Hashar — talabaga yarashar

O’zMUdagi hashar rektor boshchiligida hamjihatlikda o’tdi.

Ushbu jarayonlar kostyum shimlarda, shunchaki rasmiyatchilik ruhida emas, balandparvoz gaplardan xoli, tozalik va obodlik tadbiriga aylandi. To’g’risi byurakratik ruh sezmadim. Ertalab dars bo’linganiga hafa bo’ldim-u, ammo atrof-muhit ozodaligiga hissa qo’shayotgan tengdoshlarimizni ko’rib kayfiyatim ko’tarildi.

На изображении может находиться: 2 человека, дерево, трава, ребенок, на улице и природа

Rektorimiz talabalar bilan birgalikda hasharga bel bog’lab kirishgani yoshlarni hayratlantirdi. «Barchamiz tabiatni asarashimiz kerak. Ayniqsa, universitet obodligiga hissa qo’shish vazifamiz», — deydi professor Avazjon Marahimov Rahimovich. Shu bilan hashar sarguzashtlari fakultetlarning katta-yu kichigini birlashtirdi.

3

Hasharda daraxtlarga ko’rk, yerlarga yengillik nafasi kirib kelishiga va yo’laklar bo’ylab gullar ekilishiga sabab bo’ldi. Shu bilan birga, universitet hududidagi daraxtlar oqlandi. Chiqindilar tozalandi. Yo’llarga suvlar sepilib, supurildi.

4

Kimlardir hasharni majburiy mehnat deydi. Ammo bugun men, siz, u o’z hududini 4 yilda hech bo’lmaganda bir marta toza saqlamasa kim tabiatni asrashi mumkin. Har kuni emas yilida bir yoki ikki marta umumxalq hashariga hissa qo’shish barchamizning vazifamiz emasmi?!

На изображении может находиться: один или несколько человек, люди стоят, дерево, на улице и природа

Ha aytgancha, xonanda Shuhrat Daryo ham bugun ta’lim muassasamizga mehmon bo’lib kelibdi. Rektorimizga konsert dasturlari uchun 4 bilet bergan ekanlar. Ustoz birini menga sovg’a qildilar. Balki men bu konsertga tusha olmasdirman, ammo inson ko’ngli kichik e’tibordan shod bo’ladi, deganlaridek juda hursand bo’ldim. Xullas ajoyib va ezgu amallar humkron kun universitetimizda ko’tarinki ruhda o’tdi.

Muslima Omonqulova,

Jurnalistika 3-kurs talabasi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>