Ilhom

Talabalar ijodidan

Сарвиноз

Kulbam uzra quyular oqshom,

Yoritgani kelgin ey dilbar.

Yuragimga xanjarday sanchil,

Pariroʻylar olsinlar habar.

Misli qushdek uchib boshimdan ,

Falaklarda etgin xiromon.

Soʻng yurakka tigʻdek sanchilu,

Nigohimdan boʻlmagin hayron.

Nurga choʻmgan bogʻlar osoyish,

Gul boʻlginu boʻylaringdan mast .

Vujudimni titroqqa solib ,

Bu jonimga qilmaginda qast.

Ey oʻynoqi, ey xush dam ozor,

Kulbam kutar seni chorbogʻda.

Kelib holim soʻragin bir bor,

Qaysar koʻnglim nedur demoqda.

 

***

Munavvar tonglarga ochdim koʻzimni,

Behishti fanoyim maydan tonadir.

Nurafshon kunlarning sehru siyohi,

Ishqingdan bu sarmast koʻngil yonadir.

Sabuhiy shabnamlar ilinar nozli

Qaro tun — koʻzlaring nayzalariga .

Olovdek tutagan qoshlaring jayra,

Va yohu sipohning xanjarlariga.

Quyoshdan nur olgan oydek jamoling ,

Muhabbat taftidan yashnagay gulgun.

Lablaring sohilin tariflamoqqa,

Ojizdir qalamim bu koʻxna durkun.

Qorasoch ishqingda dalli devona ,

Qalandar saylading boʻldim giryona .

Sahroda majnundek telba daydi-dun ,

Togʻlarni qulatgan Farhod afsona.

Jon bersam koʻzlaring mayxonasidan ,

Ashk boʻlib oqsin-u yurak sharobi.

Tanimni quzgʻunga tutmagin erkam ,

U ashklar aylansin tanim mirobi.

Bu otash ishqimni yondirma yo rab ,

Havoga aylanib uchsin to falak.

Ruximga qanot ber uchgumzabardast,

Boqiylik qoʻshigʻin kuylarman halak.

Yashasin dunyoda mangu muhabbat,

Qalblar otash boʻlib yonsin to abad!

 

***

Lahzadek oʻtmoqda umr yoʻllarim,

Asrlar qisqarib bormoqdami yo?

Soniyalar quvib ketmoqdamikin,

Vaqt quyosh singari botmoqdami yo?

Umidga tirmashdim chekinmadim men,

Yulduzdek soʻnmadi orzumand nafas.

Yur deya turtkilab urmoqdadir jin,

Mening qon-qonimda kezadi bu sas.

Hayit bezimadi ovvora yurak,

Qiynogʻinga chidab bermoqda bardosh .

Men senga koʻrsatib qoʻymogʻim kerak,

Tiz choʻkib poyimda egajaksan bosh!

 

***

Sabrim tugab bormoqda essiz ,

Bardoshimning koʻzlarida qon.

Yurakkinam  yigʻlaydi unsiz,

Boshginamga qulama osmon.

Tillarimni zabun aylagan,

Garrduni-dun qasting bormi ayt.

Koʻzlarimda yoshdayin qotgan,

Orzularim endi dormi ayt.

Buncha nochor aylama hayot,

Najot soʻrab qoʻllarim toldi.

Koʻzlarimga tikilma  hayhot,

Ozorlaring jonimni oldi.

Lablaringda tabassum koʻrdim,

Koʻzlaringda chaqnoq oʻt bilan.

Tilib-tilib bagʻringni oʻygum,

Oppoq ruhim oq koʻnglim bilan.

Hali senga qaytaman hayot,

Keyin oʻlmoqlarim dushvordir.

Oʻqlaringni shaylama hayot,

Qalbimdayin qalqonim birdir.

 

***

Tunni kun yoritmas yulduzli osmon,

Yulduzlar kunduzga bermas nozini.

Yuzidan nur yogʻib jilmayar quyosh,

Oyga oyna boʻlib aytmas rozini.

Basavlat togʻlarning yuragi pora,

Lolalar oʻynaydi yellar kuyiga.

Adirlar qizgʻonar meniki deya,

Togʻlar boshin egar uning poyiga.

Zulmatni supurar sarishta quyosh,

Yulduzni toʻkadi ummon qariga.

Bulutlar ortiga berkinar quyosh,

Yetisha olmaydi sevgan yoriga.

 

Sarvinoz Musaxoʻjayeva,

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti 1-kurs

 talabasi.

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>