Jaholatga qarshi ma’rifat

O`zMU Jurnalistika fakulteti 2-kurs talabasi ijodidan

Dunyoda giyohvandlik, odam savdosi singari global muammolar barchani xavotirga solmoqda. Bu muammoni bartaraf etishda jahonning nufuzli tashkilotlari turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov BMT, YeXHT, ShHT, MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar minbarlarida so`zlagan nutqlarida terrorizm va diniy ekstrimizmga qarshi kurashishda dunyo miqyosda hamkorlikni kuchaytirish zarurligini bir necha bor ta’kidlagan.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999-yil noyabr oyida bo`lib o`tgan Istanbul sammitida davlatimiz rahbari BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash bo`yicha xalqaro markaz tashkil etish g`oyasini ilgari surdilar. Bu tashabbus xalqaro hamjamiyat tomonidan qo`llab-quvvatlandi va 2001-yilda BMT Xavfsizlik kengashi huzurida terrorizmga qarshi kurash qo`mitasining tashkil etilishi g`oyaning amaliy natijasi bo`ldi.

Prezidentimiz tashabbuslari bilan yurtimiz miqyosda ham terrorizm va diniy ekstrimizmga qarshi kurashish, yoshlarni buzg`unchi g`oyalar ta’siridan asrash, ularni komil inson etib tarbiyalash uchun ko`plab islohotlar olib borilmoqda. Bunga shu mavzuga bag`ishlangan turli o`quv muassasalarida, o`z-o`zini boshqarish organlari bo`lmish mahallalarda o`tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni, OAV tomonidan efirga uzatilayotgan video-roliklar va ko`rsatuvlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Shuncha sa’y-harakatlarga qaramay, buzg`unchi g`oyalarini tiqishtirayotgan terroristik guruhlar tuzog`iga tushib qolayotganlar soni ko`pchilikni tashkil etmoqda. Eng achinarli tomoni esa ularning orasida voyaga yetmaganlarning ham mavjud…

Biz bunday nobop yoshlarni otaga qarshi qurol ko`targan padarkush deya bemalol ayta olamiz. Bunday yuzi qaro, vatanfurushlar o`z onasiga, oilasiga, xalqiga, uni katta qilgan, tarbiya bergan shu aziz zaminga xiyonat qildi…

Bundaylarni faqat fikrga qarshi fikr, g`oyaga qarshi g`oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashib yenga olamiz.

Zarnigor Yusupova,

O`zMU Jurnalistika fakulteti 2-kurs talabasi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>