Noo‘rin g‘azab
Ilon kechasi duradgorlik do‘koniga yegulik axtarib keldi.
Duradgor uyga qaytganida ish qurollaridan birortasi ish stoli ustida qolar, o‘sha kecha esa stol ustida arrani unutib qoldirgandi. Yegulik izlab kirgan ilon ustaxonani aylanib chiqib, stol ustiga chiqdi va bexos arraning tishlariga tegib ketdi.
Og‘riqdan asabiylashgan ilon o‘zini himoya qilish uchun arrani chaqishga, uni zaharlashga urindi. Alaloqibat, o‘ziga zarar yetdi: jarohatlandi. U g‘azablangan ko‘yi nima bo‘lganini anglolmasdi. Arra unga «hujum» qilgani uchun oxirgi marta o‘zini himoya qilishga qaror qilib, arraga yanada qattiqroq zarba berishga chog‘landi. Uni bo‘g‘moqchi bo‘lib, «dushman»ini uzun tanasi bilan o‘rab oldi va qattiq siqa boshlabdi…
Uning o‘ysizligi, noo‘rin g‘azabi boshini yedi…
Hikoyaning axloqiy xulosasi:
Gʻazablansak, uning sababchilaridan o‘ch olishni, uni xafa qilishni o‘ylaymiz. Ammo ko‘p hollarda bu harakatlarimiz o‘zimizni xafa qilishini kech tushunib yetamiz.
Hayot ko‘proq narsani talab qiladi toki Biz boshdan kechirgan voqealardan, odamlardan, ularning gap-so‘zlaridan, garchi, e’tibor bermasdan o‘tish mumkin bo‘lsa-da xafa bo‘lamiz. Ammo hayot ko‘p vaziyatlarda kechirimli bo‘lishni va ayrim narsalarni e’tiborsiz qoldirishni taqazo qiladi.
Ko‘p narsalar borki, ular e’tiborga, fikr bildirishga arzimaydi. Biz ularni qanday e’tiborsiz qoldirish, yoki arzimas masalalarda xafa bo‘lmaslikni o‘rganishimiz kerak.
Farxunda Frutan Amiriy,
O`zMU Jurnalistika fakulteti talabasi
Bu hikoya » Kalila va dimna»ning kichik dostonlari turkumidandir. Farxunda Furotan Amiri ibratli hikoyatni, aynan tarjima qilib o’z nomiga e’lon qilgan. Kamina bu to’g’rida tanqidiuy maqola yozib, FACEBOOKda nashr qildim.
Мен сайтимиз масъули сифатида ҳурматли «Ishonch To’ra» эътирозини муаллифга юбордим.
Афғонистонлик ижодкор талаба қизимиз Farxunda Furotan Amiri унга жавобан қуйидаги номани йўллади:
Men uni hech qayerdan olganim yo’q.
O’sha hikoyani otam kichkina yoshimda aytgan edi.
O’sha hisimda bor edi.
Kursimizda ahvolini o’ziz bilasiz ustoz. O’sha kunlarga qarab uni yozganman.
«Kalila va dimna» kitobini umuman o’qiganim yo’q ustoz…
Хулоса ўзингиздан, дейди Дониш домла.