Iqtidorli yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar maskani

Marhabo, abituriyent!

аб1

Yuksak marralarni ko‘zlagan yoshlar uchun mamlakatimizdagi eng yuksak oliy ta’lim muassasasi – asr tengdoshi bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti muntazir!

Poytaxtimiz Toshkentning eng so‘lim go‘shasi – “Yoshlik” shaharchasi ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan O‘zMUda tahsil ­ olish eng ezgu niyatli yoshlari­mizga nasib etsin!

O‘tgan yillar mobaynida bu o‘quv maskanida tahsil olgan atoqli olimlardan 107 nafari akademik darajasiga erishganlar. Ulardan 23 nafari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti va vitse-prezidentlari bo‘lganlar.

Olima ayollardan 130 dan ortig‘i fan doktori va professor ilmiy daraja hamda unvonlarini olganlar.

Universitetda tahsil olgan ziyolilardan Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripovlar O‘zbekiston Qahramoni unvoniga, shuningdek, ko‘plab professor-o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni va boshqa unvonlarga sazovor bo‘lganlar.

Shu kunga qadar O‘zMU talabalaridan 30 nafardan ortig‘i Prezident stipendianti, 25 nafardan ziyodi Mirzo Ulug‘bek nomidagi va 30 nafardan ziyodi Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyalari sohibi bo‘lganlar.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti istiqboliga, uning ilmiy salohiyatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Davlatimiz rahbari Milliy universitetimizga bir necha bor tashrif buyurib, qator istiqbolli g‘oyalarni ilgari surdilar. Mazkur g‘oyalar asosida navbatdagi yangi loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari 2017 yil 14 oktabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqida O‘zMU talabasi haqida bildirgan quyidagi so‘zlari bo‘lg‘usi ziyolilar qalbiga muhrlanib qolgan:

“Eng muhimi, bugungi kunda yurtimizdan Xorazmiy bobomizning munosib izdoshlari yetishib chiqayotgani barchamizni quvontiradi. Ana shunday yoshlardan biri, O‘zbekiston Milliy universitetining matematika fakulteti talabasi, Xorazm farzandi Hakimboy Egamberganov bunga yaqqol misoldir. Bu iste’dodli yigitimiz qatorasiga uch yil – 2014, 2015, 2016-yillarda matematika bo‘yicha chet mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro fan olimpiadalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Bunday yoshlar timsolida biz Xoraz­miy bobomizning haqiqiy nabiralarini ko‘ramiz. Shunday bilimli, barkamol, Vatanga sadoqatli farzandlarimiz qancha ko‘paysa, O‘zbekistonning kelajagi shunchalik buyuk bo‘lishi muqarrar”.

Bugun Hakimboy Egamberganov singari iqtidorli yoshlarning tom ma’noda davri kelganini har bir talaba teran his etmoqda. Shunday e’tibor qozonish, eng muhimi, ilm bo‘stonida baxtu iqbolini topish har bir yigit-qiz uchun sharafdir.

Umid qilamizki, O‘zMUga qabul qilin­gan talabalar orasidan ana shunday iqtidorli yoshlar yetishib chiqaveradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ular­ning mamlakatda amalga oshi­rilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ta’lim tizimini izchil takomillashtirishga xizmat qiladi.

Chunonchi, ta’lim sifati tubdan takomillashtiriladi, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar izchil amalga oshiriladi. 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab tayanch (yetakchi) oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash tartibi joriy etiladi. Mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar tashkilotlari rahbarlari, yetakchi mutaxassislari, faol tadbirkorlar bilan dolzarb masalalarda seminar va davra suhbatlari doimiy ravishda o‘tkazib boriladi, ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy-amaliy izlanishlar izchil davom ettiriladi.

O‘quv mashg‘ulotlari talabalarni innovatsion fikrlashga yo‘naltiradigan o‘qitish texnologiyalari va interfaol uslublarni joriy etish asosida tashkil etiladi. Asosiy e’tibor – talabalarning mustaqil ta’lim olishi bilan bog‘liq mexanizmlarni amalga oshirishga qaratiladi. O‘zMUda o‘tgan yildan boshlab 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etilgan. Bunday istiqbolli sa’y-harakatlar yangi o‘quv yilida ham izchil davom ettiriladi. 2-kursdan ularni o‘qitish alohida o‘quv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi. Yana bir muhim yangilik, ushbu toifadagi talabalar magistraturaga maqsadli qabul qilinishi va bu orqali O‘zMU fakultetlari kafedralari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.

Yangi g‘oya va tashabbuslarni shakl­lantirish maqsadida O‘zMUda “Yosh ekspertlar guruhi” tashkil etiladi.

Yana bir muhim qadam: O‘zMU va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etiladi. Bu yil Isroil va Turkiyaning qator oliy ta’lim muassasalari bilan ana shunday hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

O‘zMUda innovatsion va texnologik g‘oyalarni har tomonlama rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalar­ning innovatsion texnologiyalarni yaratish­ borasidagi tashabbuskorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Jahonga bo‘y ko‘rsatayotgan O‘zMU AQSH, Angliya, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Isroil, Turkiya kabi 30 dan ortiq rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilmoq­da. Talabalarimiz o‘qish davomida ana shu xorij universitetlarida ham bilim va malakalarini oshirish imkoniga ega bo‘ladilar!

Ana shunday ulug‘ maskanda kamol topishni istagan abituriyentlarga ajoyib xushxabarimiz bor. Bu yil qabul kvotalari O‘zMUda o‘tgan yildagiga nisbatan ancha oshirilgan! Bu o‘qishga kirish uchun imkoniyatingiz ortdi, degani!

Omad yor bo‘lsin, aziz abituriyentlar!

 O‘zMU Qabul komissiyasi

Axborot xizmati

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>