Marjonga tizilgan orzular
Bo`lg`usi jurnalistning mashq daftaridan, deya taqdim qiladi Donish domla.
Har bir insonning orzulari, oldiga qo`ygan maqsadlari bisyordir. Albatta maqsad sari dadil qadam tashlaymiz. Bog`chaga qadam qo`yganimizdanoq: beg`ubor bolalik maqsadlarini marjonga tizamiz. Oddiy kim bo`lasan, deb savol berishsa, bir emas bir nechta kasblarni qalashtirib aytishimiz sir emas. Akamga o`xshab harbiy bo`laman! Oyimga o`xshab shifokor bo`laman deya javob beradigan bolalik chog`larimiz xamon ko`z oldimizda .Bu kabi missolarni ko`plab uchratamiz , ammo quvonarlisi shuki maqsad va orzular yosh tanlamaydi . Maqsadlarimizga yetishda muxit, oila, va yurtimizning tich totuvligi bizni parvozlarga undaydi. Kasb esa inson qiziqishlaridan kelib chiqqan xolda xar bir shaxs o`z ixtiyori bilan tanlaydi . O`ylaymanki ulg`vor va kata orzulardan biri oliy o`quv yurtida o`qish . Va u yoki bu kasbning yetuk kadiri bo`lish ulkan cho`qqilarni zabt etish xar bir o`zbek farzandining istagi. Xozirda bu kabi yoshlar ko`pchilikni tashkil etadi . Bu baxtga erishish uchun mashaqqatli yo`llar bosib o`tilsada, kimgadur o`z vaqtida yana kimgadur kechroq berilshi yanada ilmni chuqqurroq egallashga imkoniyatdir.
Asosiysi biz yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan shart sharoitlardan unumli va mazmunli foydalanish talab qilinadi. Ustozlarimiz berayotgan bilimlarni chuqur eggalashimiz bugungi kun bilan xamnafas bo`lish oldimizga qo`yilgan muxim talablardan biri desak yangilshmagan bo`laman. Orzular maqsadlarni marjondek tuzish va olg`a intilmoq zarur darhaqiqat ertangi kun bizniki marra bizniki. Orzularga yetish yo`lida mexnatdan qochmasligimz yangiliklar izlashimiz muximi bizning qadrdon do`stimiz kitoblarni sevib o`qish nafaqat orzularga yetishda balki bir umr biz bilan xamrox bo`ladi .
Shahlo ISMOIL,
Jurnalistika fakulteti talabasi
Bir voqelik yoritilmagan, jumlalarda g’alizlik bor. Muhimi harakat va intilish ko’zga tashlanib turibdi. Bir ikki joyda so’zlar qo’shilib ketgan.
Rostini aytsam, mavzu deyarli ochib berilmagan. Faqat shunchaki fikr bildirib qo’yilgandek. Maqolaning ichida zidliklar bor:
U yoki bu kasbning yetuk kadiri bo`lish ulkan cho`qqilarni zabt etish xar bir o`zbek farzandining istagi. Xozirda bu kabi yoshlar ko`pchilikni tashkil etadi. Avvalo xatolar bor so’zlarda, qolaversa, burinchi gapda har bir o’zbek farzandining ( bu yerda millat keltirilishi shart emasdi) deyilgan bo’lsa keyingi gapda bu kabi yoshlar ko’pchilikni tashkil etadi, deyiladi.
To’g’ri, intilish, harakat bor. Biroq, jurnalist har bir so’ziga javobgar shaxs! Shunday ekan, biz materiallarni chop etishda avvalo o’zimizga talabchan bo’lishimiz kerak.
Qog’ozga xiyonat, qalabga jabr qilmaslik lozim. Avval ko’p narslarni kuzatib, kitob o’qib, jumla ustida ishlash lozim. Shuning dek yozib bo’lingan MAHSULOTni bir ko’zdan kechirib, imloviy xatolarga e’tibor berish lozim. Xatoloarga ko’z yumish mumkin. Lekin o’qiga o’quvchiga qilingan xatolar yomon ta’sir etadi. Fikrlarni ham ravon, tushunarli tarzda yozmoq kerak.