Ota – oila sultoni

Otaning farzandga mehri cheksizdir. Biz dunyoga kelganimizda eng ko’p

sevingan zot ota-ona emasmi?. Qalbi, bizga bo’lgan muhabbat bilan to’lib toshgan azizimiz, baxtimizni o’z baxtidan ustun deb bilgan zot shular emasmi?. Ota o’zi istagan fazlu kamolni farzandiga berishga, uni o’zidan ham ko’ra mukammalroq qilib yetishtirishga harakat qiladi. Bu maqsadi yo’lida har qanday mashaqqatga bardosh beradi. «Tarbiya qilgan otasiga raxmat!», degan olqishni eshitishni, farzandi orqali naslini davom ettirishni orzu qiladi. Otasini roziligini olish, har qanday farzandning burchidir. Hatto Qur’oni Karimning «Axqof» surasi 15-oyatida «Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyudik» deya marhamat qiligandir.

2

 Abdulloh Bin Amr Roziallohu Anhudan rivoyat qilinadi:Nabiy Alayhis Salom «Allohning roziligi, otaning roziligi. Allohning g`azabi, otaning g`azabi» dedilar. Otasining roziligini topib, Allohning roziligini topgan insonga, dunyoda o’zlari loyiq bo’gan mukammal hayot, ohiratda esa abadiy Jannatdir. Kimki otasining dilini og`ritib, ularni ranjitsa, garchi ular noroziman, sendan g`azabdaman deb aytmasalar ham bunday dil og`ritish, Allohning g`azabiga sababchi bo’ladi. Otasining g`azabi sababidan Alloh g`azabiga yo’liqqan insonga hayotida hech qanday yaxshilik yo’qdir!.

Men bulutni oq deb yuribman,

Yuragingiz buncha pok ota.

Qalaysan? deb so’raysiz holim,

Har galgidek yaxshiman ota.

Xalqimizda shunday hikmatli so’zlar bor:

Ota-aql, ona-idrok.

Otangni quyosh deb bilsang, Onangni oy deb bil.

Otasini qalbini og`ritgan inson, el ichida xor bolar, onasini qalbini og`ritgan inson, parcha nonga zor bolar.

Bu hikmatli so’zlarning har birida, hayotiy haqiqat, buyuk insoniylik aks ettirilgan.

Ota bola uchun, mustahkam tayanch, or-nomus, kelajagi yo’lida esa orzu-umidi, haqiqat va adolat posboni. Ijtimoiy va mehnat faoliyati bilan, yaxshi axloqi va xulq bilan o’rnak. Har bir yaxshi ishda ustoz, murabbiy, saxovat va muruvvat maktabidir.

Ey umrimning javhari davlatim otam

Dillari quyoshdir mehribon otam.

Sizga izdoshdurman abadul-abad,

Shu sabab konglim shod gururim otam.

Bu dunyo sinovli yolgonchi dunyo,

O’tgaydur umrlar misoli daryo.

Dost degan ulfatim bolsada ammo,

Bololmas siz kabi dardkashim otam

Bog` ichra gurkirar chamanzor ravon

Tinmagay har nafas mehnatkash bog`bon.

Mehnat ila ayladiz siz meni inson

Siz mening qoli gul bogbonim otam

Joningizga jon bololmas afsus bu jonm,

Bolsa edi berardim sizga bor umrim

Insha Alloh korgaysiz gullagan bogim,

Nur ila yoritgan jahonim otam

 

Mahdiya Alhamova,

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi

29-ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim

maktabining 8-,,g” sinf o`quvchisi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>