Navro`z ayyomi

Talabalar ijodidan

Fasllar kelinchagi bo`lmish – bahor hamisha yangilanish, yasharish fasli bo`lib hisoblangan.

Negaki, aynan bahor faslida butun tabiat — o`simliklar va hayvonot dunyosi g`aflat uyqusiday davom etgan qishki uyqudan uyg`onishadi. Qir va adirlarda asta — sekinlik bilan chechaklar va qizg`aldoqlar nish ura boshlaydi. Hayvonot olami ham anchayin faollashadi. Bunday ijobiy o`zgarishlar o`z o`rnida biz -insonlarga ham ko`tarinki ruh bag`ishlaydi. Axir, hammayoq yam-yashil maysalar bilan qoplangan, tog`larimiz alvon tusga kirgan, daraxtlarga go`yo dur-u marjonlar qadab chiqilganday ko`rinadi. Yurtimizga ozodlik elchisi sanalgan oppoq laylaklar, xonadonlarimizga esa oilamiz barakasi bo`lmish qaldirg`ochlar tashrif buyurishadi.
Nega biz bahor kelishini intiqlik bilan kutamiz? Buning asosiy sabablaridan biri — bu faslning bayramona kayfiyat bag`ishlay olishidir. Bahorning ilk oylaridan bayramlarimiz boshlanadi. Jumladan, go`zallik va nafosat bayrami hisoblangan “8 — mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni”, yana biri Sharqning Yangi yili bo`lgan 21-mart Navro`zi olamdir.
“Navro`z” asli fors tilida “Yangi kun” degan ma’noni anglatadi. Chunki, aynan 21-mart kuni kun va tun tenglashadi. Shuning uchun, Osiyo mamlakatlarining ko`pchiligi Navro`zni “Yangi yil” singari nishonlashadi. Navro`z haqida ko`plab afsona va rivoyatlar mavjud. Men ham ustozimdan bu bayram to`g`risida ajoyib bir afsona eshitganman. Buni sizlar bilan baham ko`rishni joiz deb topdim. Afsonalarga ko`ra, bir podshoh yer yuzining 1/3 qismini o`z qo`liga olgan ekan, ammo uning qarorgohi yer ostida joylashgandi. Kunlarning birida u navbatdagi baxtiqaro qabilaning yerlarini zabt etayotganida bir go`zal qizga ko`zi tushadi va shoh beixtiyor uni sevib qoladi. Qiz esa o`z qabilasi jonini saqlash uchun uning barcha shartini qabul qiladi. Bundan foydalangan shoh go`zalni o`z zulmat qasriga olib ketadi va hech qachon uyerdan chiqarmaydi. Kunlar, kunlar ortidan tunlar o`taveradi, ammo malika uchun doimo qorong`ulik hukm surardi. Kunlarning birida malikaning yuragi eziladi, qanoti yaralangan qush kabi qalbi ozodlikka – parvozga shaylanadi. Shohdan o`z yurtiga birrov bo`lsada borib kelishga ijozat so`raydi. Shohni uning go`zalligi rom etgandi, shu sababmi yoki unga rahm qilgani uchunmi ona yurtiga borib kelishga ruxsat beradi. Malika yerosti saltanatidan chiqishi bilanoq, quyosh nurlari ravshanlashadi, daraxtlar gullaydi, tog`-u toshlarda qushlarning sayroqi ovozi eshitiladi, soy, jilg`alarda tiniq suvlar shildirab oqa boshlaydi. U qabilasi tomonga kelishi bilan barcha insonlar uni yuzda tabassum, ochiq chehra, mehrli ko`zlar bilan iliq kutib olishadi. Dasturxonlar xilma-xil taomlar, noz-ne’matlar, turfa gullar bilan bezatiladi. Barcha bir-birini “Navro`z keldi, Navro`zoy keldi” deb iliq tilaklar ila qutlashadi.
Ha, haqiqatan ham Navro`zning kelishi barcha uchun bayram. Shu o`rinda, ushbu ayyomning o`z yurtimiz – O`zbekistonda ham keng nishonlanishini aytib o`tish shartdir. Bayram oldidan davlatimiz bo`ylab umumxalq hashari o`tkaziladi. Barcha daraxtlar oqlanadi, yangi nihollar o`tqaziladi. Shahrimiz ozodaligi va go`zalligiga yosh-u qari barobar hissa qo`shishadi. 21-mart kuni esa davlatimiz bo`ylab barcha viloyat va shaharlarimizda Navro`z sayllari bo`lib o`tadi. Qiziqarli ot poygalari, uloqda, dakang xo`rozlar, qo`chqorlar jangi, milliy kurashlarimiz, tosh ko`tarish, arqon tortish, dorbozlik, varrak uchirish, chillak, besh tosh singari necha asrlardan buyon o`z qadr qimmatini yo`qotmay kelayotgan milliy folklor o`yinlarimiz keng omma o`rtasida o`tkaziladi. Buvijonlarimiz qozonlarda sumalak, ko`ksomsa va ko`kchuchvaralar pishirishadi, bobojonlarimiz esa katta-katta doshqozonlarda halim tayyorlashadi. Nafis qizlarimiz, suluv kelinchaklarimiz, go`zal ayollarimiz va mehribon buvijonlarimiz milliyligimiz ufurib turgan adras, atlas matolaridan tikilgan liboslarni kiyishadi. Hammayoqda bayramona kayfiyat hukm suradi. Bunday ajoyib bayramning guvohi bo`lgach, xorazmlik shoir, tarjimon Muhammad Rizo Ogahiyning bir she’ri yodimizga tushib ketadi:

 

“Ilohi har kuning navro`z bo`lsin
Hamisha tole’ing feruz bo`lsin.”

 

Mustaqillik hukm surayotgan yurtimizga faqat to`ylar, bayramlar yarashadi. Shu sababdan ham, keksalarimiz duoga qo`l ochilganda “Ko`rganing to`y bo`lsin, so`yganing qo`y bo`lsin” deb tilak bildirishadi.
Yana bir bor Navro`z barchangizga muborak bo`lsin, bayramlar bayramlarga ulansin! Har kunimiz Navro`z bo`lsin!

Anora Ochilova,

O`zMU Xorijiy filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi

You may also like...

10 Responses

  1. Maqola umuman olganda yaxshi, ammo muallif odatiy jumlalardan ko’p foydalangan. Odatdan tashqari ta’riflarni ishlatish maqsadga muvofiq. Axir tilimiz boy va serma’no-ku.

  2. Man oylimanki yaxwi yozilgan maqola sababi bunday xarakatdan keyin keyingi maqolalariz yanada sezmazmun chiqadi. Yana bir bor ijodinggizga omad. Anora Ochilova

  3. Qadim-qadimdan Navro?z xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi bo?lib kelgan. O?sha kunlarda hatto urush-janjallar ham to?xtalgan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan o?tishgan.

  4. Darhaqiqat, Navro’z bayrami azal-azaldan o’zida qadriyatlarimizni aks ettirgan milliy bayramlarimizdan biridir. U haqda ko’plab rivoyatlar, hikoyalar, afsonalar mavjud. Yuqorida keltirilgan afsonada ham Navro’z shukuhi sezilib turadi. Ijodlariga omad tilagan holda hammani Navro’z bayrami bilan qutlab qolaman.

  5. Yurtimizda katta tantana va shodon kayfiyat ila keng nishonlanadigan bayramlarimizdan biri bo’lmish Navro’z bayramidir. Ushbu kun haqida qancha gapirsak, shuncha kam. Birgina sumalak tayyorlash jarayonini oladigan bo’lsak, alohida bir zavq bag’ishlaydi. Shundan foydalanib barchani Navro’z ayyomi bilan tabriklayman.

  6. SaiD_ NuR:

    Xurmatli Ochilova maqolaiz ko’tarinki ruhda yozilganligi meni ko’nglimda Na’vruz ayyomi hozirdan barq urdi desam mubolag’a bo’lmaydi. Milliy urf-odatlarimiz haqida yanada ko’proq yozishizni kutub qolamiz!
    Xalqizimiz siz filoliklarni ma’naviy va ma’rifiy sohalarni yetakchilari deb biladi.
    Biz sizlarga ishonamiz!

  7. Yangi kun bayramini shunday zo’r maqolalar bilan kirib borsak, insholloh, albatta qalblarimizda ko’tarinki kayfiyat aslo tark etmas!

  8. Elyorbek Rahimov:

    Maqolangiz juda yaxshi yozilgan Anoraxon ! Navro’z ayyomida barcha urf-odatlarimiz , qadriyatlarimiz mujassam bo’ladi. Shuning uchun ham har birimizning qalbimizda bayramona shukuh kezmoqda Bu maqola yanada ko’tarinki ruh baxshida etdi.Anoraxon sizdan bundan-da ajoyib maqolalar kutib qolamiz. Ijodinggizga omad!

  9. Sardor Mamadjanov:

    Статья написана вполне хорошо. Очень приятно читать её, при этом проникать духовно в её сущность, происхождение. Из этой статьи я извлёк много полезной, интересной и в каких то местах новой информацией. Отличная статья!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>