoni

sham so’nganday tinsizgina so’ndimi?

deya qalbi isyon ko’taradi.

Xalqimizning yaqin o’tmishidagi taqdiri zo’ravonlar qo’lida edi.Hatto o’lik tanlarga ham o’t qo’ygan, go’dakning joninida tig’ga ildirgan xunrezlar bosqini bizning tariximiz hisoblanadi.Tarixdan esa ko’z yumib bo’lmaydi.Cho’lpon qalami bilan tariflagan ayanchli tarix ko’p ma’noda bizlarga saboqdir.Shoirning she’rlaridagi go’yalar bizga istiqlolni sevishni,qadirlashni o’rgatadi. Ko’nglimizda vatanga, hurriyatda muhabbat uyg’otadi.

,,Hayvonlarga ,insonlarga

zolim ega bo’lmay qolmas

faqat erkin vijdonlarga

ega bo’lmoq mumkin emas,,

Shoir o’z hayoti misolida bu haqiqatni isbot etadi.Millat erki yo’lida shahid bo’ldi.Vijdoni qarshisida sobit tura oluvchi Cho’lponni bosh egdira olmagach ,mustamlakachilar jismonan yo’q qilishga qaror qilishadi.Cho’lpon va uning safdoshlari istiqlol quyoshining hayotbaxsh quyoshidan baxra ololmadilar. Ammo istiqlol yo’lida shaxdam qadam tashlab berish baxtiga musharraf bo’lishdi.Biz, istiqlol farzandlari ulardan abad-ul abad minnatdormiz.Bu minnatdorchiligimiz isboti sifatida , Cho’lpon singari mustaqillik me’morlari otib tashlangan,muqaddas qonlari to’kilgan yerda ,,Shahidlar xotirasi ‘’yodgorlik majmuasi qad rosladi.O’zbek xalqi nafaqat uning boy ijodiy merosi balki ibratli hayoti bilan ham faxrlana oladi.

Aziz tengdoshim ! Biz ul zodlarning munosib vorisi bo’lishimiz kerak. Zero ularning ozodlik yo’lida to’kilgan qoni biz uchun muqaddasdir!

Shahnoza Toshquvvatova

O’zMU Xorijiy filologiya fakulteti  1- kurs talabasi

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *