Mafkurasiz, g’oyasiz jamiyat bo’lmaydi

ЎзМУда бўлаётган анжумандан журналист Муслима Омонқулова телеграм орқали хабар қилади

а1 а2

Milliy g’oya haqida gapirmagan, eshitmagan insonni o’zi yo’q. Biroq, o’tkan yillar davomida, uni tadqiq qilish va yoshlar ongiga singdirish mehanizmiga e’tiborsiz munosabatda bo’lingani barchamizga ma’lum. O’zlikni anglash, insonni kelajagiga bo’lgan munosabatni aks ettirgan milliy go’yaning joylarda o’rganilishi, maktab, kollej, litsey va OTMlarida bir-birini takrorladi. Nafaqat nazariy qarashlar balki misollar ham bir xil edi. Ammo, ayrim ta’lim dargohlardagi o’qituvchilar shunchaki, ta’lim berish deya fanni taraqqiyotini tanazzulga olib borganini mubolag’asiz ta’kidlash mumkin. Ana shunday muammolar va insonlarni dunyoqarshini kengaytirish masalasida, Prezidentimiz tomonidan Milliy g’oyaning o’rni va uning ahamiyatini oshirishga alohida e’tibor berildi.

Mazkur muhim masalaga aniq yondashuv va takliflarni o’rganish maqsadida, O’zbekiston Milliy universitetining ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan, O’zbekistoning yangi taraqqiyot davrida Milliy g’oyani fan sifatida o’rnini mustahkamlash bo’yicha ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. Anjuman davomida, «Milliy g’oyani rivojlatirish: innovatsion g’oyalar va tehnologiyalar» deb nomlangan mavzu doirasidagi konferensiyada, yuqoridagi og’riqli masalalarga bosqichma-bosqich psixologik mexanizm, strategik qonuniyatlarni ishlab chiqish va shu kabi muhim masalalar bo’yicha 113 ta taklif hamda ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek, milliy go’yani kitobdagi nazariy ko’nikmalarini amaliyotga bog’lab, har bir insonni dunyoqarashini ezgu tushunchalar bilan shakllantirishdagi muhim vazifalari belgilab olindi.

Unutmaslik kerakki, «Mafkurasiz, g’oyasiz jamiyat bo’lmaydi».

 

Muslima Omonqulova

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>