Aslingday ko’rin yoki ko’ringaningday bo’l!
Журфак талабасининг ижодий машқини қандай баҳолайсиз? Имловий, услубий хатолари йўқми? Ўсмоқчилаб сўрайди Дониш домла истеъдодларни кашф этиш мақсадида.
Hozir ko’pchilik yonida tashrifnoma (vizitka) olib yurishga odatlangan. Ehtimol sizda ham bordir, uning ko’p qulayliklari borligi shubhasiz. Ammo kishi yonidagi shu jajji tashrifnomasini uzatgunicha, qarshisida turgan kishida o’sha kishi haqida muayyan fikr uyg’otadigan “tashrifnoma” namoyon bo’ladi. Ko’pincha birinchi taassurot to’g’ri bo’lib chiqadi.
Bu- sizning suvratingiz bo’lib, ya’ni tashqi ko’rinishingizdir..
Bu tashrifnoma bilan siz kishilar qalbiga ma’lum bir ko’rinishda bamayilxotir kirib borasiz… Ba’zida qarshingizda turgan kishi sizni xushlamayotganini sezasiz, ular uchun siz nomigagina muomala kishisiga aylanasiz. Ba’zida esa tashqi ko’rinishingiz ya’ni kiyinishingiz yordamida hamsuhbatingizda o’zingizga nisbatan ishonch uyg’otasiz hamda uning taassavurida shu ko’rinishingiz bilan uzoq qolasiz. Shuning uchun ham kishining ko’ziga birinchi tashlanadigan narsalar juda muhim hisoblanadi. Shuningdek sizning ochiq ko’nglingiz va samimiyatingiz ramzi bo’lgan nim tabassuum ham juda muhim sanaladi. “Kutib olish- suvratga, kuzatish- siyratga qarab” degan gap bor. Odamning surati ham siyrati ham go’zal bo’lishi kerak. Lekin mening fikrimcha ularning har ikkisini bir butun saqlash har kimning ham qo’lidan kelavermaydi.
Ba’zida yuzingizga o’z- o’zingizni maqtab, ortingizdan tosh otguvchilar mo’ljaliga hech duch kelganmisiz,? Ular sizga bir qarashda do’stday bo’lib tuyulsalarda, aslida sizga yaqinlashib eng nozik nuqtangizni nishonga olishadi
Kichkinaligimda buvimning menga aytganlari bor edi, Qadimda mis bilan oltinni ajratish uchun, sir toshi dega narsa bo’lar ekan, o’sha sir toshi misga tekkizilsa mis ko’kimtir tusga kirar, oltinga tekkizilganda esa oltinning rangi hech o’zgarmas ekan. Qani endi mo’jiza sodir bo’lib, osha sir toshi odamzotga ham tekkizilganda odamning asli qandayligini bilsa bo’lganda edi….“Aslingday ko’rin yoki ko’ringaningday bo’l” degan gap ham bejizga aytilmagan nazarimda… Chunki insoniyatni “ikkiyuzlamachilik”hamisha qiynab kelgan… Men yashaydigan tumaninming shaharchasida ruhiy xastalikka chalingan bir ayol yuradi. Telbaligi sabab, hamisha o’z-o’ziga doim nimalardir deb gapirib, ba’zida yonidan tasodifan uchragan, duch kelgan kimsaga har xil haqoratli so’zlarni aytadi. Uning uyi bormi. Qarindosh urug’i qayerda, buni hech kim bilmaydi. Xullas bir kuni bozorga kirib, o’sha ayolga duch kelib qoldim… U telbaligi sabab odamlar gavjum joyda turib turli hayosiz harakatlarni qilardi.
Uning bu qiliqlariga kimdir hayron qolar, yana kimdir achinsa eng ayanchlisi kimlardir kulardi. Atrofdagi barcha ayollarni uyatga qo’yayotgan bu juvonning ushbu harakatlarini faqat telbaligi bois qilayotganini o’ylab ancha yuragim ezildi. Ko’nlim hufton bo’lib borayotsam, tillolarga burkangan, qimmatbaho kiyimlarni kiygan, bir savdogar ayolning kimlar bilandir “joy” talashib, baland ovozda qarg’anishining guvohi bo’ldim, bu ayolning husni shunchalik go’zal ediki, agar uning bunday baland ovozda qarg’anishini eshitmaganimda, uning husniga hayolan she’r bitarmidim? Lekin u bu qarg’anishlari bilan mening ko’z oldimda hunuklashib ketayotganday edi nazarimda. Beixtiyor o’sha telba ayol va tillolarga burkangan bu ayolni bir birlariga taqqosladim. Qandaydir ayanchli sabab shunday telba bo’lib qolgan bu ayol, hayosiz xatti harakatlarni ongsiz, go’zal savdogar juvon esa, kurakda turmaydigan qarg’ishlarini ongli ravishda aytardi…
Agar ruhing sog’ bo’lgandamidi, ixtiyorsiz bu qiliqlarni qilmasmiding balki?.. sen alohida qarov va e’tiborga juda- juda muxtojsan. Har ne bo’lganda ham men seni boyliklar ko’zini ko’r qilgan, ayol atalmish go’zal hilqat nomini hayosiz qarg’ishlar bilan yerga urgan o’sha juvondan ustun qo’ydim… Chunki u telba edi, va aslidagiday atrofga ko’rinayotgan edi…
Shahriniso Farhodova,
O’zMU Jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabasi.
Сўнгги фикрлар