Dadajonimga
Dunyolarga tengligimsiz, mehribonim dadajon
Mening tengsiz boyligimsiz, sajdagohim dadajon
Borligingiz o’zi bir baxt, baxtimizga sog’ bo’ling
Shamchirog’im siz o’zingiz, yo’lim nurarshon qiling.
Jajji qo’limdan tutib, hayotni o’rgatdingiz
Yaxshi yomon kunlarda to’g’ri yo’l ko’rsatdingiz
Men uchun umringizni zahmatda o’tkazdingiz
Duogo’yim dadajonim doim omon bo’lingiz.
Ollohimdan o’tinchim salomat, qilsin har vaqt
Dilingizga hech solmasin dardu hasrat qiyomat
Yo’lingizni yorug’ qilsin duolarim toabad
Parvardigor o’zing asra, dadam senga omonat.
Ko’zlarimning nurisiz, mehribonim dadajon
Sizni asrab avaylaymiz, jonajonim dadajon
Gururimsiz, shonimsiz, hayotimsiz dadajon
Biling xizmatdadirman suyukligim har qachon.
Onajonimga
Onajonim bugun sizni juda qattiq sog’indim
Mehringizning taftin qumsab, tuni bilan og’rindim
Ko’rgizmagan baxtim o’rtab yuragimni tilyapti
Onajonim bugun sizni juda ko’rgim kelyapti.
Men qandayin farzandman, sizga berdim faqat dard
Boshqa farzandlar singari, berolmadim quvonch baxt
Onalik baxtin berib, oqizdim yoshingizni
O’ttizga kirgizmasdan oq qildim sochingizni.
Bugun bayram, ammo bir tuzuk so’z aytolmadim
Sizga bo’lgan mehrimni, so’zla tariflolmadim
Berganim bo’ldi azob, yana diliz g’ashladim
Ammo bugun mehringizni juda qattiq qumsadim.
Kechalari uxlamasdan faqat meni o’ylagan
Bugungi kunim uchun kecha-kunduz tinmagan..
Onajonim mehribonim, farishtaginam mening
O’zin emas bolasi deb yongan sarishtam mening.
Bayramingiz qutlug’ bo’lsin, uzoq bo’lsin umringiz
Baxtdan sarmast bo’lib har dam, kulib quvnab yuringiz
Bugun qadringizni bildi, o’sha o’jar qizingiz
Onajonim har dam menga panohdir duoyingiz.
Sog’inish
Musofir joylarga kelganda ilk bor
Tuydim mahallamning qaynoq taftini
Sog’indim mehribon qarindoshlar-u
Jizzilab yonayotgan tandir hidini
Bir paytlar xoxlardim sayohatlarni
Uzoq makonlarda kezib yurishni
Onajon bugunchi sog’indim rosa
Kulcha nonni suvga solib yeyishni.
Mahallamning birgina chang ko’chasini
Alishmasman Toshkentning Hiltonlariga
Chet elning anvoyi ovqatlarini
Teng ko’rmasman uyimning shirmoy noniga.
Odamlar ham g’alati, antiqa juda
Birov bilan birovning boshi og’rimas
Bizning tomonlarda mehr avjida
Qayg’urar qo’shnining buzog’igacha.
Ko’cha ko’yda yurgan har bir bolani
Tergab qoyar bobolar bekor yurma deb
Bu yerdachi aksi ekan butkul, batamom
Tentirab yuradi chollarning o’zi.
Qo’shnilar tanimas bir-birlarini
Eshiklar tanbada turar har kuni
To’y hasham ham qilishmas bizlar singari
Sumalaklar yoq ekan, qishloq singari
Bu yerdagi muhit meni bug’yapti
Sog’indim mahallam bolalarini
Makonimga hoziroq ketgim kelyapti
Sog’indim bog’imiz lolalarini.
***
MEHRGA ZOR MEHRIBONLAR
Kunlarning birida qalbimdagi g’alayon meni ajib bir maskanga boshladi. Bu yerga og’ir qadamlar ila kirib bordim. Sababi bu maskan mehr istagan murg’ak dillar, o’ksik qalblar, mungli ko’zlar maskani-mehribonlik uyi edi. Ochig’ini aytsam joy muhit, xonalar tarbiyachilar menga juda ham manzur bo’lishdi. Lekin , lekin bilmadim negadir qalbim tinimsiz og’rinar, baxti qaro bolajonlar jajji yuraklariga og’ir yukni qanday ko’tarib yurishganiga lol qolardim. Bolalar xonasiga kirishim bilan, meni oyim keldi deb chamasi 5-6 yashar bolalar meni o’rab olishdi. Har birining nigohi mungli, har birining qalbida tuzalmas dard hukmron edi. Ularga olib borgan kichkina sovg’alarimni berdim. Ammo negadir ularning qalbi yorishmadi. Ko’zlarida nurni payqamadim. Chamasi 1 soatcha ularni kuzatdim. Ovqatlanishi, o’ynashi, kiyinishi, hamma hammasini kuzatdim. Shu payt kimdir orqamdan turtayotganini payqab qoldim. Orqamga qarasam bir shirin qizaloq menga qarab turardi. Darhol, uni bag’rimga olib salomlashdim, ismini so’radim. Soliha. Uning ismi Soliha edi. Suhbatimiz qizg’in davom etayotgandi bir payt qizaloq maylimi sizdan bir narsani iltimos qilsam dedi-kattalarning nigohlaridek boqib.. To’g’risi, bir dam esankirab qoldim. Mayli, mayli so’rayqol dedim. Sizni bor marotaba oyi deb atay. Atigi bir bor dedi. Na ha dedim na yoq. Qizni bag’rimga bosib unsiz yig’lardim. Insoniyat deb atalgan mavjudotlarga nisbatan, nafrat o’ti yonardi qalbimda. Nahotki, oramizda mehr tuyg’usi yoqolib qolgan bo’lsa, nahotki hayvonchalik mehrimiz bo’lmasa, nahotki shu kabi qabih ishlarni qila olsak, nahotki jonimizning bir parchasiga yetimlik kabi og’ir dardni ravo ko’rsak, nahotki yer shularning onalari kabi qabihlarni ko’tarib yurgan bo’lsa. Jajji go’dakning qalbidagi og’riqni faqat boshidan kechirgan, uning dardini tuygan kishilargina his qiladi. Anchagacha o’zimga kelolmay, og’rinib yurdim. Uning nigohlaridagi qayg’u yuragimga igna kabi sanchilardi. Menga tinchlik bermay qalbimni og’ritardi. Qo’limdan ne ham kelardi. Bu kabi inson deb atalgan mahluqotlarga ollohimdan insof va vijdon so’radim xolos!.
Mo’mina Istamova,
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti talabasi
Mo`mina, Siz haqiqiy olima, adiba va shoira ekansiz. Mening yuragimdagi dardlaimni bitibsiz.
Siz bilan qandoq tanishsam bo`ladi?
Bir umrlik qiyomatli do`st bo`lib qolamiz.
Salom Mo`minaxon!
Ijodingiz mening qalb daftarimga payvasta ekan. O`ziz ham haqiqiy tarbiyali qiz ekaniz ko`rinib turibdi.
Ota-onayizga rahmat.
Yaqin orada oldizga boraman. Muhim gaplarim bor… Ijodizga omad tilayman. O`zizzi ehtiyot qiling.
Mo`minaxon, buncha istedodni qayerdan olgansiz? Siz bilan tanishsak degandim.