Madaniy ilmiy tadbirlar takomilashishida xalqaro tashkilotlarning o`rni:

Gyote Instituti madaniyat tarqatuvchisi sifatida

Hozirgi kunda chet el tashkilotlari yurtimizda keng qamrovli madaniy tadbrilarni qizg’in olib bormoqda. Xususan, Germaniyaning Toshkentdagi Gyote Instituti til va madaniyat vositachisi sifatida bir qancha madaniy va ilmiy tadbirlar tashkilotchisiga aylanmoqda. Joriy yil 23-26-august sanalarida Gyote Institutida „Yosh tarjimonlar yozgi akademiyasi“ (Sommerakademie für Nachwuchsübersetzer) yurtimizda tarjimonlik sohais bilan shug’ullanayotgan yoshlarni o`zida jamladi.

Bu yozgi akademiya dasturiy rejasi asosan yosh tarjimonlarni ilmiy va kasbiy ko`nikmalarini oshirish, bu sohada xorijiy davlatlar tajriblari bilan ularni yaqindan tanishtirish va albatta, ular qalbida bu sohaga nisbatan mehr uyg’otishni maqsad qilib olgan edi. Seminarlarni Xurram Rahimov “Soxta do`stlar” (Falsche Freunde), Dilorom Do`stmurotova “Ma’lumotlar birjasi” (Informationsbörse) kabi mavzulardagi nutqlari olib bordilar.

Tadbir doirasida tarjimonlar ustaxonasi (Übersetzerwerkstatt) muhiti yaratilib yosh tarjimonlar uchun haqiqiy tarjiomnlik muhiti yaratib berildi. Bu esa tadbirga o`zgacha ruh baxsh etdi. Ushbu Yozgi akademiya yurtimizning turli joylaridan 22 yosh tarjimonlik sohasi vakillarini o`zida jamladi. Ular orasida hamkorlik va do`stlik rishtalari o`rnatildi.

Mana shunday Yozgi akadmiyalar o`zida har doim yangidan yangi iqtidorlarni kashf etadi. Bu yil ham Yozgi akadmiya davomida har bir ishtirokchi yangicha ruh, yangi do`st va albatta o`ziga bo`lgan ishonch bilan Yozgi akademiyani yakunlashdi. Bu esa shu kabi Yozgi akademiyalarning haqiqiy yutug’i desak yanglishmagan bo`lamiz.

 Faridjon Usmonov,

O`zMU Xorijiy filologiya fakulteti 4-кurs talabasi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>