To`ylardagi mish-mishlar
Toʻydan keyin “hovlidagi toʻy”. 400 kishi yeydi-ichdi, qarsak chaldi, raqsga
tushdi, tabrikladi. Hamma asta-sekin tarqala boshladi. Har ikki tomondan ham eng yaqin qarindoshlar qoldi, ular toʻyxonadan chiqib, toʻy egalarining uyiga qarab yoʻl olishdi. Duo-salom qilib, chimildiq marosimlarini oʻtkazib, jimgina tarqalishsa boʻladi-ku? Yoʻq, nega ekan, axir ularni yana bir “toʻycha” kutib turibdi-ya! Toshkentda toʻyxonadagi dabdabali toʻydan keyin hovlida bo’lmasa ham domlarda ham shov-shuvli musiqalar yana oʻyin-kulguni davom ettirish urfga kirib boryapti. Yana kamida yigirma kishiga atalgan dasturxon yoziladi, yana bir ijodiy guruh diskini tayyorlab turadi, ular kelin-kuyov eshikdan kelishi bilan yor-yor aytadi. Yana boshidan yeb-ichar, kuyovning doʻstlari uchun lezginka… Qachondan paydo boʻldi bu ortiqcha toʻylar?
Biz o‘zbekona emas balkim chet eliklar kabi ish tutmayabmizmi. Ha aytgancha xattoki to‘yxonalarni nomi chet davlat tillarda yozilgan »Grand hall, Avvalon, Sulaymon sulten’’ turli hil gaplardan ko’ra, o’zbekona nomlardan qo’ymasin. Toʻydagi “kelinsalom” Odatdagidek “kelinsalom” marosimidan koʻpchilik voz kechib, toʻy bilan bogʻliq xarajatlar anchayin ixchamlashayotgan edi. Yoʻq, orzu-xavaslilar bu chiroyli odatimizni birdaniga yoʻqotishni istashmadi, shartta nikoh toʻyiga koʻchirib qoʻya qolishdi. Bu albatta, har tomonlama qulay. Sanʼatkorlar bor, quda tomon shu yerda, ziyofat ham tayyor. Biroq qiz tomondagilarga yengillik yoʻq. Ular baribir oldi-berdini joyiga qoʻyishga majbur. Qaynonaga tuya koʻrpa, qaynopaga qimmat choyshab, bola sacharlarga o‘yinchoq-qoʻgʻirchoq… oʻylab koʻrsangiz, palon pulga “salom aytarchilar”ni yollab kelasiz, ular esa kelinchakni oʻrtaga qoʻyib, amaki-togʻani salomga chaqiraverib, mast-alast kishilarning pul qistirishini kutadi… xoʻsh, bu mehmonlaringizga chiroyli koʻrinarmikin? Na u yoqlik, na bu yoqlik kelinsalom kerakmi sizga? Axir qudangizga necha marta sarpo qilish mumkin? Qudachilik rishtalari ming yilga tuziladi, berganini qaytarishga hali ulgurasiz! Limuzinlar, jiplar korteji. Bu “orzu-xavas”ni koʻproq yigit va uning doʻstlari oʻylab topadi. Bir tanishimiz yolgʻiz boshi bilan oʻgʻlini uylantirdi. Ona shoʻrlik dasturxon toʻlsin, kam-koʻstim bitsin, deb shaharning toʻrt burchiga yuguradi, kuyov boʻlmish esa doʻstlari palon million soʻmga mashinalar kortejini toʻyona qilganini maqtanib oʻtiribdi. “Doʻstlaringiz bilan gap oʻynagan ekansiz, hech boʻlmasa yarmini bering, oyingiz restoranga toʻlab kelsin” desam, “kelinga 6 ta Jip, bitta Limuzin olib boraman, deb vaʼda berganman, soʻppayib bitta mashinada borsam, hamma ustimdan kulmaydimi”, deydi. Uylanayotgan yigitlar, qachon ulgʻayasiz? Toʻgʻri, bugungi kun sizniki, unda chinakam qahramon boʻlishni istaysiz. Lekin ertaga qoʻlingiz koʻrmagan pulni doʻstlaringizning toʻylarida qiynalib qaytarayotganingizda, oʻshanda shuncha pulni kerakli narsaga sarflasam boʻlarkan, deb attang qilib qolasiz. Chunki, kelinning koʻchasiga kirolmay, tor koʻchalarda ortiga qayrilolmay qoladigan vahimali, 3 soatgagina yollangan mashinalar hayotingizda hech bir foydali oʻzgarish yasay olmasligini tushungan boʻlasiz. Alam qiladigani, kortejingiz birortaning yodida qolmaydi. Oʻzingiz qaysi toʻyda qaysi kelin-kuyov qancha va qanday mashinada kelganini eslay olasizm. Oq koʻylak xuddi ayrim kuyovlar mashinalar kortejini gʻurur ramzi deb bilganlaridek, baʼzi kelinlar ham mashhur salondan esni ogʻdirar narxda koʻylak kiyishni mansab deb tushunishadi, yana qo’shimchasiga yuzlarini tanib bo’lmas darajada yasanib tirnoqlarigacha oro berishadi, ammo kelin birinchi kechasi ibodat qilishidan xabari yo’q, yangalar kattalar maslahat berishmaganmi deb o’ylab qolasiz hatto.. Toʻy kuni yoki fotoalbomda oʻsha qimmatbaho yoki oʻrtacha narxdagi koʻylakni koʻrsangiz, hammasi bir xil, oq kelin koʻylakdek tasavvur uygʻotadi. Biz orzularingizni yigʻishtirib, tejashni oʻrganing, demoqchi emasmiz. Koʻzingizni kattaroq oching, koʻylaklar salonida sizga “hali hech kim kiymagan”, “eng yangi model” deb taʼkidlashlariga aldanmang. “4 millionlik koʻylak, hali ochib ham koʻrilmagan” deb ogʻzini toʻldirib, orzuingizdagi koʻylakni koʻrsatayotgan qiz kechagina oʻsha koʻylakni yuvib, yana brend birkasini osib, klenkasiga joylagan boʻladi. Bu odatiy holat. Dugonalaringizning gapiga ishonmang, hamma koʻylagiga ikki baravar narx qoʻyib maqtanishini unutmang. Qanchadan qancha kelin-kuyovlar, qudalar oʻrtasida aynan kelin koʻylak tufayli kelishmovchiliklar boʻladi, koʻylak tanlaganda har ikki oilangizning iqtisodiy holatini, qadriyatlarini hisobga oling. “Birrov”chi xonandalar toʻy qilayotganlar odamlarga ikki yoshning nikohi tuzilayotganini xabar qilib, bundan xursand ekanligini bildirish uchun bayram qiladi. Hech kim toʻy egasidan gala konsert uyushtirishini kutmaydi. Toʻy egalari, sizni aldab-suldab 5 ta qoʻshiqni ham oxirigacha aytmay, biroq pulingizni naqd olib ketadigan xonandalar kortejiga siz ham qiziqmang. Bittagina yaxshi ijodiy guruhning oʻzi barchaga quvonch ulasha oladi. Faqat ularning repertuari bilan yaxshilab tanishib oling, katta-yu kichikka maʼqul keladigan qoʻshiqlar kuylashini talab qiling. Hammaning changiga toʻyingan tort .Bolaligimda koʻrgan toʻylarimda kelin-kuyov oldidagi dasturxonda katta patnisda pushti kremli xar hil ranglarda tort turardi. Endi esa patnis tobora kattalashib, qavatma qavat boʻla boshladi. Dasturxoningiz toʻla noz-neʼmat boʻlsa, shu palon pullik tortsiz toʻy oʻtmaydimi? Raqsga tushganlarning dupir-dupir changiga toʻyinadigan tortning bor-yoʻqligini, ochiq gap, mehmonlar sezmaydi ham. “Tort yedirish” koʻpchilik erish tuyuladi: kelin-kuyov onalariga bir boʻlakdan tort yedirgan boʻlishadi. Oʻylab koʻring, kerakmikin shu? Biroz shoshmay tursangiz, keliningiz oʻzi pishirgan pishiriqdan ogʻzingizga tutadi, kuyovingiz issiq non bilan qaymoq koʻtarib boradi. Foto-video xizmatning qoʻshimcha xarajatlari. Hammamiz ham hayotimizdagi eng chiroyli kunimizni sifatli va tartibli qilib foto, videoga muhrlashni istaymiz. Oʻzim bu sohani yaxshi tushunganim uchun ochiqchasiga tanqid qilishdan qoʻrqmayman: studiyalar boshingizni aylantirishmasin. “Ikkita kamera yetmaydi, toʻrttada ishlasak, dahshat ish boʻladi effectli deb gaplarni burtirib, komplektimizga kran ham kiradi. Fotosessiya uchun mehmonxona gaplashmasa boʻlmaydi, tabiat qoʻynida juda oddiy boʻlib qoladi…” degan maslahatlari faqat oʻzlari uchun foyda. Chunki, bularga siz qoʻshimcha haq toʻlaysiz. Yodingizda boʻlsin, kamera qancha koʻp boʻlsa, shuncha koʻp chiqim, ustiga ustak montaj jarayoni choʻziladi. Ikkita kamera, hatto bitta kamerada ham barcha toʻy jarayonlarni suratga olishga bemalol ulgurish mumkin. Ana oʻshanda toʻyingiz diski oʻzingiz ham koʻrishga erinadigan 4 soatlik 4 ta disk boʻlmaydi. Kranlarni ishlatib qoʻyib, dabdabali toʻy qilaman, deb oʻylamang, toʻy riyo uchun emas, shukr uchun nishonlanadi. Fotosessiya uchun joy tanlash masalasiga kelsak, mehmonxonalar-u qimmatbaho restoranlarning foni vaqt oʻtgach rasmda eskiradi, aniqrogʻi, zamondan ortda qoladi. Eng kuchli fotograflar ham tabiatdan ilhom olib, toʻy albomlarini tabiiy sharoitlarda suratga tushirishni maʼqul koʻradi. Sinalgan usulni tanlang, bogʻlarning aksariyati tekin va ulardagi manzara oʻzgarib turadi (faslga qarab), urfdan qolmaydi. Pufaklar uchishi, tutunlar tarqalishi, kim nima qilayotgani monitordan koʻrsatib turilishi… Bir tomon tejamkorlikni istasa ham, ikkinchi quda “orzu-xavas”ini pesh qilib tursa, nachora, “el qatori” bordi-keldini “eldan oshirib” bajarishga majbur boʻladi. Qizigʻi, kimdir qaysidir marosimni oʻtkazmaslikni kelishib oladi-yu oʻrniga yangi boshqasini urfga kirgazadi. “Biz hayit dasturxoni qilmoqchi emasmiz, qudamga 40 ta togʻoraning oʻrniga stol-stul tashlab ketarsizlar, dedim” kabi gaplarni eshitmagan kim bor? Kuyovning tugʻilgan kunida televizor, kelin tugʻilgan kunda esa avtomat kir mashina tilla taqinchoqlar. Kelinning onasi 50 yildan beri kirni qoʻlda yuvsa ham, qizining qiynalmasligini istaydi, qarz koʻtarib boʻlsa ham qudasining ogʻzidan chiqqanini olib borishga urinadi. Bularning qaysi biri toʻgʻri, qaysi amal notoʻgʻri- ochigʻi, mulohaza qilishga qiynalib ketasiz.
Sevinch MINGBOYEVA,
Mirzo Ulug`bek nomidagi O’zbekiston Milliy universetiti Jurnalitika fakulteti talabasi.
Сўнгги фикрлар