Ona tilim-faxrim, g’ururim

Қалами қайралаётган ёш ижодкор талабалар

1

Bugun yurtimizda ona tiliga mehr-muxabbat, davlat tiliga e’tibor haqida ko’p va hóp gapirilmoqda. Bulardan maqsad, albatta, ona tilimizning nufuzi va mavqyeni oshirishdir. Men ham shu yurtning farzandi sifatida ona tilimning nufuzini oshirishga qo’limdan kelgancha harakat qilaman. Hudo hoxlasa, kelgusida tanlaydigan kasbim ham ona tili va adabiyoti bilan bog’liq, albatta.

Shuning uchun ham men bugungi kundan o’zga tillarni o’rganishdan ham oldin, avvalo, o’z ona tilimni chuqur o’rganishga bel bog’laganman. Bu ezgu ishga nafaqat o’zim, balki do’stlarimni ham chorlab kelmoqdaman. Chunki har birimiz davlat tiliga chuqur ehtirom bilan munosabatda bo’lishimiz kerak. Negaki, ona tilimiz onamiz, Vatanimiz, tug’ilgan joyimiz kabi aziz va mo’tabardir.

Ulug’ shoir aytganidek:

Tug’ilgan yurt menga Vatan,

Ona tilim jonimdir,

Tilu yurtdan ayrilsam gar,

Shu kun o’lgan onimdir.

Darhaqiqat, insonu tilu millatsiz, Vatansiz yashay olmaydi. Baliqqa suv kerak bo’lganidek, insonga ham til suv kerak bo’lganidek zarur. Bejizga til-millat ruhi, deyilmaydi. Jahonda neki ulug’ zotlar, shoir va allomalar borki, o’z ona tilini ulug’lagan, u haqida asarlar bitgan, o’z ona tili nomini ona, Vatan nomlari bilan yonma-yon qo’ygan.

Navoiy bobomiz » tilga eʼtiborni elga eʼtibor » deya baholaganlar. Rostdan ham, ona tilimizga eʼtibor – bu xalqimizga eʼtibordir. Bugungi kunda mamlakatimizda davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish boʼyicha ezgu saʼy — harakatlar amalga oshirilmoqda. Vaqtli matbuotda olimlar, shoirlar, adiblar, madaniyat sohasi vakillarining davlat tiliga oid mazmunli chiqishlarining guvohi boʼlyapmiz.

Til, adabiyot va maʼnaviyatga eʼtibor — bularning hammasi davlatimiz va xalqimizning faqat va faqat yuksalish mezonlarini belgilaydigan jihat hisoblanadi. Masalan,  bugungi kunda bunyod etilgan Аdiblar xiyobonidagi ulugʼ adib va shoirlarning siymolari ham xalqimizning yuksak maʼnaviyatidan darak beradi.

Xiyobonni kezarkanmiz, ulugʼ adib va shoirlarimiz biz yosh avlodni ezgu maqsadlar sari ruhlantirayotgandek tasavvur. Ustozlardan beixtiyor taʼsirlanamiz , oʼzimizda kuch va ilhom sezamiz . Ular ham huddi bizga oʼzbek tilida, yaʼni ona tilimizda sheʼr, gʼazal aytib turgandek boʼladilar goʼyo …

Ha, tilimizni avaylash — maʼ naviyatimizni avaylashdir . Nasib etsa, biz yosh avlodlar bu yoʼlda bor kuch — imkoniyatimiz, sabotimiz va iqtidorimizni namoyon etamiz, albatta .

Ona tilim, sen faxru gʼururim san !

 

Sevinch Mingboyeva,

Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети

Журналистика факултети 1-курс талабаси

You may also like...

2 Responses

  1. Shokhdil:

    Maqola juda ham alo darajada yozilibdi va judayam yahshi mavzu tanlanibdi ishilaga omad bundanam yahshiro maqolalarni intizorlik bilan kutib qolamiz!!!

  2. Sarvar:

    Maqola judayam ajoyib yozilibdi. ko’proq shunday maqolalar yozilishini kutib qolamiz.ishlarizga rivoj tilaymiz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>