«Har bir xalqning o`z urf-odati bor»

Tilmoch va tarjimonlar ma’daniyatlar orasidagi vositachi sifatida»

qo`llanmasidan parcha (Nashr qiluvchi: ADU Nord. Germaniya 2005)

 

Turli davlat va madaniyat vakillari uchrashib qolishganda, tezda bir-birini tushunib keta olishmaydi. Bu o`rinda til eng birinchi va yaqqol ko`zga tashlanadigan ammo eng oson bartaraf etsa bo`ladigan to`siqdir.Bu holatda mahoratli til mutahasislari ko`magidan foydalanishi yoki chet tilini mustaqil o`zlashtirishadi. Har holda tildan tashqari o`rtadagi moslashishni qiyinlashtiradigan yana boshqa to`siqlar ham mavjud. Bular ma’daniy xilma-xilliklar, turli dunyoqarash va baholashlar, bir-biridan farq qiladigan urf-odat, an’ana, moslashilgan hayot tarzi stol bezatish, kiyinish madaniyati, ovqatlanish tartibi kabi ko`nikma namunalari, o`zini yaxshi tuta bilish, aniqlik va burchga sodiqlik kabi xuddi shunday qoida va me’yorlar. Madaniy tafovutga ayniqsa eng yorqin misol quyidagi; ko`plab Yevropa davlatlarida bosh silkitish inkorni, boshni liqillatish esa rozilik, xayrixohlikni anglatadi. Yunonlarda buning umuman teskarisi. Bunday holat ajib tushunmovchilik keltirib chiqarishi tayin.

Bu turdagi xatolar tilga oid turli muammolarga nisbatan xavfliroqdir. Chunki biz tabiatan madaniyatlararo muloqot jarayonida o`zimiz bilmagan tarzda uyimizda qanday odatlangan bo`lsak, shunday tutamiz. Ammo o`zga madaniyat vakillari bizning madaniyatimizni o`zlariga tanish misollar vositasida anglab olishadi. Xuddi shunday biz ham boshqalarni o`z qarichimizga ko`ra faxmlab olamiz va ehtimol ular bizni betakalluf deb qabul qilishar, chunki biz ba’zida hurmatimizni butunlay boshqa yo`l bilan ko`rsatayotganimizni sezmaymiz. Ba’zida mana shunday holat turli ma’daniyatlarda hurmat bilan qarshi olish, o`zbilarmonlik yoki hatto qadrni toptash sifatida baholanishi mumkin. Ammo matn, rasmli bezak, nomlarda va mahsulotlar dezaynida ham o`zga madaniyatni ifoda etmaydigan yoki xato namoyish qiladigan, kulguli, qadrini kamsitadigan qilib talqin etishi mumkin bo`lgan ma’lumotlar aks etishi mumkin. Va bu savdo-sotiqda ham shartnomalar imzolanishi hamkorlikni davom etishi yoki biznesdagi strategiyalarning muvoffaqiyyati ham oz miqdorda madaniyatlararo hamjihatlikka bog’liq.

 O`zMU Xorijiy filologiya fakulteti 4-Kurs talabasi

Faridjon Usmonov tarjimasi

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *