“Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?”

maqolalar tanlovi yosh iste’dod sohiblarini chorlaydi 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy a o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 24 fevraldagi 79-sonli buyrug‘i hamda universitet rektorining 2016 yil 25 fevraldagi 01-128 sonli buyrug‘iga binoan barcha talabalar va magistrlar uchun “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mavzusidagi maqolalar tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:

Birinchi bosqich – fakultetlarda; 2016 yilning 21-26 aprel kunlari.

Ikkinchi bosqich – universitetda; Har bir fakultetdan g‘olib talaba ishtirok etadi. 2016 yil may oyining birinchi o‘n kunligida.

Uchinchi bosqich – Respublika oliy ta’lim muassalari o‘rtasida. Universitet g‘olibi ishtirok etadi. 2016 yil iyun oyi uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Tanlov Nizomi bilan universitet iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi (rektorat, 6 qavat, 61 xona)da tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, maqolalar tanlovining universitet bosqichi g`olibi universitet tashkil topgan kun musobati bilan bayram tadbirida diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichida 1-o‘ringa 500000 so‘m, 2-o‘ringa 400000 ming so‘m, 3-o‘ringa 300000 so‘m pul mukofoti beriladi.

Shoshiling, o‘z bilim va qobiliyatingizni sinab ko‘ring.

 

***

Universitet talabalari o‘rtasida “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mavzusidagi maqolalar tanlovini

1-bosqichini o‘tkazish

JADVALI

  1. Ijtimoiy fanlar fakultetida – 2016 yil 21 aprel kuni soat 12:00 da
  2. Jurnalistika fakultetida – 2016 yil 21 aprel kuni soat 15:00 da
  3. Tarix fakultetida – 2016 yil 22 aprel kuni soat 12:00 da
  4. Kimyo fakultetida – 2016 yil 22 aprel kuni soat 15:00 da
  5. Xorijiy filologiya fakultetida – 2016 yil 23 aprel kuni soat 12:00 da
  6. O`zbek filologiyasi fakultetida – 2016 yil 23 aprel kuni soat 15:00 da
  7. Iqtisodiyot fakultetida – 2016 yil 25 aprel kuni soat 12:00 da
  8. Biologiya-tuproqshunoslik fakultetida – 2016 yil 25 aprel kuni soat 15:00 da
  9. Mexanika-matematika fakultetida – 2016 yil 26 aprel kuni soat 10:00 da
  10. Geologiya va geogarfiya fakultetida – 2016 yil 26 aprel kuni soat 12:00 da
  11. Fizika fakultetida – 2016 yil 26 aprel kuni soat 15:00 da

 

***

Universitet talabalari o‘rtasida “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik,

ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mavzusidagi

maqolalar tanlovini o‘tkazish

NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi YOshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari axborot-tahlil departamentining 2016 yil 14 yanvardagi 9-sonli bayoni bilan tasdiqlangan Dasturning to‘rtinchi yo‘nalish, 34-bandi hamda Oliy va o‘rta muxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 24 fevraldagi 79-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. SHuningdek, Nizom Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tanlvoni o‘tkazish to‘g‘risidagi namunaviy Nizom asosida tuzildi.

1.2. “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mavzusidagi tanlovga universitetning barcha talabalari o‘zlarining maqolalari bilan ishtirok etadi.

1.3. Tanlov “Eng yaxshi maqola” yo‘nalishida o‘tkaziladi.

1.4. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish jarayoni universitetning iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

 II. Tanlovning maqsadi va vazifalari

2.1. Tanlovning asosiy maqsadi – mamlakatimiz erishgan yutuqlarning tub mohiyatiga etib boradigan, bugungi hayotni kechagi hayot bilan solishtira oladigan, bugungi hayotning qadriga etadigan, yurtimizdagi mislsiz o‘zgarishlarni o‘z hayoti, oilasi, qishlog‘i, ta’lim muassasasi, ishxonasi misolida ko‘radigan, o‘tgan kunlar bilan bugungi kunning farqi hamda afzalliklari to‘g‘risida tashviqot yurgiza oladigan, shuningdek, universitetda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkmol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarning qo‘llab-quvvatlashdan iborat;

2.2. Tanlovning vazifalari:

— yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ularning bugungi hayotni kechagi hayot bilan solishtira oladigan qilib tarbiyalash;

— universitetda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish;

— yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarni namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni har tomonlama rivojlantirish;

— yosh avlodni har tomolama etuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalash;

— “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mavzusidagi talabalarning ijodiy ishlarini keng jamoatchilikkka etkazish.

 III. Tanlovni o‘tkazish bosqichi va muddatlari

3.1. “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mavzusidagi tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:

Birinchi bosqich – fakultetlar talabalari o‘rtasida joriy yil aprel oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkazildi.

Ikkinchi bosqich – fakultetlararo ularning g‘oliblari o‘rtasida may oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Uchinchi bosqich (yakuniy) – respublika oliy ta’lim muassasalari g‘oliblari o‘rtasida joriy yilning iyun oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkazildi.

IV.  Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish

4.1. Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichini o‘tkazish bo‘yicha universitet rektori buyrug‘i balan Tashkiliy qo‘mita va soham professor-o‘qituvchilari, olimlari, mutaxassislari, jamoat tashkiloti vakillaridan iborat tarkibda xakamlar Hay’ati tuziladi.

4.2. Talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar fakultetlar va universitet kesimida tuzilgan hakamlar Hay’ati tomonidan tanlovning baholash mezonlari asosida baholanadi.

V. Tanlovning baholash mezonlari

5.1. Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar quyidagi mezonlarda baholanadi:

— mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;

— ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;

— mavzuni yoritishda adabiyotlardan to‘g‘ri foydalanganlik darajasi va tahliliy yondapshuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;

— mavzuni yoritishga o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;

— mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi;

— mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning echimlari to‘g‘risida takliflar keltirilganligi.

5.2. Maqolalar har bir mezonga 10 ballik (jami 60 ball) tizim asosida baholanadi.

 VI. Hujjatlarni taqdim etish tartibi

6.1. Fakultetlarda g‘olib bo‘lgan, 1-o‘rinni egallagan talabalarning hujjatlari (1*bosqichda g‘olib bo‘lganligi bayonnomasi, g‘olib bo‘lgan talabaning ijodiy materiallari, 10×15 hajmdagi fotosurati) universitet iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi (rektorat, 6-qavat, 61-xona)ga joriy yilning 1 mayiga qadar yozma va elektron variantda taqdim etiladi.

6.2. Tanlovga taqdim etilgan maqolalar (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) 5-8 bet atrofida kompyuter Word dasturida, Times New Roman 14 lik shriftida 1 intervalda, chapdan 30 mm, yuqori va pastdan 20 mm joy qoldirgan holda yozilgan hamda matnlar ilmiy, texnik tahlil qilingan bo‘lishi shart. Materiallarda talabalarning familiya,ismi va sharifi, fakulteti, yo‘nalishi, kursi to‘liq ko‘rsatiladi.

 VII. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

7.1. Tanlovning birinchi bosqichi (fakultet bosqichi) g‘oliblari fakultet Kengashida 1,2,3, darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar, faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

7.2. Tanlovning ikkinchi bosqichi (universitet bosqichi) g‘oliblari universitet tashkil topgan kun munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirida tantanali ravishda g‘oliblar 1, 2, 3 darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar, faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar.

7.3. Talabalarning eng sara ijodiy ishlari universitet gazetasida va veb-saytida yoritiladi.

 Tashkiliy qo`mita

You may also like...

9 Responses

  1. Jumamurodova Muyassar:

    Bu tanlov biz talabalar uchun katta imkoniyatdir.

  2. Azizbek Ramazonov:

    Tanlov haqida xabar berganingiz uchun rahmat! Men eng zarur ma’lumotlarni SHU SAYTdan olaman!

  3. Albatta, bunday tanlovlar talabalarning ijodiy mahoratini oshirishga, balki o’z imkoniyatlarini namoyish etishlariga zamin yaratadi.

  4. Fotihbek Abdurahimov 201-guruh:

    Tanlov haqida aniq ma’lumotlar berilgani uchun rahmat. Tanlov shiori juda ham jarangli va kishida fahrlanish xissini uyg’otadi.

  5. Durdona Obidova 201:

    Tanlov davomodayurtimizning istiqboli rivojida munosib hissa qo’shadigan yoshlarimiz o’zlariga kerakli bo’lgan xulosalarni chiqarishadi degan umiddamiz!!!

  6. Fotihbek Abdurahimov 201-guruh:

    Tanlov davomidagi natijalar bilan tanishtirib o’tsangiz yaxwi bo’lardi

  7. Bu tanlov yurtiga xizmat qilaman deb yuradigan biz talabalar uchun katta imkoniyat. Donish domlamizga va rektorimizga katta tashakkur

  8. Bu tanlovning o’tkazilishidan asosiy maqsad, o’sib kelayotgan yosh avlodni fikrlashga, bugungi kuniga shukr qilishga hamda yangi marralarni egallashiga yordam beradi.

  9. Harakatda barakat deyishadi. Bu ham bir imkoniyat.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>