Muharrir

Erkin Vohidov she’rlarini juda kòp òqib turaman.

Har bir sòzida, har bir qatorida ma’no mujassam. E’tiboringizga u kishining qalamiga mansub bir she’rni havola etaman.

ЭВохид

Muharrir

Nega hadeb menga tanbeh berasan,
Nega òz xolimga qòymaysan, axir!
Nega har sòzimdan ayb qidirasan,
Beomon, noinsof, qattol muharrir.

Har sòzim ma’nosin qirq xilda chaqib
Goh nolali deysan, gohi tumtaroq.
Aytgin ey, kattakon kòzoynak taqib
Nimalar izlaysan she’rimdan, òrtoq!

»Xolis» xizmatingni, birodar, qòygin,
Iltimos, kerakmas menga yordaming,
Ming xil taftishlardan, rost aytsam, tòydim,
Jonga tegib bòldi qizil qalaming.

Qachon bu zulmdan bòlurman ozod,
Qachon tugar ekan bedodlik, axir!
Afsuski, hech kimga deyolmayman dod,
Chunki, men òzimman òsha muharrir…

Navròzshoh XUDOYQULZODA

O`zMU Jurnalistika fakulteti talabasi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>