Qarang sabolarda bahor nafasi

Talabalar ijodidan

Гул

Qarang sabolarda bahor nafasi,
Dilni hapqirtirdi sog’inchli diydor.
Nurafshon yuzlarda shodlikning sasi,
Quvonchga to’ldirdi takror va takror.
Qarang sabolarda bahor nafasi!

Yuksak cho’qqilar-la cho’g’ishgan ufq
Boshiga qo’ngandek misli gulchambar.
Ko’kni xo’rlantirdi alamli mushfiq
Hasrat-la sochildi borliqqa anbar.
Yuksak cho’qqilar-la cho’g’ishgan ufq!

Shamollar qilmoqda bulutga ta’na,
Eng so’ngi hazonni silaydi mahzun.
Erklikka chorlaydi yana va yana,
Takroran tug’ilsa bag’ishlar fusn.
Shamollar qilmoqda bulutga ta’na!

Erinmay chertmoqda kiprikni yomg’ir,
Halovat yo’qoldi oshiq dillarda.
Aybga qolgandek visoldek faqir,
Soyabon tutibon ayri qo’llarda.
Erinmay chertmoqda kiprikni yomg’ir!…

Qarang saharlarda bahor nafasi,
Ko’z ochdi mo’lsirab eringan yaproq.
Bo’rtilgan kurtakda iforning sasi,
Bezabon toshlarga bergandek saboq.
Qarang saharlarda bahor nafasi!

Рамазон

Ramazon Boymurzayev,

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Rus tili va adabiyoti (o’zga tilli guruhlarda) 114-«b» guruh talabasi

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *