Bolalar sporti

Sport sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim omili 

Sport sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim omili, yurtimizning xalqaro maydondagi obro`-e’tiborini yuksaltirishning vositasiga aylanganini bugun hayotning o`zi tasdiqlab turibdi. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda Prezidentimiz rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo`rlik samarasida xalqaro maydonda O`zbekiston shuhratini yuksaltirishga qodir navqiron avlod voyaga yetmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining tashkil etilishi, millionlab yoshlarimizning iste’dod va mahoratini shakllantirishga xizmat qiladigan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalarining muntazam o`tkazilayotgani ko`plab sport turlari rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu musobaqalarda chiniqqan yosh sportchilarimiz terma jamoalarimiz safida xalqaro miqyosdagi musobaqalarda munosib ishtirok etib kelayotganligi bugungi kunda sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar naqadar to`g`ri yo`ldan ketayotganligin ko`rsatadi.

Jumladan “O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘arma” sidan olingan ma’lumotlarga ko`ra, 2015-yilda yosh sportchilarimiz Italiya, Fransiya, Germaniya, Chexiya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Malayziya, Hindiston, Rossiya kabi yigirmadan ziyod davlatda bo`lib o`tgan nufuzli musobaqalarda 138 oltin, 79 kumush, 90 bronza, jami 307 medalga sazovor bo`lganligi , bundan tashqari kattalarimiz Olimpiya o`yinlari dasturidan joy olgan qator sport turlari bo`yicha o`tkazilgan jahon va qit’a chempionatlari, xalqaro turnirlarda erishilayotgan g‘alabalar salmog‘i ortib borayotganligini va 2015-yil yakuniga ko`ra, sportchilarimiz ana shunday musobaqalarda 311 oltin, 274 kumush, 276 bronza, jami 861 medalga sazovor bo`lganligini o`zi, sportchilarimizni ana shunday yutuqlari bilan vatanimiz shuhratini dunyoga tarannum etishga munosib hissa qo`shayotganliklari va ularning qo`lga kiritayotgan marralari bilan biz har qancha faxrlansak arziydi albatta .

Kirib kelgan 2016-yida ham sportchilarimizni muhim musobaqalar kutib turibdi. Ayniqsa joriy yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo`lib o`tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o`yinlari shular jumlasidandir. Bu musobaqalarda sportchilarimizni yuqori saviyada ishtirok etishini ta’minlash maqsadida Davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevraldagi “O`zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo`lib o`tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o`yinlariga tayyorlash to`g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo`lmoqda deyishimiz mumkin. Bugunga qadar jami 50dan ortiq sportchilarimiz XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o`yinlariga yo`llanmani qo`lga kiritgan. Joriy yilda ham sportchilarimiz Olimpiya o`yinlariga yo`llanma beruvchi qator chempionatlar va nufuzli turnirlarda ishtirok etadi va bu yo`llanmalar soni albatta oshishiga ishonchimiz komil. Chunki bu sportchilarimiz vatan uchun xalqimiz uchun albatta bor kuch,g`ayratlarini safarbar qilib olimpiadadan albatda medallar shodasi va g`alaba shukuhi bilan qaytishga tilakdoshmiz va ishonamiz.

Bugungi kunda sportchilarimiz qatori mamlakatimizni dovrug`ini butun dunyoga tanitayotgan va jahon tan olgan hakam Ravshan Ermatov qo`lga kiritayotgan yutuqlari hammamizga g`urur bag`ishlayotgani va uning hakamlik sohasidagi faoliyati yuksak e’tirofga sazovorligiga qoyil qolmaslikni iloji yo`q. 2003-yildan buyon FIFA tasnifidagi musobaqalarni boshqarib kelayotgan Ravshan Ermatov futbol bo`yicha deyarli barcha nufuzli turnirlarda hakamlik qilmoqda. O`zbek o`g‘loni 2008, 2009, 2010, 2011 va 2014-yillarda besh marotaba “Osiyoning eng yaxshi hakami” deb e’tirof etildi. Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi uni 2011-yilda “Jahonning eng yaxshi hakami” sifatida tan oldi. Mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni yuqori saviyada boshqarib kelayotgan Ravshan Ermatov 2013-yil yakunlari bo`yicha ham dunyoning eng kuchli hakamlari reytingining yuqori pog‘onalaridan joy olgan.

Ravshan Ermatovning 2010-yili Janubiy Afrika Respublikasi va 2014-yili Braziliyada o`tkazilgan futbol bo`yicha jahon chempionatlarida ketma-ket ishtirok etishi O`zbekiston sportining ulkan yutug‘i bo`ldi. 2010-yilgi chempionatning ochilish marosimi va yana to`rtta uchrashuvni a’lo darajada boshqarib, dunyoga O`zbekiston sportchilarining salohiyati va qudratini namoyon eta olgan o`zbek hakami Braziliyadagi mundialda jami to`rtta uchrashuvni muvaffaqiyatli boshqardi. Ravshan Ermatov hakamlik faoliyati davomida jahon chempionatlari final bosqichida eng ko`p – 9 uchrashuv boshqarib, dunyo rekordini o`rnatdi. Bu bilan o`zbek sportchilari ham dunyoda hech kimdan kam emasligini amalda yana bir karra isbotladi.

Biz sportchilarimizni qo`lga kiritayotgan yutuqlari haqida qancha gapirsak oz ularning alohida vatanga bo`lgan muhabbati, xalqi ishonchini oqlash hissi va dunyoda hech kimdan kam bo`lmaydigan va doim yuqori maqsadlarga ega yoshlar deb atasak to`ri bo`ladi.

Shuhrat Ro`ziyev,

O`zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafa yo`nalishi 2-bosqich talabasi

You may also like...

1 Response

  1. Ҳаммани қизиқтирадиган мавзу, шундаймасми?

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>