Nafsini yenga olgan adib

Darsning mavzusi: Ahmad Yassaviy hikmatlarini o’rganish ( 10 – sinf )

Darsning maqsadi :
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarda Yassaviyning “ Devoni hikmat “ asari yuzasidan bilim va ko’nikma hosil qilish;
b) tarbiyaviy maqsadi: o’quvchining ongiga adib ijodini o’rganish orqali nafsini yenga olishni singdirish ;
c) rivojlantiruvchi maqsad: yoshlarimiz qalbida ajdodlar merosini qadrlash, ularga hurmat- e’tiborli bo’lishni uyg’otish.
Dars turi: noan’anaviy
Dars usuli: aqliy hujum, suhbat, bahs-munozara
Dars jihozi: slaydlar, shoir portreti, guruhlarda ishlash,
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
a) salomlashish;
b) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish;
c) davomatni aniqlash.
II. O’tilgan mavzuni so’rash.
Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi yuzasidan “Tog’ri tanla” usulida slayd orqali o’quvchilarning bilimini tekshirish.

O’quvchilar adiblar to’g’risida berilgan ma’lumotlarni to’g’ri javob bilan moslab chiqishadi.
O’qituvchi ulardan bu haqida og’zaki eshitib, moslashtirilgan javoblarni ekranda ko’rsatadi.
1,6-b, 2,4-a 3,7- d, 5,8-c.
O’quvchilar bilan kichik guruhlardan ishlanib, Ahmad Yassaviyning hayoti va ijodi bo’yicha “Aqliy hujum “ usulida egallagan bilimlari aniqlanadi.
“Ma’rifat” guruhiga savol:
Yassaviy hayoti haqida ma’lumot bering.
U Yassi yaqinidagi Sayram qishlog’ida tug’ilgan. Uning otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxlaridan bo’lgan.Onasi Qorasochmomo nomi bilan mashhur. Go’dakligida onasidan, 7 yoshida otasidan ayrildi.Bobosi Arslon bobo tarbiyalaydi.Yassaviy 1166-yilda vafot etgan.
Amir Temur Turkistonda Ahmad Yassaviy qabri o’rnida muhtasham maqbara qurdirdi.

Navoiy Yassaviy haqida qanday ma’lumotlar bergan?

Alisher Navoiy ‘’Nasoyim ul-muhabbat’’asarida Yassaviyga shunday ta’rif beradi: ‘’Xo’ja Ahmad Yassaviy Turkiston mulkining shayx ul- mashoyixidir.Maqomati oily va mashhur,karomati matavoliy va nomahsur ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidandur’’.

‘’Istiqlol ‘’ guruhiga savol :

Yassaviyning ijodi haqida ma’lumot bering.

Yassaviy merosi ‘’Devoni hikmatga’’ jamlangan.240 ga yaqin she’rlari o’rin olgan. Hikmatlariga ’’ Xo’ja Ahmad’’ ,’’Ahmadiy’’, ‘’Miskin Ahmad’’ , ‘’Qul Xo’ja Ahmad’’, ‘’Ahmad ibn Ibrohim’’ kabi taxalluslar qo’yib ijod etgan. Ijodining aksariyat qismida ‘’nafsni tiyish’’ga da’vat etadi.

III Yangi mavzu bayoni :

O’qituvchi : — Hurmatli o’quvchilar , hozir men Ahmad Yassaviyning ‘’Devoni hikmat “ asari haqida darslikda berilmagan ma’lumotlarni berib o’taman.

  • ma’lumot:

So’fi Ollayor avlodlariga Ahmad Yassaviydan ‘’Ulug’ bir kitob ‘’ meros qolganligini aytadi. Bu – hikmatlar majmuasi.

  • ma’lumot :

Ushbu nodir kitobning qadimiy qo’lyozmasi saqlanmagan.

  • ma’lumot:

‘’Devoni hikmat’’ning keyingi asrlarga mansub qo’lyozma va toshbosma nusxalarida hikmatlarning miqdori ko’pligi aniqlandi.

  • ma’lumot:

Hozirda 240 ga yaqin hikmati ‘’Devoni hikmat’’ da o’rin olgan.

  • ma’lumot:

Alisher Navoiy Yassaviy hikmatlarini talqin etib, shunday degan:

Turk piri kebi olamdin etakni silking,

Do’stdin g’ayri tamannoi visol aylamangiz.

  • ma’lumot:

Yassaviy hikmatlari asar holatida Toshkentda, Turkiyada, Moskva va Qozog’istonda chop etildi.

  • ma’lumot:

Sayramlik olim Mirahmad Mirxoldor o’g’li bilan usmonli turk olimi Metin Oqar birgalikda Yassaviy ijodi bo’yicha tadqiqot ishlarini olib borishgan.

  • ma’lumot:

Hozirda yassaviyshunos tadqiqotchisi Nodirxon Hasan Yassaviy ijodi bilan bog’liq ma’lumotlarni o’rganmoqda.

  • ma’lumot:

Nodirxon Hasan “ Jahon adabiyoti “ (2000- yil, 10- son ) jurnalida bosilgan maqolasida “Devoni hikmat” i haqida yozib unda devonning ishonchli matnnini tayyorlash zaruratga aylangani aytilgan.

  • -ma’lumot:

Nodirxon Hasanning Yassaviy haqidagi ma’lumotlari Turkiyadagi gazeta va jurnallarda bosib chiqarilmoqda.

 

Aziz o’quvchilar, endi darslikdagi hikmatlari bilan tanishib tahlil qilamiz.Bunda “Tahlil xaritasi” usulidan foydalanamiz.

Yassaviyning “ Devoni hikmat” ida keltirilgan hikmatlar hamma zamonlarda , barcha turkiyzabon avlodlarga manzur va maqbul bo’lgan. Hikmatlarida insonni asl komillikka eltadigan din, imon, Olloh yo’lida fidoiylik e’tiqodda sobitlik, halollik, poklik targ’ib – tashviq etilgan. O’quvchilar, bu tushunchalarni bilish uchun tasavvuf ta’limotidagi to’rtta asosiy bosqichni eslataman. Bular: shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat yo’llari. Shariat – ma’naviy komillikning ilk bosqichi. Unda asosiy islomiy talab va qoidalar o’rganiladi.

Tariqat – ikkinchi bosqich , ma’nosi “yo’ l”, amaliy qism. Shu yo’lni bosgan odam solih deb ataladi. Pirga erishadi.

Ma’rifat – keying bosqich bo’lib, arabcha “arafa” so’zidan olingan, uning ma’nosi
“ bilmoq” . Bunda darveshlik darajasiga yetish, pok xislatlarni izlash , Ollohni tanish.

Haqiqat – oily so’nggi bosqich. Ezgulik va yomonlikning mohiyatini to’la anglab yetish, ko’ngil istaklaridan g’lib chiqish.

Bu bosqichlar o’quvchilarga anglatilib ma’noga to’la hikmatlar talqin etiladi. She’riyatdagi obrazlar tuzilishi Yassaviyda tasavvuf ta’limoti bilan ham og’zaki ijod an’analari bilan bog’langan . Pir, darvesh, oshiq, obid, oqil, zohid , ishq, tolib, ummat, rasul, shayton, iymon kabi obrazlar bevosita tasavvuf bilan bog’lansa, yo’l, rabot, karvon, o’q kabilar og’zaki ijod an’analar bilan aloqador holda yuzaga kelgan.

Hikmatlarda ishqi boqiy talqin etilgan. Allohga bo’lgan muhabbat kishini chin oshiqlikka yetaklaydi.

 

Ishq savdosi kimga tushsa rasvo qilur,

Pardav solib Haq o’ziga shaydo qilur,

Majnunsifat aqlin olib Laylo qilur,

Olloh haqqi bu so’zlarning yo’lg’oni yo’q.

Olloh ishqi beqiyosdir va u buyurgan yo’lda yurish haqiqiy oshiqlik ekanligi quyidagicha ta’ –kidlaydi:

Ishq ermas jononiga jon bermasa,

Dehqon ermas ketmon chopib non bermasa.

Munda yig’lab oxiratda jon bermasa,

Yo’lda qolg’on bo’yi Xudo olg’oni yo’q.

Yassaviy hikmatlarida komil inson bo’lish uchun nafsni jilovlay bilish kerakligini uqtiriladi.

Rabg’uziyning “ Qissasi Rabg’uziy” asarida “ Yetmish shayton birlashib qilaolmagan ishni bir nafs qila oladi” deya ta’kidlangan. Nafsni Yassaviy hikmatlarida ochiqdan ochiq tepkil deyiladi .

Nafs yo’lig’a kirgan kishi rasvo bo’lur,

Yo’ldan ozib, toyib, to’zib gumroh bo’lur.

Yotsa, qopsa shayton bilan hamroh bo’lur,

Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor.

Yassaviy tasavvuf ilmi orqali ruhiy tarbiyani olib boradi. U hikmatlarida Ollohga erishish zohidlik, obidlik orqali emas, chin oshiqlik orqali yetishish mumkinligi uqtiriladi. Misralarda tili boshqa, dili boshqa bo’lishida shum nafsni yengish kerakligi sodda qilib tushuntiriladi. Navoiy ham nafsni yengish haqida shunday bayt bitgan:

Zohid bolma, obid bo’lma, oshiq bo’lg’il,

Mehnat tortib ishq yo’lida sodiq bo’lg’il,

Nafsni tepib dargohiga loyiq bo’lg’il,

Ishqsizlarni ham joni yo’q, iymoni yo’q.

Ruhiy tarbiyaning boshlanishi haqiqatni anglash. Bu esa o’zlikni anglash bilan barobardur.

Hikmatlarni tahlil etib bo’lgandan so’ng o’tilgan mavzuni mustahkamlanadi.

Mustahkamlash.

“Charxpalak” usulidan foydalanib, saboq olingan dars o’quvchilar xotirasida takrorlanadi .

Darsni yakunlash.

Siz hali g’unchasiz ma’rifat bog’ida,

Gul bo’lib ochilasiz maktab quchog’ida.

Uyga vazifa : Ahmad Yassaviy hikmatlaridan yod olib, sharhlab kelish.

 

Gulchehra Rasulova,

Piskent tumanidagi 5-UO’T maktabi  ona tili va adabiyot o’qituvchisi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>